Mundarija: Kirish I. Nazariy qism


Hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə7/8
tarix10.12.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#73627
1   2   3   4   5   6   7   8
Issiqlik o’tkazish

4. Hayot faoliyati xavfsizligi

Mehnatni muhofaza qilish – bu ijtimoiy, iqtisodiy, sanitariya – gigiena, mehnat qonunlari va tashkiliy chora – tadbirlar tizimidan iborat bo‘lib, uzluksiz faoliyat jarayonida inson sog‘ligi va mehnat qobiliyatini saqlashni ta’minlashga qaratilgan fandir.


Insonning jamiyatni taraqqiy ettirish hamda ishlab chiqarishni boshqarishda asosiy kuch ekanligini hisobga olib, uning havfsizligi va sog‘ligini saqlash ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi muhim omil hisoblanadi. SHuning uchun ham sanoat korxonalarida mahsulot etishtirish jarayonida ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklarining kelib chiqish manbalarini yo‘qotish, shuningdek ish faoliyati inson uchun charchash, toliqish va kasallanish manbai bo‘lmasdan, quvonch va baxt keltiruvchi faoliyat bo‘lishini ta’minlashga harakat qilish zarur.
Sanoat korxonalarida to‘kis sanitariya – gigiena sharoitlarini ta’minlash, og‘ir qo‘l kuchi bilan bajariladigan mehnatni tugatish va kasb kasalliklarini butunlay yo‘qotish chora – tadbirlarini amalga oshirish kerak, zero, mehnat qilish faqat yashash vositasi bo‘lib qolmasdan, balki hayot talabi bo‘lib qolishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilishning huquqiy, texnik va sanitariya – gigiena qoidalari bilan belg
ilab qo‘yilgan qonunlari qabul qilingan va yangidan tahrir qilingan qoidalar umumjahon talablari darajasida ishlab chiqilmoqda.
Har qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zining huquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson huquqlarini himoyalashga asoslangan qonun asoslari, ya’ni Konstitutsiyasi bo‘lishi zarur. Bu Konstitutsiya, avvalo, inson huquqlarini himoya qilish, shu bilan bir qatorda iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham himoyalanishi kerak.
Sanoat korxonalarida havfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘in havfsizligi qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik ishchilarni jarohatlanishga, zaharlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’siri natijasida shikastlansa, buni jarohatlanish deb ataladi. Jarohatlanishga urilish natijasida lat eyish, kesilish, suyak sinishi va chiqishi, kimyoviy yoki issiqlikdan kuyish, issiq urishi, sovuq urishi, o‘tkir zaharlanish va elektr toki ta’sirida organizmning ba’zi qismlarida hayot faoliyatining buzilishi kiradi. Jarohatlanish tushunchasini baxtsiz hodisa deb ham yuritiladi.
Jarohatlanish uch turga bo‘linadi. Birinchisi, ishlab chiqarishda, ish joyida jarohatlanish, ikkinchisi, ish bilan bog‘liq, lekin ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlanish va uchinchisi, ishlab chiqarish va ish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlanish.
Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan jarohatlanishga, ishchi ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish chog‘ida ish joyida, sexda, zavod hududida yuk ortish va yuk tushirish yoki ba’zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi.
Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib – kelish vaqtida transport vositalarida, komandirovka vaqtida yoki korxona ma’muriyatining topshirig‘iga muvofiq ishlab chiqarish hududidan tashqaridagi ba’zi bir ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan iborat.
Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo‘lish natijasida olingan jarohatlar, davlat mulkini o‘g‘irlash va boshqa shunga o‘xshash holatlardagi jarohatlanishlar kiradi.
Baxtsiz hodisalarni turlarga bo‘lishdan maqsad, sanoat korxonasi ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan har qanday baxtsiz hodisaga javobgar hisoblanadi. Ma’muriyat birinchi ikki turdagi baxtsiz hodisa, ya’ni jarohatlanishishlab chiqarish bilan bog‘langan taqdirda javobgar hisoblanadi va baxtsiz hodisaga uchragan kishining jarohatlanish natijasida yo‘qotilgan kunlari uchun to‘liq haq to‘lanadi.
Agar baxtsiz hodisa u ma’muriyat tomonidan havfsiz ish sharoitini yaratish sohasida yo‘l qo‘yilgan xato orqasida bo‘lmay, balki ishchining mehnatni muhofaza qilish qoida va me’yorlariga amal qilmasligi natijasida kelib chiqqan bo‘lsa, unda ishchi ham ma’muriyat xodimi bilan birga javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to‘lov miqdori ma’muriyat xodimi va ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi. Mehnat qonunlariga asosan ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarohatlanishdan yo‘qotilgan ish kunlariga korxona tomonidan haq to‘lanishi kerak deb belgilangan.
Sanoat sanitariyasi me’yorlarining buzilishi natijasida ishlab chiqarish joylaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta’siridan ishchi kasbiy zaharlanish yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaharlanish ishchining nafas olish, ovqat hazm qilish yoki terisi orqali zaharlovchi moddalar ta’sir qilishi natijasida kelib chiqishi mumkin.
Kasbiy zaharlanish bir smena davomida yuz bersa, uni o‘tkir zaharlanish deyiladi, agar uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig‘ilishi natijasida yuz bersa, surunkali zaharlanish deyiladi. Surunkali zaharlanish kasb kasalliklariga olib keladi. Kasb kasalliklariga qoniqarsiz ish sharoitlarida ishlash natijasida kelib chiqadigan hamma kasalliklar kiradi. Masalan, havo bosimining ortiq yoki kam bo‘lishi natijasida kesson yoki tog‘ kasalligi, sanoatda ajralib chiqadigan chang ta’siridan pnevmokonioz kasalligi, yallig‘lanish va zaharli moddalar ta’siridan dermatit va yara kasalliklari kelib chiqadi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasb kasalliklari toqat qilib bo‘lmaydigan hol hisoblanadi. Agar bunday hol yuz berar ekan, uni sanoat korxonasida yo‘l qo‘yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qarash kerak.
SHuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz hodisa har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirish va hisobga olish umumiy o‘rnatilgan qat’iy tartib asosida olib borilishi kerak. Yo‘l qo‘yilgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini hisobga olish va tekshirish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash tufayli bunday baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining qaytarilishining oldi olinadi.
Inson hayotida havoning ahamiyati juda katta ekanligi ma’lum. Uning kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari va tarkibida har xil moddalarning bo‘lishi, havodan nafas olib, mehnat qilayotgan kishilar uchun juda muhim. CHunki havoning tozaligi inson salomatligini saqlovchi muhim omil hisoblanadi.
Ma’lumki, inson uchun eng muhimi havo tarkibida kislorodning bo‘lishidir.
Havo holati uning bosimi, zichligi, harorati, absolyut namligi, namlik sig‘imi, nisbiy namligi, issiqlik sig‘imi va boshqalar bilan belgilanadi.
Ajralib chiqadigan havoni tozalash uni zararsizlantirishning muhim bosqichi hisoblanadi, shu yo‘l bilan zavod hududidagi va korxona tashqarisidagi havo muhitining tozaligi ta’minlanadi. Zavod va fabrika atrofidagi sanitariya – himoya zonalarida havoni ifloslanishdan saqlash ham katta ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda havo atmosferasini ifloslantiruvchi asosiy manba ishlab chiqarish ob’ektlaridir. Kimyo sanoati bularning eng asosiylaridan biri hisoblanadi. Atrof muhitni muhofaza qilish hozirgi vaqtda eng muhim muammolaridan biri bo‘lib, bu ishga butun dunyo mutaxassislari diqqat – e’tiborini jalb qilmoqdalar.
Havoni changdan tozalashda turli vositalardan foydalaniladi. CHang tozalagichlarning turlari ko‘p. Ularni qo‘llaganda asosan chang tozalovchi apparatning ishlatish jihatidan qulayligiga, uning chang tozalash darajasiga va arzon – qimmatligiga qarab tanlanadi.
GOST 949-73 ga asosan sanoat korxonalari uchun kerakli gazlarni suyultirilgan va yuqori bosimdagi holatida saqlash imkoniyatini beradigan ballonlarni kam hajmli 0,4-12 l, o‘rtacha 20-50 l va katta hajmli 80-500 l qilib belgilangan. Ballonlarning kam va o‘rtacha hajmlari, agar ularning ishchi bosimlari 10, 15 va 20 MPa atrofida bo‘lsa, uglerodli po‘latdan, yuqori bosimdagilari esa sifatli nikel, xrom va boshqa metallar qo‘shilgan po‘latdan tayyorlanadi.
Ballonlarga to‘ldirilgan gazlarni bir – biridan farqlash uchun ular ma’lum ranglar bilan bo‘yaladi. SHuningdek kerakli belgilar qo‘yilib, gazning nomi yozib qo‘yilishi mumkin. Bundan tashqari ballon bo‘g‘zining tekis qismiga tayyorlagan zavodning tovar belgisi, tayyorlangan oyi va yili, sinalgan vaqti va sanoatda havfsizlikni ta’minlash nazorati qoidalariga asosan keyingi sinash davri yozib qo‘yiladi.
Ballonlar to‘ldirish joylarida ularning ichki bosimi 0,05 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. CHunki qoldiq gaz ballonda qanday gaz borligini aniqlash imkonini beradi. Agar ballon atsetilen uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, unda qoldiq gaz 0,65 MPa dan kam va 0,10 MPa dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ma’lum miqdordagi gazning bo‘lishi unda qanday gaz borligini aniqlashdan tashqari idishning zich yopilganligini kafolatlaydi va shuningdek idishga tashqi havoning kirib, xavfli vaziyat vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Suyultirilgan va yuqori bosim ostida siqilgan gazlarni saqlaydigan idishlar xilma – xil tuzilishga va hajmga ega bo‘ladi. Ularning asosan bir erga o‘rnatilgan va harakatlantirib yurgizish uchun mo‘ljallangan turlari mavjud.
Baxtsiz hodisalarni turlarga bo‘lishdan maqsad, sanoat korxonasi ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan har qanday baxtsiz hodisaga javobgar hisoblanadi. Ma’muriyat birinchi ikki turdagi baxtsiz hodisa, ya’ni jarohatlanishishlab chiqarish bilan bog‘langan taqdirda javobgar hisoblanadi va baxtsiz hodisaga uchragan kishining jarohatlanish natijasida yo‘qotilgan kunlari uchun to‘liq haq to‘lanadi.
Agar baxtsiz hodisa u ma’muriyat tomonidan havfsiz ish sharoitini yaratish sohasida yo‘l qo‘yilgan xato orqasida bo‘lmay, balki ishchining mehnatni muhofaza qilish qoida va me’yorlariga amal qilmasligi natijasida kelib chiqqan bo‘lsa, unda ishchi ham ma’muriyat xodimi bilan birga javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to‘lov miqdori ma’muriyat xodimi va ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi. Mehnat qonunlariga asosan ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarohatlanishdan yo‘qotilgan ish kunlariga korxona tomonidan haq to‘lanishi kerak deb belgilangan
Yong‘inlar sanoat korxonalari, xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi va turar joylarda yuz berishi mumkin bo‘lgan, etkazadigan zarari jihatidan tabiiy ofatlarga tenglashishi mumkin bo‘lgan hodisa hisoblanadi. YOng‘inlar katta moddiy zarar keltirishi bilan birga, og‘ir baxtsiz hodisalar, zaharlanish, kuyish natijasida kishilar hayotini olib ketgan hollar ko‘plab uchraydi.SHuning uchun ham yong‘inga qarshi kurash barcha fuqarolarning umumiy burchi hisoblanadi va bu ishlar davlat miqyosida amalga oshiriladi.
Umuman yong‘in chiqmasligini ta’minlash, yong‘in chiqqan taqdirda ham uning rivojlanib, tarqalib ketishining oldini olish, moddiy boyliklarni, inson salomatligi va uning hayotini saqlab qolishga qaratilgan chora – tadbirlar bo‘lib, bu masalalar mehnatni muhofaza qilishning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Xulosa

Men Kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari va qurilmalar fanidan jarayon turlarini, ya’ni mexanik, gidromexanik, bug’latish, modda almashinish jarayonlarida mahsulotni isitish, sovutishda issiqlik almashinish qurilmalarini ishlash prinsipini, kamchiliklari, afzalliklarini o’rganish bilan birga ishlab chiqarish sohalarida qo’llanishni konstruksiyasini issiqlik, material balanslarni gidravlik, mexanik hisoblarni o’rgandim va tahlil qildim. Shu bilan birga trubaning issiqlik yuklamasi, haroratlar o’rtasidagi issiqlik yuklamasi uchun haroratlar yuzasi trubalarda issiqliklar harakati yordamchi jihoz nasosning hajmiy sarfi va qurilmaning mustahkamlik hisobini o’rgandim.


Ushbu fan nafaqat “Kimyo-texnologiya” balki neft-gaz, kimyo, oziq-ovqat ishlab chiqarish sohalarida barcha jarayonlarni amalga oshirishda kerakli ekanligini hamda texnologik liniyada ishtirok etishini tushundim. Bajargan kurs loyihada fandan kelib chiqib soha yo’nalishlariga moslash va barcha tenglamalar, hisoblash metodlarini o’rganib kelinmoqda. Olgan bilim malaka va ko’nikmalarimni ishlab chiqarishga joriy etaman. Shu bilan birga, kurs loyiha bajarishimda barcha fanlar uzviy bog’liqligini tushundim.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin