Mundarija: Kirish I. Nazariy qism



Yüklə 312,5 Kb.
səhifə2/9
tarix12.09.2023
ölçüsü312,5 Kb.
#142846
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari

I. Nazariy qism.
1.1. Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari .
Kislorod-konverter jarayoni bilan dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan po‘latning 60% ni, MDHda esa 35% ni tashkil qiladi. Konverter jarayoni ..cho‘yan va metall temir – tersakdan tashkil topgan shixtani oksidlovchi gazlar (kislorod, havo, CO2 gazi) purkash bilan po‘lat olishdan iborat.
Koverter metallurgik agregat bo‘lib, noksimon ko‘rinishga ega bo‘lgan metallurgiya sanoatida qo‘llaniladigan pechdir. Koverter gorizontal o‘q atrofida uzatgich yordamida xarakatlanishi mumkin.
Koverter suyuq metall vannasiga oksidlovchi gazlarni uzatuvchi qurilma. Dastlabki materiallarni yuklash uchun darcha (bo‘yincha) va oksidlangan gazsimon mahsulotlarni chiqaruvchi, metallni quyib oluvchi qurilmalar bilan jihozlangan. Suyuq issiqligi temirni qo‘shimchalarini (S, Mn, R va boshqalar) oksidlanishi reaksiyalari konverterning issiqlik manbayidir. Konverterning eritish davridagi issiqlik balansini bir maromda ushlab turish kerak. CHunki po‘latni, shlakni, gazlarni qizdirish uchun sarflanadigan issiqlik va issiqlikning yo‘qotilishi issiqlikning kelishidan Yuqori bo‘lmasligi kerak.
Konverter jarayonlari issiqga chidamli materiallarning xususiyatiga ko‘ra nordon va asosli jarayonlarga bo‘linadi. Yirik va kichik Bessemerlash jarayoni nordon jarayon hisoblanadi. Bu jarayon tabiiy legirlangan Cho‘yan dan va konverter jarayonlarida uzluksiz po‘lat quyish jarayonlarni bosqichlarga bo‘lishda qo‘llaniladi. Masalan, kremniydan tozalashda, po‘latni kisloroddan tozalashda qo‘llaniladi.
Asosli jarayonlar ko‘proq tarqalgan. O‘tga chidamli materialning CaO, MgO, CrO lardan tashkil topgan bo‘lib, C va P ning ko‘p qismini yo‘qotishga yordam beradi. Oksidlovchi gazlarni uzatishi bo‘yicha pastdan, yonidan, Yuqori qismidan furma orqali purkaladigan konvertorlar farqlanadi.
Hajmi kichik bo‘lgan konvertorlarda yon tomonidan purkash qo‘llaniladi. Ko‘proq kambinerlangan Yuqori va pastki qismidan purkaladigan konvertorlar ishlatiladi. Havo kislorod bilan boyitilgan tarkibida P va C miqdori oz bo‘lgan cho‘yanlar uchun Bessemer jarayoni va tarkibida (P ning miqdori ko‘p bo‘lgan jarayonlar uchun Tomas jarayonlari qo‘llaniladi). Havo va toza kislorod bilan purkaladigan konvertorlar farqlanadi. Bularga yana kislorod va enert gazlar purkaladigan agregatlar ham kiradi. Yana changsimon materiallarni erigan vannaga purkaydigan konvertorlar ham mavjud.
Kislorod konvertor agregati o‘zining vertical o‘qiga nisbatan simmetrik joylashgan. Sferik yuzasi silindrik ko‘rinishga o‘tuvchi pastki qismi tub bilan chegaralangan va Yuqori qismi konussimon bo‘yingacha ega bo‘lgan agregatdir. Konvertor ostida relislar orqali harakatlanuvchi stalivoz va shlakavoz mavjud. Purkalayotgan kislorodning vanna bilan ta’sirlanishi gaz oqimiga va ularni metallga kirituvchi qurilmaga bog‘liq. Eritishning purkovchi rejimiga quyidagilar kiradi:
gazning bosimi;
gazning vaqt birligida nisbiy sarfi;
soplolarning o‘lchami va ularning vanna sathiga nisbatan joylashishi kiradi;
Soplo - bu gaz oqimining patensial energiyasi kinetik energiyasiga o‘zgartirish uchun kerakli yo‘nalishini boshqaruvchi nasadkadir.


Yüklə 312,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin