Mundarija kirish I bob. Yopiq urug`li o`simliklarning kelib chiqishi


Yopiq urug`li o`simliklarning sinflari



Yüklə 4,76 Mb.
səhifə4/6
tarix19.12.2023
ölçüsü4,76 Mb.
#185355
1   2   3   4   5   6
Yopiq urug`li o`simliklarning kelib chiqishi.

Yopiq urug`li o`simliklarning sinflari.
Bu ajdodning muhim va o'ziga xos xususiyati murtagining ikki urug' pallali bo'lishidir. Ammo kamdan-kam hollarda urug'pallalar 1 ta yoki 3-4 ta bo'lishi ham mumkin. Barglari bandli, ba’zan o'troq; asosan patsimon, to'rsimon, panjasimon, ba’zi hollardagina parallel yoki yoysimon (chinnigul, zubturum) tomirlangan. Poyada kambiy halqasi mavjud. Shu sababdan ikkilamchi yo'g'onlashishga ega. Po'stlog'i va o'zagi aniq shakllangan. Murtak ildizidan bosh ildiz hosil bo'ladi va u o'q ildiz sifatida o'simlik umrining oxirigacha saqlanadi. Vakillari o't va qisman daraxtlar. Gullari aksariyat 5 qismda 4 a’zoli (jag'-jag', kurttana, zubturum) bo'lib, ba’zi turlaridagina 3 a’zoli (magnoliya, lavr, otquloq, rovoch va boshqalar), changlari asosan 3 egatchali, ba’zan bir egatchali (sodda oilalar vakillarida). Kcyingi klassifikatsiyalarga binoan (A.Taxtadjyan, 1987) Magnoliyasimonlar ajdodi (sinfi) 8 ta kichik ajdod, 429 ta oila, 10.000 ga yaqin turkum va 190.000 dan ko'proq turlarni birlashtiradi. Shu jumladan, Markaziy Osiyoda 125 ta oilaga mansub 8130 tur, O 'zbekistonda esa 138 ta oila, 1023 ta turkumga birlashgan 4500 ga yaqin turlar bor.
Vakillarining ko'pchiligi daraxt o'simliklar, parenxima to'qimalarida efir moylari ajratuvchi hujayralari borligi bilan xaraktcrlanadi. Ayrimlarining yog'ochlik qismida o'tkazuvchi naylari yo'q. Gullari ikki jinsli, ayrim turlarida bir jinsli. Gul qismlari gulo'rniga asosan spiral, ba’zan yarim spiral yoki doira hosil qilib o'rnashgan, changlari 1 — 2 (5—6) egatchali. Ginctscy (urug'chi) asosan apokarp, ayrimlarida sinkarp yoki parakarp. Urug'laridagi murtagi juda mayda, endosperm yaxshi rivojlangan. Magnoliyakabilar gulli o'simliklarning ancha qadimiy guruhlarini o'z ichiga oladi, ammo ko'pchilik turlarida ham qadimiy va ikkilamchi murakkablashuv belgilarini ko'rish mumkin. Hozirgi magnoliyakabilar qachonlardir juda rivojlangan qadimgi sodda gulli o'simliklarning fragmentlari hisoblanadi. Shu sababdan ular orasida „tirik qazilma“ sanaluvchi turlar ancha. Magnoliyakabilar kichik ajdodi 18 qabilani o‘z ichiga oladi. Quyida shulardan Magnoliyanamolar (Magnoliales), Vinteranamolar (Vinterales), Lavrnamolar (Laurales) va Nilufarnamolar (Nymphaeales) kabi 4 qabila haqida ma’lumotlarkeltiriladi(3-rasm).
Daraxt yoki butalardan iborat, barglari navbat bilan joylashgan, butun, yon bargchali va ular odatda qo'shilib o'sgan, ba’zan yon bargchasiz, patsimon tomirlangan. Yog'ochligida traxcidlardan tashqari narvonsimon yoki oddiy perforatsiyali naylar ham mavjud (ba’zi magnoliyalarda). Gullari bittadan yoki
3-rasm. 1-Magnoliyanamolar 2- Nilufarnamolar 3-Vinteranamolar 4- Lavrnamolar
to'pgulda o'rnashgan, yirik, antomofil, ikki jinsli. Changchilari ko'p, yassi tasmasimon ipchali. Urug'chi (ginctsey) odatda ko'p, apokarp-mevachibarglari (karpcllalari) ning asosi qisman tutash. Mevalari turlicha, ammo asosan to'p bargak. Urug'larida endosperm asosiy qismni egallagan, murtagi esa juda mayda. Magnoliyanamolar (Magnolialcs) qabilasining ajdodlari gullarida kuba strobila tuzilishining belgilari saqlangan. Gul qismlarining soni noaniq, ko'p va spiralsimon, crkin joylashgan, shu bois unga qadimgi gulli o'simlikning vakili deb qaraladi. Hozirgi sistemaga ko'ra magnoliyanamolar qabilasiga uchta oila birlashtiriladi: Dcgcneriyadoshlar (Degeneriaceac), Gimantandradoshlar (Himantandraceae) va Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae). Magnoliycidoshlcir oilasi—Magnoliaceae Oilaning 12 turkum ga mansub 240 ta turi mavjud. Asosan Janubi-Sharqiy Osiyo va Shimoliy Amerikaning tropik va subtropik iqlimli qadimiy daraxtlarga boy hududlarida tarqalgan. Ular doim yashil yoki barglarini to'kuvchi daraxt va butalardan iborat. Barglari navbatlashib joylashgan, to'kiluvchan yonbargli, bandli, oddiy, chetlari tckis yoki bo'lakli, efir moylar ishlab chiqaruvchi ichki bezchalari bor. Ba’zi turkumlari (D rim ys)ning yog'ochligida o'tkazuvchi naylar bo'lmaydi. Xuddi ochiq urug'lilardagidek faqat hoshiyador tcshikchali traxeidlardan iborat. Gullari cho'ziq gul o'rinli, aktinomorf, ikki jinsli, 3 a’zoli, entomofil, gulqo'rg'on bo'laklari 8—12 ta, oq, sariq, pushtirang: spiral, ba’zan doira hosil qilib o'rnashgan. Changchilari va urug'chilari ko‘p. Ginctscy apokarp, ba’zan qisman asosidan qo‘shilgan, tugunchasi ustki. Gul formulasi: Ca3 Co3+3AG . Mevasi qanotchali urug‘li to'p bargak, ninabarglilarning qubbasini cslatadi (magnoliyalarda) yoki qanotli yong‘oqchalar to'plami ko'rinishida (lola daraxtida). Magnoliyadoshlar oilasi turlarining tuzilishiga qarab 2 ta kichik oilaga5 ajratiladi:
1. M agnoliyadoshchalar — M agnolioidcae
2. Liriodcndrondoshchalar — Liriodcndroidcac.
Magnoliyadoshlar kichik oilasi 13 turkum dan iborat bo'lib, oilaning markaziy qismini tashkil etadi. Magnoliyadoshchalar (Magnolioidcae) ning keng tarqalgan turkumlaridan biri Magnoliya (Magnolia) turkumidir. Uning 78 ta turi mavjud bo'lib, asosan Shimoliy Amerikaning Atlantika okeani bo'yi hududlarida, qisman Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Bargchasi yirik bargli, keng shox-shabbali daraxtlardir. Ularning bir ncchta turlari manzarali daraxtlar sifatida o'stiriladi. Shu jumladan yirik guli magnoliya (Magnolia grandiflora) diqqatga sazovordir. Vatani —Florida, Qrimda, Kavkazda ko'plab ekiladi, qisman O'zbekistonda ham o'stiriladigan bo'yi 30 m gacha yetadigan daraxt. Barglari qisqa bandli, yirik, terisimon, silliq, chctlari tekis, yonbargchali. Gullari sarg'ish oq, uzunligi 10 smcha, nafis hidli, 6—12 gultojibargchali, changchilari va urug'chilari ko'p. Gul qismlari gul o'rniga spiral shaklda joylashgan. Ginetseyning tumshuqchasi yo'q, changni urug'chibargning ustki qismi orqali ushlaydi. Mcvalari bargak, to'pmcvasi yirik, 6 —7 (10)sm cha keladi va tashqi ko'rinishi qisman qarag'aylarning qubbasini eslatadi. Dastlab O'zbekistonga 1870-yillarda keltirilgan. Ajoyib manzarali daraxt. Bundan tashqari, O'zbekistonda yulan magnoliya (M. yulan) o'stiriladi, vatani — Xitoy, kuzda bargini to'kadi, bahorda barg chiqarmasdan oldin gullaydi, guli oq pushti, hidsiz, Toshkcnt ko'chalarida, gulzorlarda o'stiriladi. Magnoliyalarning yog'ochidan pardozlovchi materiallar, Mhypolcuca turining yog'ochidan Xitoy va Yaponiyada rasm solish uchun ishlatiladigan ko'mir tayyorlanadi. Liriodcndrondoshlar oilachasi (kichik oila) bitta turkum dan (Liriodcndron) iborat. Uning Lola daraxti (L.Tulipifera) va Xitoy liriodendroni (L.sinessis) kabi 2 ta turi bor. Lola daraxtining vatani Shimoliy Amerika, bo'yi 60 mctrgacha yetadigan, barglari 4 bo'lakli, uchi yirik, o'yilgan, guli to'q sariq, gultojining asosi qora dog'li va shaklan lola guliga o'xshash chiroyli manzarali daraxt. O'zbekistonda (Samarqand, Toshkcnt, Farg'ona) 1876- yillarda ekilgan. Yog'ochipardozlovchi material sifatida ishlatiladi.
Lavrnomalar qabilasi (Laurales) ning 11 oilaga m ansub 68 turkumi, 1100 ga yaqin turi mavjud. Ular Janubi-Sharqiy Osiyo, Avstraliya va Braziliyada tarqalgan.
Ko‘pchiligi daraxt va butalar, qism an daraxtsimon lianalardir. Lavrnamolarning markaziy va turlarga ancha boy oilasi Lavrdoshlar (Lauraccac) dir, u 2500—3000 gacha turni o‘z ichiga oladi. Barcha turlari Janubi-Sharqiy Osiyo va Amerikaning tropik hududlarida, ayrim turkumlari esa ikkala yarimsharning mo‘tadil iqlimli mintaqalarida ham tarqalgan. Mevasi danak meva yoki rezavor. Oilaning ko'pchilik turlari oziq-ovqat, dorivor, xushbo'y ta ’mli, texnikaviy, qimmatli yog‘och beradigan, manzarali daraxtlardir. Lavrdoshlar filogenetik jihatdan magnoliyanamolarning ancha sodda turkumlaridan kelib chiqqan, deb taxmin qilinadi. Lavrdoshlar uchlamchi davrda Yer yuzida, hatto hozirgi mo‘tadil va sovuq iqlimli mintaqalarda ham keng tarqalgan. Ba’zi turlarining qoldiqlari Shimoliy yarimsharning neogen va paleogen davri qatlamlaridan topilgan.

Yüklə 4,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin