Mundarija kirish I bob. Yopiq urug`li o`simliklarning kelib chiqishi


Gulning urug`lanishi va changlanishi. Gul-Flos



Yüklə 4,76 Mb.
səhifə3/6
tarix19.12.2023
ölçüsü4,76 Mb.
#185355
1   2   3   4   5   6
Yopiq urug`li o`simliklarning kelib chiqishi.

1.3 Gulning urug`lanishi va changlanishi. Gul-Flos
Gul o‘simliklarning urchuvchi, ya’ni ko‘payuvchi generativ organidir. Gul qisqargan novdadan tashkil topgan. Gulning o‘rni va bandi qisqargan, novda,gulning boshqa qismlari esa qiyofasini o‘zgartirgan barg. Gulning hamma qismlari gul o‘rniga joylashgan. Gul qiyofasini o‘zgartirgan novda barg, ekanligini XVIII asrda nemis shoiri va tabiatshunosi Gyote aniqlagan4. Gul asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan:
1. Gul bandi
2. Gul o‘rni
3. Gul tevaragi(gul qo‘rg‘oni)
4. Kosacha
5. Gul tojisi
Demak, gul qismlari dastlab gul kurtagi ichida shakllanadi. Gul kurtagi tashqi tomondan qiyofasini o‘zgartirgan barglar bilan qoplangan. Gul kurtagining 2 ta tipi mavjud bo‘lib, biri haqiqiy, ikkinchini aralashdir. Haqiqiy gul kurtagida hosil qismi bilan kurtak qoplamasi bo‘lsa, aralash kurtakda hosil qismi bilan boshlang‘ich vegetativ novda mavjud bo‘ladi.
Gul yon bargi bilan gul orasidagi novda gul bandi deb ataladi. Gul bandining uchki qismi kengayib, gul o‘rni - torus hosil qiladi. Gul o‘rni turli o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. Gul o‘rni ayrim xollarda gul qo‘rg‘onning pastki qismi, changchi va urug‘chilar bilan birga o‘sib, o‘ziga xos shakliga kirish, gipantiya deyiladi. Gipantiy atirgullar va ayrim dukkaklilarga xosdir. Gipantiy meva hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
Gul-steril va fertil (xosildor) qismlardan iborat. Steril qismiga - gulqo‘rg‘oni (kosacha va tojbarg) fertil qismiga (changchi va urug‘chi) kiradi. Ba’zan gul qo‘rg‘oni oddiy bo‘ladi. Gul o‘rnida faqat kosacha yoki tojbarg joylashgan oddiy gulqo‘rg‘on deyiladi. Gul kosachasimonlarga otquloq, lavlagi misol bo‘ladi. Gul tojsimonlarga lola, gulsapsar, marvaridgul kiradi. Kosacha bo‘lsa, tojisi bo‘lmaydi va aksincha (okolotsvetnik prostoy). Gulning asosiy qismlari otalik va onaliklardir.
Otalik 3 qismdan tashkil topgan.
a) otalik ipi
b) changdon
v) chang
Onalik ham 3 qismdan tashkil topgan.
1. Onalik og‘izchasi
2. Onalik ustunchasi
3. Onalik tugunchasi
Gul qo‘rg‘oni faqat kosachadan tashkil topgan bo‘lsa, kosachasimon gul (nasha, lavlagi, krapiva) bo‘ladi.
Gul qo‘rg‘onida faqat gul tojisi bo‘lsa, tojsimon gul (lola, gulsafsar, liliya) deyiladi.
Oddiy gul qo‘rg‘onida kosacha yoki toj bargi bo‘ladi. Murakkab gul qo‘rg‘onida ikkalasi ham bo‘ladi. Kosacha Calex - bu kosacha barglardan tashkil topgan (chashelis-tiki). Kosacha barglar bir-biri bilan birlashgan, gulhayrisimonlilar, dukkaklilar, labsimongullilarda birlashgan. Ba’zi o‘simliklarda kosacha barglar yaxshi rivojlanmaydi. mas. uzumda, soyabongullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarda esa, kosacha barg tukka aylanib ketgan bo‘ladi. Kosacha barglar odatda bir qator doira bo‘lib joylashgan bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklarda esa kosachabarg 2-3 qator joylashgan. Mas. atirgullilar oilasi, gulxayrisimonlar oilasi.
Kosachaning 2 va 3 chi qatoridagi barglari kosacha tagi bargi deb ataladi. (podchaщiye). Kosacha barglar odatda yashil rangli bo‘ladi, ya’ni kosacha bargda xlorofil donachalari bor. Kosacha bargda fotosintez protsessi bo‘lib turadi. Shuningdek kosachabarg gulning ichki qismini tashqi sharoitdan saqlab turadi. Ba’zi o‘simliklarda kosacha barg gul ochilgandan so‘ng tushib ketadi (lolaqizg‘aldoq, ko‘knori) ba’zi o‘simliklarda barg uzoq saqlanadi. (olma,nok)
Gul tojisi toj barglardan (lepestki)tashkil topgan. Toj barglar ham bir - biri bilan birlashgan yoki birlash-magan bo‘ladi. Mas. pechakgullilar oilasiga kiruvchi o‘simliklarning toj barglari birlashib ketgan, butsimongullilar oilasida birlashmagan. Toj barglarning shakllari turlicha bo‘ladi.
Butgullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning toj bargi butsimon, murakkabgullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning gul tojisi voronkasimon, chuchmomagullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning gul tojisi qo‘ng‘iroqsimon, labgullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning gul tojisi labsimon, dukkaklilar hamda binafshagullilar oilasida gul tojisi kapalaksimon. Gul toji har xil rangda bo‘ladi. Gul tojisining xar xil rangga bo‘yalishi hujayrashirasidagi antotsian, antoxlor pigmentlari hamda xromoplastdagi karotin va ksantofil pigmentlariga bog‘liq. 
Antotsian, hujayra shirasining nordonlik yoki ishqoriy bo‘lishiga qarab har xil rang beradi: Oq va qora rang beruvchi pigment bo‘lmaydi. Antotsian qizil, ko‘k, binafsha ranglar, antoxlor va ksantofil sariqrang beradi. Karotin qizg‘ish rang beradi. Gullarning oq bo‘lishi quyosh nurining qaytarilishiga bog‘liq. Qoramtir rang esa to‘q qizil va to‘q ko‘k rangda hosil bo‘ladi. Ba’zan toj barglarning rangi o‘zgarishi ham mumkin. Mas. Paxtaning gul tojisi avval sariq, so‘ngra pushti rangga bo‘yaladi. Gulning tojisi o‘z xidi va rangi bilan xasharotlarni o‘ziga jalb etadi.
Xasharotlar esa o‘simliklarni changlatadi. Kosacha va toj barglar gulning o‘rnida doira bo‘yicha to‘g‘ri joylashgan bo‘lsa, to‘g‘ri gul-aktinomorf deyiladi. To‘g‘ri gulni bir necha barobar bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Qiyshiq gulni esa, faqat 1 marta teng bo‘lakka bo‘lish (ajratish) mumkin.
To‘g‘ri gulni polisimmetrik, qiyshiq gulni esa monosimmetrik deb ham yuritiladi. Ba’zi o‘simliklarning guli barobar qismlarga 1 marta ham bo‘linmaydi. Mas. Valeriana. Bunday gullarni asimmetrik gul deb yuritiladi. Kosacha va toj barglar gulning eng kerakli qismi xisoblanadi. Gul qo‘rg‘oni bo‘lmasligi ham mumkin. Mas. qiyoq o‘t, tol, terak, g‘alladonli o‘simliklar. Gulning eng kerakli va ahamiyatli qismi otalik va onaliklaridir.
Otalik ipi, changdon chang. Otaliklar ham bir biri bilan birlashgan yoki birlashmagan bo‘ladi. Mas. Murakkabgullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning otaliklari xatto changdonlari bilan bir-biriga yopishib ketgan. Dukkaklilar, gulxayrisimonlilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning otaliklari iplari bilan bir-biriga yopishgan. Gulxayrisimongullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning otaligi juda ko‘p bo‘lib, otaliklarning hammasi bir-biri bilan yopishib ketgan. Bunday otalik-larni "bir guruxli" (odnobratstvennыye) deyiladi.
Dukkakliklar oilasida otaligi 10 ta bo‘lib, shundan 9 tasi bir-biri bilan birlashgan, 1 tasi birlashmagan. Bunday otaliklarni "ikki guruxli deyiladi". (dvubratstvennыye). Lipa daraxtining otaligi "ko‘p guruxli" (mnogobratstvennыye)
Onalik 3 qismdan tashkil topgan. Onalikning pastki kengaygan qismi-onalik tuguni-zavyaz Tugundan onalik ustuni-stolbik o‘sib chiqadi. Onalik ustuning yuqori tomonida og‘izcha-rыlsa bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklarning onalik ustunchasi bo‘lmaydi. Mas. ko‘knorida. Bunda onalik og‘izchasi tugunchaga yopishgan bo‘ladi. Onalik tugundan esa meva xosil bo‘ladi. Shuning uchun mevaning ichida urug‘ bo‘ladi. Onalik tuguni 1,2,3 yoki ko‘p xonalik bo‘lishi mumkin. Gulda onaliklar ko‘p bo‘lib, birlashmagan bo‘lsa, apokarp, birlashib ketgan bo‘lsa, senokarp deyiladi. Mas. ayiqtovon, qulupnay o‘simliklarining onaligi apokarp: lola, gulsafsarda senokarp.
O‘simlik gullarida ham otalik, ham onaliklari bo‘ladi. Bunday 2 jinslilar -oboyepolыye deyiladi. Gulda otalik yoki faqat onaligi bo‘lsa, bir jinsli-odnopolыy deyiladi. Bir jinsli gullar bitta o‘simlikda bo‘lsa, buni bir uyli-odnodomnыy o‘simlik deyiladi. Mas: jo‘xori, oshqovoq, qarag‘ay. Agar otalik gullar bir o‘simlikda, onaliklari esa 2-bir o‘simlikda bo‘lsa, buni 2 uyli o‘simlik-dvuxdomnыy o‘simlik deyiladi. Mas. Tol, nasha ba’zi o‘simliklar 3 uyli-tryoxdomnыy ham bo‘ladi. Bularda 1-sida otalik gul, 2-sida onalik gul, 3-sida ham otalik, ham onalik bo‘ladi. 3 uyli o‘simliklarga chinni gullilar oilasiga kiruvchi o‘simliklar misol. Agar bir o‘simlikda ham otalik ham onalik guli, hamda 2 jinsli guli bo‘lsa, bunday o‘simliklarni poligam o‘simliklar deyiladi. Mas. qovun, kungaboqar va boshqalar. Gulning qismlari gul o‘rnida doira bo‘ylab joylashgan bo‘lsa, siklik, agar gul qismlari gul o‘rnida baland-past joylashgan bo‘lsa, atsiklik gul-spiral gul deyiladi. Gulning kosachasi va toj barglari doira bo‘ylab joylashib, faqat otalik va onaliklari bilan baland - past joylashgan bo‘lsa, yarim spiral-gemetsiklik gul deyiladi. Doira bo‘ylab joylashgan gulga lola, spiral gulga magnoliya, gametsiklik gulga ayiqtovon misol bo‘ladi.
Changdondan chiqqan chang donachalarining urug‘chining tumshuqchasiga tushushiga changlanish deb ataladi. O‘simliklar olamida o‘zidan changlanish va chetdan changlanishi mavjud. Bitta gulning changi aynan shu gul urug‘chisining tumshuqchasiga kelib tushushiga o‘zidan changlanish deyiladi. O‘zidan changlanuvchi o‘simliklarning guli odatda ko‘rimsiz va xidsiz bo‘ladi. O‘zidan changlanish salbiy xodisa xisoblanadi. Bir o‘simlikning chang donachalarini boshqa o‘simlik urug‘chisining tumshuqchasiga tushishi chetdan changlanish deyiladi. O‘simliklarning chetdan changlanishda shamol va xashorotlar yordamida changlanish muhim rol o‘ynaydi. Chetdan changlanish ijobiy hisoblanadi. Shamol yordamida changlanishga anemofiliya (yunon: «anenos» -shamol, «fileo» -hohlamoq) deyiladi. Bunga yong‘oq, terak, makkajo‘xori, eman, kanop va qand lavlagilarning changlanishni misol qilishimiz mumkin. Bunday gullar mayda va changlari yengil bo‘lib, uzoq joylarga tarqalishi mumkin (2 ming km gacha). O‘simliklarning xashorotlar yordamida changlanishi entomofiliya (yunon. «entomon» - xashorot, «fileo» - sevaman) deb ataladi. Bunday gullar yirik, tojbargi uzoqdan ko‘zga tashlanadigan, nektarlari esa sershira suyuqlik chiqaradi. Gul formulasi va diafragmasi:
- Bir yillik o‘tli o‘simlik
- 2 yillik o‘tli o‘simlik
- Ko‘p yillik o‘tli o‘simlik
- Daraxt va butalar
- To‘g‘ri gul aktinomorf
- Qiyshiq gul zigomorf
- Bir jinsli otalik gul Mars
- Bir jinsli onalik gul-Venera
- 2 jinsli gul
Kosacha, tojbarg, otalik va onaliklarning soni raqam bilan ko‘rsatiladi. Agar ular birlashib ketgan bo‘lsa, raqam qavs ichiga olib qo‘yiladi. Ularning soni 10 tadan 12 tagacha bo‘lsa, raqam ko‘rsatiladi. Unda ko‘p bo‘lsa, cheksiz alomati qo‘yiladi. Onalik tuguni yuqorida joylashgan bo‘lsa onalik sonining pastiga chizib qo‘yiladi. Agar onalik tuguni pastga joylashgan bo‘lsa, onalik sonining yuqorisiga chiziq qo‘yiladi. Gul qo‘rg‘oni oddiy bo‘lsa deb R harfi qo‘yiladi.
+ Sa4 So4 A44+2 U(2) -Butsimon gullilar, rediska, turup, karom
+ Sa(5) So5 A U (3-5) g‘o‘za gulining formulasi.
+ Sa5 So5 A U -Ayiqtovongullilar: sedana, ayiqtovon.



Yüklə 4,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin