Qshl = 0,12974 · 335 · 103(1,25 · 1600 + 209,35) = 96024.4 · 103 kDj = 96.024 GDj. Gazsimon maxsulotlardan issiqlikning tyx = 15500C temperatura bilan chiqishi
Qyx=0.0558 ·335 ·103 ·2397.543=44816.3 ·103=44.816 GDj Gaz entalpiyasi tyx = 1550ºC ni II tenglama bo’yicha aniqlaymiz.
5. Fe2O3 bo’laklari bilan chiqayotgan issiqlik miqdorini aniqlaymiz
QFe2O3=0.02143·335·103·(1.23·1600+209.36)=15631.1·103=15.6 GDj 6. Konvertor boyinchasi orqali nurlanish bilan chiqayotgan issiqlik yoqotilishi:
Purkash vaqtida: Qnur1=5.36 GDJ,
Vaqtincha toxtatilganda: Qnur2=7.772 GDJ,
Nurlanish bilan yoqotiladigan issiqlik miqdori:
Qnur=5.36+7.772=13.132 GDJ
7. Konverter futerovkasi ushlab turadigan issiqlik. To’tatib turilgan vaqtida konverterning ichki futerovkasi soviydi. Bunda issiqlik bo’yincha orqali chiqib ketadi. Puflash vaqtida esa yana qiziydi. Ushbu kattalik oxirida farqlar usuli orqali hisoblanadi.
Hisob –kitobni soddalshtirish uchun futerovkaning ichki yuzasi harorati va qalinligini hamma joyda bir xil deb qabul qilamiz (yboshi=0.9m yangisi uchun va yoxiri=0.45 eskirgan futerovka uchun). Eng kop yoqotishlar futerovkaning yupqa joyida bo’lgani uchun hisobotda futerovkaning qalinligi yF=0.45 deb qabul qilamiz.
Fvn = πDvnH1 + π D2vn/4 = 3,14 · 4,93 · 6,9 + 3,14 · 4,932/4 = 125,9 m2.
αkonv= 10 + 0,06*750 = 62.55Vt /(m2*K ).
Qakk=VfpfCf(tfkon-tfbosh)=22.662*3*335*920*(1220.3-1196.4)=3.08 GDJ.
Bu yerda Vf=Fvn*10x=125.9*3.08=50.61m3.
tfkon=(1409+1302+1289+1247+1242+1218+1186+1146+1104+1060)/
/10=1220.30C
tfnach=(1163+1242+1277+1284+1263+1232+1191+1148+1104+1060)/
/10=1196.40C
8.
Qissiql=((1500-30)/(0.45/3.125+1/28))*(π*14*6.69*7.93+π*6.692/4)*597.6=
=850*103Mdj=0.85GDJ.
9.
Qf=348.9*103*3.14*0.2*5.8*597.6=760*103kDJ=0.76GDJ.
Kelish
GDj (%)
sarfi
GDj (%)
Fizik
Fizik issiqlik:
issiqligi:
Po’lat…
428.679
Cho’yan…
308.229
Shlak bilan yo’qotiladigan
Skrap…
0.7638
po’lat…
2.345
Ekzotermik
Shlak…
96.024
reaksiya
Gaz bilan chiqib ketadigan
44.816
issiqligi…
288.745
shlak
Shlak xosil
Fe2O3 zarrachalari bilan
bo’lishidagi
chiqib ketadigan issiqlik…
15.6
issiqligi…
12.8
Nurlanish bilan
Ja’mi…
610.54 (100%)
yo’qotiladigan issiqlik…
13.132
Qoplama bilan ushlab
turiladigan issiqlik…
3.08
Issiqlik uzatilishida
yo’qotiladigan issiqlik…
0,85
Sovituvchi suv bilan
yo’qotiladigan issiqlik…
0,759
Ortiqcha…
5.255
Ja’mi…
610.54 (100%)
Hayot faoliyati xavfsizligi
Xavfsizlik, tashkiliy, texnik chora-tadbirlar tizimini va ishlaydigan xavfli ishlab chiqarish omillari ta'sirini oldini olish vositalarini ifodalovchi mehnat muhofazasi bo'limlaridan biri. Xavfsiz ish sharoitlarini tashkil etish tashkilot va texnik faoliyat bilan bog'liq bo'lib, ularni amalga oshirish uchun mas'uliyat muhandislik-texnik xodimlarga tegishli; qo'shimcha nazorat kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Tashkiliy tadbirlarga quyidagilar kiradi: ish boshlagan va xavfsiz va zararsiz ish usullari bo'yicha ishlayotganlarni o'qitish; himoya uskunalaridan foydalanish bo'yicha o'quv mashg'ulotlari; mehnat va dam olish tartib-qoidalarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Texnik chora-tadbirlar quyidagilarni o'z ichiga oladi: asbob-uskunalarni hisoblash, loyihalash, ishlab chiqarish va joylashtirish, qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash; himoya qilish, xavfsizlik qurilmalari va to'siqlarni tashkil qilish; signalizatsiya tizimlarini yaratish, ogohlantirish belgilari tizimlarini yaratish; shaxsiy himoya vositalarini yaratish. Xavfsizlik sohasidagi tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish oliy ta'lim muassasalarida zarur tayyorgarlikdan o'tgan keng muhandislik-texnik jamoalarni qamrab oladi.
"Hayotni muhofaza qilish" kursi barcha mutaxassisliklar bo'yicha majburiy fanlarning qatoriga kiritilgan.
Ushbu kurs metallurgiya mutaxassisliklari talabalari uchun ishlab chiqarish tizimida, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariya tizimida mehnatni muhofaza qilish masalalari, profilaktik tadbirlarni tashkil qilish, asbobsozlik va kadrlarni tayyorlash, jarohatlarni tadqiq qilish va tahlil qilish, shuningdek, portlash va elektr xavfsizligi, radiatsiyaviy xavfsizlik, yuk ko'tarish mexanizmlari xavfsizligini ta'minlash, yong'inlarning oldini olish, ish joylarining ta'sirini kamaytirish, havo va metallurgiya inshootlarida mehnat sharoitlarini loyihalashtirishni tashkil etish uchun bir hovuz. Kasbiy xavfsizlik va sog'liqni saqlash bo'limlari bitiruv loyihasining (ish) majburiy qismi hisoblanadi. Bunday ta'lim tizimi nafaqat ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi muayyan vazifalarni hal qilish uchun muhandislar va texniklarni jalb etish uchun sharoit yaratibgina qolmay, balki kelgusida mutahassislarga tegishli talablarni taqdim etish imkonini ham beradi.
Po‘lat chiqarish teshigini faqat tarnov yoki erkyer ostiga kovshlar qo‘yilgan bo‘lsa ochish lozim.Elektrpech oldida kovshni joylashtirish uchun o‘ra bo‘lsa, uning tubi quruq bo‘lishi kerak. Eritma chiqarilgandan so‘ng o‘rani chiqindi va skrapdan tozalash lozim. Eritmani qabul qilish uchun tayyorlab qo‘yilgan kovsh, bekitgich, shiberli ochib-yopqich va o‘ralarning holati uskunalardan texnik foydalanish yo‘riqnomasi talablariga muvofiq tekshirib chiqilishi kerak.Po‘lat chiqarish teshigini ochish paytida xodimlarning tarnov ustiga yoki uning bortlariga chiqib turishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Po‘lat chiqarish teshigining shakli va o‘lchamlari metallning pechdan bir me’yorda to‘la oqim bo‘lib tushishini ta’minlashi lozim. Po‘latning oqib chiqish muddati texnologik yo‘riqnomada belgilab qo‘yilishi lozim. Po‘lat chiqarish paytida metall va shlak sachrab tegishi mumkin bo‘lgan joylarda xodimlarning turishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Eritilgan metall kovshlarga ularning yuqori chekkasidan 250 mm pastroq sathgacha quyilishi kerak.Po‘lat chiqarish teshigini bekitish tashkilotning texnik qurilmalardan foydalanish yo‘riqnomasiga asosan amalga oshirilishi lozim.
Tarnovga oksidsizlantiruvchi moddalarni kiritish jarayoni mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak. Kovshga oksidsizlantiruvchi moddalarni kiritish paytida bekitish qurilmalariga shikast yetmasligi lozim. Kovsh tubiga quruq ferroqotishma va boshqa qo‘shimcha moddalarni bexatar kiritish shartlari tashkilotning texnologik yo‘riqnomalarida ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Po‘lat quyish kovshi tubiga quyilgan suyuq sintetik shlakka qattiq ferroqotishmalarni kiritish mumkin emas. Po‘lat chiqarish paytida kovshdagi suyuq metalldan namuna olish va haroratini o‘lchash masofadan turib boshqariladigan maxsus qurilma yordamida bajarilishi kerak.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda biz kislorod konvertorini ishlash prinsipini o’rgandik. Shu bilan bir qatorda jarayon qanday haroratda kechishini, qancha issiqlik sarf bo’lib qancha issiqlik ajralib chiqishini hisoblab chiqdik. Natijada bizning balansimiz teng bo’lib chiqdi.Jarayonni o’rganish bosqichida shlakni chiqishini hamda sarflanadigan kislorod miqdorlarini aniqladik.
Konvertor tubi orqali metallning ostidan yoki yonboshidan kislorod purkalganda massa almashinuvi vannani aralashtirish sharoiti va metallning shlak bilan aloqasi futerovkaning xizmat qilish muddati uzayishi kabi ko‘rsatgichlar sezilarli darajada o‘zgaradi. Yuqori qismidan purkovchi konvertorlardan ( furma orqali yuqoridan kislorod beruvchi) ostki qismidan purkovchi konvertorlar bir qancha kichik solishtirma hajm bilan farq qiladi (0,6-0,9 m31g po‘lat), sababi ostki qismidan kislorod purkalganda operatsiya teng boradi (asosan uglerodsizlantirishda), vannaning ayrim qismlarida metall oksidlanishidan kelib chiquvchi kuchli qaynab ketishlar ham birmuncha kamayadi. Tubning markaziy qismiga devorlardan belgilangan masofa uzoqligida kislorod beruvchi furmalar o‘rnatiladi. Har bir furma ikkita bir biriga qaratib joylashtirilgan trubalardan iborat, ichki trubaga kislorod beriladi. Ichki va tashqi trubalar orasidagi bo‘shliqdan himoyalovchi gaz yoki suyuq oqimi uzatiladi.
Ichki va tashqi quvurlar orqalig‘idagi bo‘shliqdan keluvchi uglevodorodlar, yuqori temperature ta‘sirida parchalanadi.Furma atrofidagi zonalar sovutilib turilishi tufayli, furmalar va ular birikib turuvchi ostki qism tez buzulishi oldi olinadi. Odatda, metandan tuzilgan tabiiy gaz sarfi kislorod sarfidan 6-7% ni propan sarfi esa 3.5% ni tashkil etadi. Uglevodorodlarning parchalanishidan xosil bo‘lgan uglerod va vodorodning bir qismi yonib ketadi, qolgan bir qismi esa metallda eriydi. Vannadan erib ketgan H2 va CO gazlarda issiqlikning bir qismini olib ketadi. Issiqlik balansi taxlili shuni kursatadiki, Furma maydonida C va H2 ning qisman yonishidan xosil bo‘lgan issiqlik miqdori, Uglevodorodlarni parchalashga sarf bo‘ladigan issiqlik miqdoridan kamdir. Shu sababli tubdan purkash usuli qullanilganda sovuutgichlarning (lom yoki Fe rudasi) kamroq qismi (2-3% ga) qullaniladi. Furma oldidagi kislorod bosimini aniqlashda va ichki quvurni moddalashtirishda 2 ta holat xisobga olinadi.
Himoyalovchi gaz va kislorodning yuqori turbulent oqim ostida aralashuvi furmaning chiqish joyida boradi va bunga furmaning bardoshlilik darajasi pastdir. Kislorod va gazning ma‘lum miqdorda sarflanishida metallik vanna orqali oqim kuzatish mumkin, bunda aralashtirish sharoiti va kislorodning o‘zlashtirish darajasi yomonlashadi (o‘zlashtirilib ulgurulmagan kislorod vanna orqali gaz fazasiga o‘tib ketadi).
Ostki furmalar orqali vannaga faqat kislorod emas, balki inert gazni ( yoki azot) ham purkash mumkin. Ostki qismdan purkash jarayonida yuqori qismdan purkash jarayoniga nisbatan, uglerodning oksidlanishi, Mn va P oksidlanishi, shuningdek vannadagi oksidlanish reaksiyalari borishi chang ajralishi o‘zgaradi, aralashish intensivligi keskin oshadi, gaz metall aloqa yuzasi kattalashadi (yuqoridan purkash bilan solishtirilganda 10-20 martagacha) Kislorod oqimi bilan metallga purkaluvchi ishqor zarrachalari qo‘shimcha yuzani tashkil etadi. Bularning barchasi CO ning hosil bo‘lishi va ajralishini yaxshilaydi, natijada uglerodsizlantirish tezligi oshadi. Vannaga kisloroddan tashqari H2, H2O va CO2 hosil qiluvchi uglevodorodlar kiradi, vannada hosil bo‘lgan ko‘pik CO ning kichik partsial bosimini xarakterlaydi.
Uglerodning past konsentratsiyasida reaksiya o‘rniga temir va temir oksidlarining oksidlanish darajasi pasayib ketadi, uglerod bilan tasirlashib ulgurmaganlari Shlak ko‘rinishiga o‘tadi. Bunga quyidagi usullar yordamida yo‘l qo‘ymaslik mumkin:
Kislorod uzatilish intensivligini kamaytirish
Purkalish darajasini me‘yorlashtirish
Inert gaz va kislorodni aralashtirish
Yuqoridagi 2 ta usulni bajarish qiyin, uchinchisi amaliyotda qo‘llanilmoqda.
Kislorod azot yoki argon bilan aralashtiriladi. Uglerodsizlantirishda qulay sharoitda [O] + [C] = C0g, (FeO) + [C] = COg + Fes reaksiyalarning kechishi, ostki qismidan purkashda shlak va metallning oksidlanishini kamaytiradi. Agar yuqori qismdan kislorod berilsa, butun erish jarayonidagi shlakda FeO konsentratsiyasi 15-20% dan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil qiladi, jarayon oxirida yana oshib boradi. Ostki qismdan purkashda esa shlakdagi FeO miqdori 5-7% dan oshmaydi uglerodning past konsentratsiyalarida 1525% gacha oshadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1. Бигеев А. М., Бигеев В. А. Металлургия стали: Учебник для вузов. Изд. 3-е. — Магнитогорск: МГТУ, 2000. — 544 с. Воскобойников В. Г., Кудрин В. А., Якушев А. М. Общая металлургия: Учебник для вузов. Изд. 6-е. — М.: ИКЦ «Академкнига», 2002.
768 с.
Григорян В. А., Белянчиков Л. Н., Стома-хинА. Я. Теоретические основы электросталеплавильных процессов. — М.: Металлур-' гия, 1987. -271с. Григорьев В. П., Нечкин Ю. М., Егоров А. В., Никольский Л. Е. Конструкции и проектирование агрегатов сталеплавильного производства: Учебник для вузов. — М.: МИСИС, 1995. -512с.
Еланский Г. Н. Строение и свойства металлических расплавов: Учеб. пособие для вузов. — М.: Металлургия, 1991. — 160 с.
Каблуковский А. Ф., Молчанов О. Е., Каб-луковская М. А. Краткий справочник электросталевара — М.: Металлургия, 1994.— 352с.
КудринВ. А. Внепечная обработка чугуна и стали. — М.: Металлургия, 1992. — 336 с. Линчевский Б. В. Теория металлургических процессов: Учебник для вузов. — М.: Металлургия, 1995. — 346 с.
Лисин В. С., Юсфин Ю. С. Ресурсоэколо-гические проблемы XXI века и металлургия. — М.: Высшая школа, 1998. — 447 с, Металлургия стали: Учебник для вузов/ Под ред. В. И. Явойского и Ю. В. Кряковско-го. — М.: Металлургия, 1983. — 584с.
Поволоцкий Д. Я., Гудим Ю. А., Зину-ров И. Ю. Устройство и работа сверхмощных дуговых сталеплавильных печей. — М.: Металлургия, 1990.
176 С. Поволоцкий Д. Я., Кудрин В. А., Вишка-ревА. Ф. Внепечная обработка стали: Учебник для вузов. — М.: МИСИС, 1995. — 256 с.
Поволоцкий Д. Я., Рощин В. Е., Мальков Н. В. Электрометаллургия стали и ферросплавов: Учебник для вузов. Изд. 3-е — М.: Металлургия, 1995.
592 с.
Сталь на рубеже столетий: Учебное пособие/Под ред. Ю. С. Карабасова. — М .: МИСИС, 2001. -664 с.
Технология производства стали в современных конвертерных цехах/Под ред. С. В. Кол-пакова. — М.: Машиностроение, 1991.— 464с.
Шульц Л. А. Элементы безотходной технологии в металлургии: Учебное пособие для вузов. — М.: Металлургия. Явойский В. И. Теория процессов производства стали.
Изд. 2-е. — М.: Металлургия, 14. Якушев А. М. Справочник конвертерщи-ка. — Челябинск: Металлургия, 1990. — 447 с. 15. Юсупходжаев А.А., Балгабаева Г.Т. Электрометаллургия стали и ферросплавов. - Т.: ТГТУ, 2005. -136 с.
16. Крамаров А.Д., Соколов А.Н. Электрометаллургия стали и ферросплавов - М.: Металлургия, 1998. - 376 с.
17. А.В. Эгоров Расчет мошности и параметров электропечей черной металлургии -М.: Металлургия, 1990. - 532 с.
18. Коротич В.И., Бротчиков С.Г. Металлургия чёрних металлов. - М.: Металлургия, 2000. - 456 с.
19. Борнасткий И.И., Михневич В.Ф. Производство стали. -М.: Металлургия 2002. - 397 с.
Internet saytlari 21. www.ziyonet.uz 22.http://www.uzbeksteel.uz 23.http://www.ngmk.uz 24.http://www.sciteclibrary.ru 25.http://misis.ru