I BOB. Yopiq urug`li o`simliklarning kelib chiqishi
1.1 Yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi.
Ba`zi ilmiy adabiyot va darsliklarda bu bo'lim urug'chili yoki ginetscyli o'simliklar deb ham yuritiladi. Magnoliyatoifalar deb atalishi esa so'nggi yillarda (A.L.Taxtadjan, 1966, 1980, 1987, 1997) qabul ctilgan, gulli o'simliklarning kelib chiqishi va klassifikatsiyasi sohasidagi yangi ilmiy dalillarga asoslangan. Magnoliyatoifalar urug'li o'simliklarning ikkinchi bo'limi bo'lib, tanasining murakkab tuzilganligi, jinsiy ko'payishining o'ziga xosligi (gulning bo'lishi), turlar sonining va turlicha muhit sharoitiga moslanuvchanlik imkoniyatlari juda katta bo'lganligi tufayli Yer sharida keng tarqalganligi bilan yuksak sporalilar va ochiq urug'li o'simliklardan keskin farq qiladi. Ular barcha yuksak o'simliklar orasida filogenetik jihatdan eng yoshi hisoblanib, barq urib rivojlanishi mezozoy erasi bo'r davrining ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi. XX asrning boshida gulli o'simliklarning turlar soni 160 mingtagacha deb hisoblangan, asr o'rtalarida 200 mingdan ko'proq va hozirgi kunda csa 533 ta oila, 13000 tacha turkumga mansub 250 000 ta atrofida turlar mavjudligi aniqlangan.
Yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi hali juda aniq hal etilmagan. Lekin bu haqida turli xildagi fikrlar ma’lum. Masalan, ayrim olimlar yopiq urug‘li o‘simliklar urug‘li paporotniklardan, boshqalar bennetit yoki gnetumlardan kelib chiqqan deb taxmin qiladilar. Biroq ochiq urug‘lilar bilan yopiq o‘rtasidagi oraliq shakllar noma’lum.
1.2 Gulli o`simliklarning klassifikatsiyasi. Vetshteyn va Galer nazariyasi.
Yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi masalasini hal etishda gulning kelib chiqishini hal etish kerak.
Gulni kelib chiqishi haqida asosan 2 ta nazariya mavjud.
1. Avstraliyalik olim Vetshteyn nazariyasi.
2. Nemis olimi G.Galir va ingliz olimlari A.N.Arber va D.Parken nazariyalaridir.
Vetshteyn nazarisiga ko‘ra gul aslida efedraga o‘xshash ochiq urug‘lilarning o‘zgargan va soddalashgan to‘pguldan iborat. To‘pguldagi har bir otalik va onalik ayrim gul hisoblanadi. Bu nazariya psevdant yoki soxtagul nazariya deb ataladi. Bu nazariyaga muvofiq sodda tuzilgan gullar ayrim jinsli, oddiy gulqo‘rg‘onli yoki gulqo‘rg‘onsiz bo‘ladi.
Ikkinchi nazariya benettitlar topilib, fanga ma’lum bo‘lgandan keyin, ya’ni 1905 yilda yaratiladi. Bu nazariyaga ko‘ra yopiq urug‘lilarni guli ochiq urug‘lilarga qarashli bo‘lgan benettitlar ajdodining ikki jinsli va o‘zgargan qubbasi strobildan iborat. Biroq benettitlar strobil-gullarida chin onalikni yo‘qligini va mikrosprofilining shoxlangan bo‘lishi bilan chin guldan farq qiladi. Ikkinchi tomonidan, bennettitlarning strobili o‘zining umumiy tuzilishi jihatidan yopiq urug‘lilarning eng ibtidoiy vakili bo‘lgan magnoliyaning guliga o‘xshab ketadi. Arbor va Parkinlar bennettitlar strobilining yuqorida tasvirlangan tuzilishini hisobga olgan holda, bennettitlar strobili guli bilan yopiq urug‘lilar guli oralig‘idagi taxminiy, ya’ni gipotetik gulning tasviriy sxemasini yaratadilar.
Yopiq urug‘lilar shimoldan janubga tomon ko‘proq tarqala boradi. Frans Iosif Yerida gulli o‘simliklarning 37 turi, O‘rta Osiyoning tog‘li qismida 6000 (tekislik va sahro qismida 600) turi o‘sadi. Hindistonda 21000 turi, Afrikada 13000,Braziliyada 40000 turi uchraydi. Tropik zonalarda hammasi bo‘lib, yopiq urug‘lilarning 120000, subtropikda esa 60000 ga yaqin tur o‘sadi.
(1-rasm)2
Jon Reydan 1682 yildan boshlab, to shu kungacha gulli o‘simliklarni 2 sinfga3: ikki pallali yoki ikki urug‘lilar va bir pallalilar yoki bir urug‘lilarga bo‘lish qabul qilingan. Bir pallalilarning murtagi esa bir urug‘ bargli bo‘lib, bosh ildizi tezda nobud bo‘ladi. Uning o‘rniga qo‘shimcha popuk ildizlar taraqqiy etadi. Barglari paralel tomirlangan, guli ko‘pincha oddiy gul qo‘rg‘onli bo‘lib, gul qismlari doirada 3 tadan joylashgan bo‘ladi. Bu 2 sinf orasidagi farqi tubandagi jadvaldan yanada yaqinroq ko‘rish mumkin.
Umuman olganda xar ikkala sinf ko‘zga yaqqol tashlanadigan qator belgilarga ega. Bundan tashqari, bu sinf vakillari o‘zaro vegetativ yo‘l bilan ham jinsiy yo‘l bilan ham chatishmaydi. Gul qismlarining joylanish qonuniyati, diagrammalari va formulalari. Gul o‘simliklarning turlariga, ularning biologiyasiga, gul a’zolarining joylashishiga qarab xilma-xil shaklda bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘simliklarning gul qismlari doira yoki siklik, ba’zi bir ajdodlarda esa birin-ketin spiral yoki atsiklik shaklda joylashadi. Atsiklik gullar magnoliyadoshlar, ayiqtovondoshlar oilasining vakillarida uchraydi. Gul qismlarining joylashishida atsiklik gullarning siklik gullarga o‘tish xollarini ham uchratish mumkin. Bunday gullar chala doirali yoki gemitsiklik gullar deb ataladi. Shu xildagi gul qismlarining ba’zi biri (kosachabarglar) doira, boshqalari esa (otalik va onaliklar ) spiral holda o‘rnashadi. Gul qismlari qirrali nisbatlar va doiraning gallanish qonuniyati asosida joylashadi.
Qirrali nisbatlar qoidasi. Bu qoidaga muvofiq ikki pallali o‘simlik gul doiralari ko‘pincha 5, 4 va 2 qismli bo‘ladi. Zig‘ir o‘simligining (2-rasm) kosachabargi 5 ta, toj-bargi 5 ta, otaligi 10 ta, meva bargi 5 ta. Bir pallalilarda 3 qismli, lolada gultojbarglar 6 ta bo‘lib, 2 qator joylashgan 3+3. Otaligi 3+3 tadan, onalik uch meva bargdan iborat. Gulning sxematik tuzilishi, gul qismlarining bir-biriga bo‘lgan nisbati diagramma va formulalarda yaqqol ko‘rinadi. Gul tuzilishida gorizontal yuzaning sxematik proyeksiyasi diagramma deb ataladi.
Doiradagi gulning ayrim qismlari xar xil shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi. Diagramma ochilmagan gul g‘unchasining ko‘ndalang kesimiga qarab tuzilgan. Diagrammada gulqo‘rg‘on qismlari yoy shaklida ko‘rsatiladidi. Kosachabarglar sirtidan o‘rtasiga tumorchasi bor yoylar bilan, tojibarglar tumorchasiz oddiy yoylar bilan ifodalanadi. Otaliklar ochilmagan changdonning ko‘ndalang kesimi shaklida, onaliklar tugunchaning ko‘ndalang kesimi shaklida ko‘rsatiladi. Agar gul qismlari tutashgan bo‘lsa ular birlashtiriladi. Diagrammalar 2 xil bo‘ladi. 1. Emprik diagrammada to‘la ochilgan va voyaga yetgan gul tasvirlanadi. 2. Nazariy diagramma gulning tarixiy rivojlanishi xisobga olingan xolda tuziladi.
2-rasm
Dostları ilə paylaş: |