1.4. Metall qo‘shimchalarini yo‘qotish. Uglerodning oksilanishi. Purkalayotgan kislorodning o‘zlashtirilish koefqfitsienti 0,8-1% ni tashkil qiladi. Metall vannasida o‘zlashtirilmagan kislorod gazfazasiga o‘tib changni va CO ni CO2gacha oksidlaydi. Purkalaetgan kislorodning umumiy xajmining 0,1-0,3% temirni shlakga chiqib ketuvchi qismiga sarflanadi. Purkash jarayoning o‘rtasiga kelganda uglerodni oksidlanishiga sarflanayotgan kislorodning sarfi 1 ga yaqinlashadi. Uglerod ikkinchi reaksion zonada oksidlanadi va 90% CO gacha va 10% CO2 gacha oksidlanadi.
Ulerodning oksidlanish dinamikasi kremniyning miqdori, xarorat, purkash rejimiga bog‘liq. Eritish jarayonida uglerod yonishining tezlashishi va sekinlashishi kuzatiladi. Bu esa temir oksidlarining yig‘ilishi va sarflanishi bilan bog‘liq. Bu jarayon esa alanganing bo‘yincha tepasidagi pulsatsiyasi, ba’zida chiqindilarni (vыbrosami) otilib chiqishi bilan namoyon bo‘ladi. Temirning oksidlanishi natijasida shlakning xarorati ortadi, ammo uglerodning oksidlanishi endotermik, tempiratura pasayadiva (FeO)ning sarfi kamayadi va uning yig‘ilishi kuzatiladi. Sungra ushbu sikl takrorlanadi.
Kremningning oksidlanishi erish jarayonining boshida intensiv rivojlanadi. Shlakda CaO ning mavjudligi kremniy oksidini bog‘laydi (ekzotermik reaksiya) va kremnezyomni aktivligini pasaytiradi. Kremniyning oksidlanish jarayoni 3-5 min dan so‘ng boshlanadi.
45 minutdan so‘ng marganetsni oksidlanishi boshlanadi va muvozanat xolatga keladi. Muvozanat sharoitida marganetsning oksidlanishiga xaroratning pasayishi, shlakdagi temir oksidi miqdorining ko‘tarilishi yordam beradi. Erish jarayoning oxiriga kelib uglerod bilan tiklanishi natijasida marganetsningmiqdori ortadi.
Defosforatsiya va desulfuratsiya jarayonlari ushbu jarayonlarning umumiy qonuniyatlari asosida amalga oshadi.
Kislorod bilan purkash vaqtida kislorod potensiali yuqori bo‘lgan xududida oltingugurtning (5-15%) gaz fazasiga o‘tishi kuzatiladi:
[C]+{O2}={CO2}
(C)+3/2{O2}={CO2}+(O2-)
1.5. Konverter konstruksiyasi. Futerovkani ta’mirlash. Gazlardan tozalash. MDH davlatlarida kislorod konverterlarining quyidagi sig‘imli turlaridan foydalaniladi (suyuq metall bo‘yicha): 50, 100, 130, 160, 200, 300, 350, 400, 500t. Koverterning keng tarqalgan xarakteristikasi uning sadkasidir. YA’ni eritishga yuklanayotgan metall shixta materiallarining massasi sig‘im koeffitsienti orqali belgilanadi.
Kislorod konverterining Asosiy parametrlari nisbiy xajmi, vannaning chuqurligi va diametri, ishchi yuzaning balandligi, bo‘yinchasining diametri, futerovkaning qalinligidir. 1 tonna metallning xajmi 0,14-0,15 m, shlakni hisobga olganda 0,2 m /t ni tashkil qiladipurkash davrida bu hajm 2-3 barobarga ortadi. Bundan kelib chiqgan xolda konverter nisbiy hajmining kattaligi (hajini nominal sig‘imga nisbati) 0,8-1,0 m3/t deb qabul qilinadi. Bunda metallni minimal yo‘qotilishiga, o‘tga chidamli materiallarning optimal sarfi va pechning nisbiy hajmi oshirildganda issiqlik futerovka orqali chiqib ketishini oldini olishga erishiladi.
Minimal issiqlik yo‘qotilish N/D =1 bo‘lsa ham, N/D ning nisbati 1,4-1,8 oralig‘ida bo‘ladi. Konverterning balandiligining yuqori bo‘lishi chiqib ketayotgan chiqindi bilan metallni yo‘qotilishini kamaytiradi, ammo binoning umumiy balandligi ortib ketadi. Konverterning diametrini oshishi futerovka emirilishini oldini oladi, lekin sirkulyasiya jarayonini qiyinlashtiradi. Pechning sig‘imi ortgan sari N/D nisbat kamaya boradi.
Vannaning chuqurligi hv konverter sadkasiga va purkash usuliga bog‘liq.
Bo‘yincha diametri Dgmetallolomni tezda yuklash, namuna olish, xaroratni o‘lchash imkonini berishi kerak. Juda keng bo‘lgan bo‘yincha issiqlikni yo‘qotilishi, chiqib ketayotgan chiqindilar bilan metallni yo‘qotilishi va havoni vannaga kelib tushishiga olib keladi. Bo‘yincha diametri Dg 50-350-t konverterlar uchun 2-4m atrofida bo‘lishi kerak. Bo‘yincha 25-27°gacha og‘gan konussimon shaklda bo‘ladi. Bo‘yincha ushbu qiymatdan yuqorroq og‘dirilsa uning yuqori qismidagi futerovkasining mustahkamligi kamayadi.
Vnnaning quy qismi metall turib qolishini oldini olish uchun sferik yoki konus shaklda yasaladi.
Konverter konstruksiyalari tubi yaxlit ochilmaydigan, pristavkali va tagi olinadigan turlari mavjud. Keyingi ikkita turi futerovka remontini osonlashtiradi, ammo metallni chiqib ketish xavfi bor. Olinadigan tublar ularga eritilgan magnezitdan tayyorlangan maxsus o‘tga chidamli bloklar bilan biriktirilgan furmalar bilan birgalikda almashtiriladi.
Oksidlamaydigan gazlarni purkash ochiq teshikli o‘tga chidamli bloklar orqali amalga oshiriladi. Furmalar kislorod kollektor-taqsimlagich bilan biriktirilgan. Bu taqsimlagich tubning tashqi tarafidan mustaxkamlangan. Odatda bu quvurlar katta diamatrli bo‘ladi. Kislorodni bo‘luvchi kollektor kukunsimon ohakni furmalarga bir maromda taqsimlab beradi. Markazdan qochuvchi kuchli taqsimlagichlar keng tarqalgan. Purkashlar davrlari orasida kolsevoy zazorlar orasidan azot kelib tushadi. Konverter kojuxi sifatli eskirmaydigan qalinligi 80-150 mm bo‘lgan po‘lat listlardan tayyorlanadi. Uning po‘lat quyish vaqtidagi xarorati 200-3000C gacha boradi. Kojuxning yuqori qismida joylashgan bo‘yincha zonasini qalin ipo‘lat qoplamalar himoya qiladi.
Sapfalar kojuxga echiladigan yoki echilmaydigan maxsus konstruksiyaldar yordamida biriktiriladi. Sapfalar o‘qi yuklangan konverterning og‘irlik markazidan yuqorida joylashtiriladi. Bu esa konverterni aylantiruvchi uzatgichlar buzilgan vaqtida konverterni vertikal xolatga kelishini ta’minlaydi. Konverterning tagi olinmaydigan turlari qalin shveller tipidpgi po‘lat list bilan qoplangan. Ularning kamchiligi – kojux qiziganda sapfalarning og‘ib ketishi extimoli borligi va podshipniklar deformatsiyasidir.
Echiladigan konstruksiyaning tayanch xalqasi korpus bilan “suzuvchi” ko‘rininshda biriktiriladi. Bu esa o‘z navbatida bemalol issiqlik kengayishi ta’minlaydi.
Sapfalar turli kommunikatsiyalarni o‘tkazish uchun yarimoy ko‘rinishida yasaladi. Ular havo yoki suv bilan suvutuvchi moslama bilan jihozlangan. Sapfalar podshipniklar yordamida po‘lat staninalarga tiraladi, uning fundamanti bino fundamenti bilan bog‘lanmagan va o‘tga chidamli g‘ishtlar bilan futerovkalangan bo‘ladi.
Elektromexanik mexanizm yordamida konverter o‘z o‘qi atrofida xarakatlantiriladi. Konverterning xarakatlanish tezligi 0,1-1.5 min-1. Xarakatga keltiruvchi uzatgichlar bir tomonlama (160 tonnagacha) va ikki tomonlama bo‘ladi. Kuchlanish silindrik reduktorlar, universal shpindellar va sapfaga biriktiruvchi muftalar orqali uzatiladi.
Yuqori yoki quyi furmalar orqali kukunsimon materiallarni purkash sistemaga materiallarni saqlash uchun bunkerlar, sarflovchi bunkerlar, taqsimlovchi torozilar, tarqatuvchilar, o‘tkazuvchi quvurlar kiradi. Kukunlar aeratsiyasi va pnevmatik uzatish uchun kislorod va azotdan foydalaniladi.
Suyuq cho‘yanni kislorod-konverterining yuklash maydoniga cho‘yan tashuvchi kovshlarda olib kelinadi va yuklovchi kran orqali konverterga quyiladi. Metall temir-tersagi xuddi o‘sha maydonga temiryo‘l platformalarida keltiriladi va ko‘prikli kran yordamida konverterga yuklanadi. Konverter maydonining ishchi yuzasida saqlash, transportirovka qilish va sochiluvchan materiallarni taqsimlash, ferroqotishmalarni toblash va eritish uchun maxsus jixozlar bilan jixozlangan. Po‘lat temiryo‘llarda xarakatlanuvchi maxsus aravachalarga o‘rnatilgan po‘lat quyish kovshiga, shlak esa shlak yuklanuvchi idishlarga chiqariladi.
Kislorod konverterining futerovkasi g‘isht, blok va yamovchi massalar yordamida amalga oshiriladi. Futerovkaning emirilishi bir tekisda bo‘lmaydi.o‘tga chidamli materiallardan maksimal darajada foydalanish uchun qoplamaning bir tekisda emirilishini ta’minlash kerak bo‘ladi. Buning uchun qoplamalarning turli uchastkalaridagi ko‘p emiriladigan joyining qalinligini ushlab turishga erishish uchun differensiallangan kladkadan foydalanialdi.
Bo‘yinchaning yuqori qismi metallolom yuklanganda, xaroratning o‘zgarishi natijasida yig‘ilib qolgan metallning ko‘chib tushishi natijasida mexanik emiriladigan joylarga kuydirilgan o‘tga chidamamli qoplamalar avvaldan smola bilan to‘yintiriladi. Konverterning silindrik qismi shlakning ta’siri natijasida emiriladi. Emirilshni oldini olish uchun ko‘p emiriladigan qismiga smolali bog‘lamlar yordamida qalinlashtirilgan o‘tga chidamli qoplama bilan futerovkalanadi.
Tubi xar tarafidan smolali bog‘lovchilar yordamida biriktirilgan magnezit g‘ishtidan tayyorlanadi. Tubi biriktiriladigan pechlarda esa, smolamagnezitli massa bilan qoplanadi va domkratli telejka (aravacha) bilan mustaxkamlmnadi.
Po‘lat quyib olish tuynugi magnezitli g‘isht va eritilgan magnezitli bloklar bilan futerovka qilinadi. Atrofi magnezitli kukunni magniy sulfatli aralashmasi bilan to‘ldiriladi.
Futerovkaning emirilish tezligi periklazoshpindelli g‘ishtlar uchun 2,5 mm/eritish ni va smoladolomitli qoplama uchun 1.5 mm/ eritish ni tashkil qiladi. Futerovkaning yaroklilik muddati periklazoshpindelli g‘ishtlar uchun 300-400 va smoladolomitli qoplama uchun 500-900 eritish (plavka) ni tashkil qiladi. Futerovkaning chidamliligini oshirish uchun
g‘ishtning sifatini oshirish,
Differensirlangan qoplamadan foydalanish,
sochiluvchan materiallar tarkibidagi SiO2, cho‘yan tarkibidagi kremniyni miqdorini kamaytirish,
asosli shlakni xosil bo‘lishini tezlashtirish,
purkash vaqtini kamaytirish,
eritish davrlari orasidagi vaqtlar oralig‘ini kamaytirish,
shlakni magniy oksidi bilan 6% gacha boyitish,
vaqtida pechni issiq remont qilib turish lozim bo‘ladi.
Issiq remontning eng oson va sodda usuli futerovkaning ta’mirlanayotgan qismida shlakli garnissaj (podvarka) xosil qilishdir. Buning uchun konverterda shlak shunday qoldiriladi-ki, shlak emirilgan joyni to‘ldirishi kerak va uning ustiga o‘tga chidamli g‘ishtning siniqlari sepiladi. 15-20 minutdan so‘ng eritish yana davom ettiriladi. Garnissajning chidamliligi 3-4 ta plavkaga etadi.
Bundan tashqari, emirilgan qismlarga o‘tga chidamli material kukunini maxsus furmalar yordamida siqilgan havo bilan purkab to‘ldirish mumkin. Pech qizdirilgandan so‘ng purkalgan massa futerovka bilan birlashib ketadi. Ushbu usulning quruq, nam va olovli (alangali) turlari mavjud. Bunday usullar sovuq remontga to‘xtashlarni bir necha barobarga qisqartiradi.
Sovuq remontda armatura qavatini va emirilib ketgan futerovkani almashtirish, pechni 15-20 sutka davomida uzluksiz ishlaganda va konverterni yopishib qolgan shlak va metall qoldiqlaridan tozalashda, tubni ajratib olishda, futerovkani 500- 600°S gacha havo va suv bilan sovutish, futerovkani maxsus mashina yordamida buzish, armatura va futerovka remonti, 6 soat davomida 1200°S ishchi xaroratgacha qizdirish nazarda tutiladi. Sovuq remont 72-130 soat davom etadi.
Issiqlini ajratib chiqarish va gazlarni tozalash.
Tubdan havo purkaladigan konverterlar gazi tarkibida 5-35% CO, 2-15% CO2, 60-90% Mg bo‘ladi, changlanish 1-5 g/m3, temperatura 1000-1600°S. Pastdan kislorod bilan purkaladigan pechlarda tarkibida 85-88 kg/t po‘lat (60-80m3/t) ga tarkibida 75-90% SO, 8-20% SO2, do 5% N2 , changlanishi 30-120 g/m3, xarorati 1400-1700°C bo‘lgan gaz xosil bo‘ladi. Sanitar normaga asosan gazning changlanish miqdori 0.1 g/m o‘lishi shart. Shuning uchun gazlar changdan tozalanishga yuboriladi. Gazlar tarkibida portlovchi N2 va CO gazlar bo‘lganligi tufayli ularni tozalashdan oldin havo kislorodi bilan yondiriladi, yoki chiqarib yuborish va tozalashni yondirimasdan gaz chiqaruvchi traktga havo tushrmasdan o‘tkazib yuboriladi.
Gaz chiqaruvchi trakt suv bilan sovutilib turuvchi kessonlar bilan jixozlangan bo‘lib, gazlar bo‘yinchadan chiqganidan so‘ng, konverter gazlarni sovutuvchi radiatsion qismi bo‘lgan kaminga o‘tadi. Ushbu kamin katel-utilizator deb nomlanadi.
Gazlar quruq, nam va eletr yordamida tozalanadi. Nam tozalash sistemasi ketma-ket o‘rnatilgan skrubber, Venturi quvurlari, tomchi ushlovchi apparatlar bilan jixozlangan. Zarrachalarning namlanishi natijasida koagulyasiya sodir bo‘ladi.
Quruq usullarda matoli filtrlardan foydalanialdi. Buning uchun gazning xarorati albatta pasaytirilishi kerak. Quruq va nam elektrofiltrlardan foydalanish changning zararlangan zarrachalarini elektromagnit plastinalari yuzasiga cho‘ktirishga asoslangan. Bunday usul o‘ta portlpsh xavfi mavjud. Bu usullardan keng foydalanilmaydi
Kislorod furmasining purkash rejimi va konstruksiyasi. Konvertorda tutun va shlak hosil bo‘lishi.Temperatura va issiqlik rejimi.
Ko‘pteshikli furmalar reaksiya zonasidan gaz ajralib chiqishini bir maromda ta’minlaydi, metallning sirkuliyatsiyasini tashkillashtiradi, issiqlik va massa almashinuvini tashkillashtirib, metallning yo‘qolishini kamaytiradi, shlak hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Furmaning uchi qismida 3-9 gacha o‘qlari vertikal o‘qga tomon egilgan lavalya teshiklari joylashgan. Oqim vertical tarzda furmani uchi qismidan tarqaladi. Egilgan burchak oqimni to‘kilmasligini va reaksiya zonasining ust qatlamga yaqinlashib qolmasligini ta’minlaydi. Egilish burchagining kattaligi konvertor sig‘imiga va teshikchalar miqdoriga bog‘liq.
Teshikchalar miqdori n 3 4 5 6
Egilish burchagi α 8-10 12-15 16-18 20-22
Teshiklar diametric dn=d0. Bu yerda d0 – bitta furmaning hisoblangan diametri. n – teshiklar miqdori.
Furmaning teshiklarini ko‘paytirib metallning ust qatlamlariga yaqinlashtirilganda, furmaning jadal ravishda sovutib turish lozim. Kislorodli furmalar Yuqoridan purkashda 3 xil konsentrik joylashuvga ega, markazdan kislorod beriladi. Sovutish uchun ichki halqadan suv, ustki hamda o‘rta truba oralig‘idan o‘tadi. Shunday furmalar borki, unda O2 ichki halqa oralig‘idan beriladi.Furmani sovutish uchun suvning harorati 450C dan oshmasligi shart.
Furma tayyorlash uchun o‘ta pishiq po‘lat qo‘llaniladi. Furmaning uchi qismi qizil misdan tayyorlanib, 50-200 tagacha eritish jarayonida bardoshli bo‘lishi kerak. Furmaning joylashuvi jarayonning texnalogik davriga qarab o‘zgartiriladi. Purkash jarayoni furmaning uchi konvertorlovchi (bo‘g‘zi)dan odantgandan keyin boshlanadi. Eritma maromida kuydirilgandan so‘ng, furmani nominal darajasiga pastlatiladi. Metallni O2 bilan purkashda hosil bo‘lgan tutun metallni oksidsizlantiradi. Bu esa o‘z navbatida mukammal gaz tozalash uskunalariga talabni oshiradi. Tutun tarkibida qisman temir va uni oksidi (0,03- 0,02 mkm-60-80%) va shlak ko‘piklarining qoldiqlari shu bilan birga tiklovchi vositalar qoldiqlari bo‘ladi. ko‘p teshikli furmalardan foydalanish metallni chang bilan chiqib ketishini 1,2-2 martagacha kamaytiradi. Tutun hosil bo‘lishi, shlak hosil bo‘lishi uchun metallning ust qatlamiga O2 bilan qo‘shib berilayotgan qattiq, suyuq va gazsimon vositalarning harakatiga ta’sir qiladi.
C, S, P ning eritma tarkibida qanchaligiga qarab purkash vaqti aniqlanadi. C ning oksidlanish tezligi [q, m3/(min.t)], purkashning jadalliliga, S va P ning yo‘qolish tezligiga va shlak hosil bo‘lish tezligiga bog‘liq. Shlak tarkibining o‘zgarishi o‘tga chidamli futerovkaga, metallning chiqindi tarkibiga chiqishiga oksidiga ta’sir qiladi. Birlamchi shlak Cho‘yan ni konvertorga quyishdan, oldingi quyishdan qolgan shlakdan metal ifloslanishidan Cho‘yan ning quyishdagi oksidlanishdan va konvertorga yuklangan ohak oksididan hosil bo‘ladi. Eritish paytida shlak tarkibi o‘zgarishiga Si oksidlanish, Mn, P, S, ohak erishi, temir rudali materiallarning konvertorga yuklashda futerovkaning buzilishiga ham bog‘liq. Asosiy jarayon ustki qismida Fe va Mn ion va oksidlari bo‘lgan ohak bo‘lagining erishidadir. Bo‘lakga ichki massa uzatish CaO-FeO-MnO sistemasida yengil eruvchanlik hosil qiladi, erigan CaO shlak hajmiga ta’sir qiladi.
Jarayon tezligi ohak bo‘laklarining shlak bilan aloqasidagi maydonga bog‘liq. Tashqi massa uzatish shlakning qovushqoqligiga, temperaturaga, qaysiki uglerodning kuyishi bilan aniqlanadigan vannadagi jadal almashinishiga bog‘liq. Tutashish maydonining kengaytirilishi bo‘laklarining Yuqori harorat zonasiga tushib yorilishiga va shlak tarkibida temir oksidlarining kamligi va ohakning kesaklanishini kamayishiga yordam beradi.
SiO2 ni Yuqori konsentratsiyasida shlakda quyuqlashishi ohak bo‘laklarining ustki qatlamiga 2CaO*SiO2 ning 21300 C da eriydigan qobig‘i hosil bo‘lib qoladi. Buning oldini olish uchun ohakning ustki qatlamiga ajratilganni ko‘paytirish ohak massasini ko‘paytirib, birinchi qo‘shimcha bilan kiritiladigan, eritiladigan shlakni qo‘shimcha qaysiki ikkiqalsiyli silikat bilan erish harorati 14000 C hosil bo‘lgan. Ohakning kristall panjaraga erituvchi ion (oksid)ning singishi ohak nuqsonining birligiga ham bog‘liq. Purkash bosjida shlak tarkibida FeO, Fe2O3, SiO2 bo‘lgani uchun ohakning erishi Yuqori bo‘ladi. Ohakning va SiO2, Fe va Mn oksidlanishi natijada shlak massasi tez o‘sadi. Furma o‘rtacha ish holatiga o‘tganda shlak sachrab uchqunlar converter bo‘g‘zidan otilib chiqa boshlaydi. Bu davrda suyultirilgan shlakga eritiladigan shpat, temir rudali material qo‘shiladi va furma qo‘shiladi va furma ko‘tariladi.