Mundarija kirish Korxona to’g’risida umumiy ma’lumot


Tovar-moddiy zaxiralar hisobining auditini o’rganish



Yüklə 76,3 Kb.
səhifə2/18
tarix17.05.2022
ölçüsü76,3 Kb.
#58259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
amaliyot 20222222]

Tovar-moddiy zaxiralar hisobining auditini o’rganish

13. Ishlab chiqarish xarajatlari va davr xarajatlari hisobining auditini o’rganish

14. Mehnatga haq to’lash va mehnat qonunchiligi audit nazoratini o’rganish

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda buxgalteriya hisobini shunday tashkil etish kerakki, u tejamli bo‘lib, kam mablag‘ sarflagan holda ichki va tashqi foydalanuvchilarni ko‘proq axborotlar bilan ta’minlasa maqsadga muvofiq bo’ladi. Buxgalteriya hisobini hozirgi zamon talabi darajasida tashkil etishni buxgalteriya hisobini qonuniy tartibga solish va uning me’yoriy bazasini shakllantirish, dasturiy ta’minot, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, xalqaro professional tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, orqali amalga oshirish mumkin. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda buxgalteriya hisobini biznes tili deb atashadi. Uni o’rganish har qanday tilni o’rganishga juda o’xshab ketadi va buxgalteriya hisobida ishlatiladigan ko’pchilik so’zlar hayotda qo’llaniladigan xuddi shunday so’zlarga qaraganda boshqacha ma’noga ega bo’lganligi sababli uni o’rganish biroz qiyinroq tuyiladi. Har qanday til ham buxgalteriya hisobidek, jamiyatning o’zgarib borayotgan extiyojiga javoban rivojlanib va o’zgarib boradi. Buxgalteriya hisobida qo’llanib kelinayotgan qoidalar ham yoki ularning bir qismi jamiyatning o’zgarib borayotgan extiyojlarga qarab o’zgartirilishi mumkin. O‘tgan davrda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida barcha sohalar singari hisob-kitob tizimida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi, soha bilan bog‘liq qator yangi qonunchilik hujjatlari qabul qilindi, mavjudlari takomillashtirildi. Prezidentimizning “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi (PQ-4611 24.02.2020)1 qarori esa yurtimizda buxgalteriya hisobining yanada rivojlanishiga olib keldi. Ushbu qaror orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarni xalqaro standartlar bo’yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish ko’zda tutilgan.

Buxgalteriya hisobi – bu negizida xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida moliyaviy ma’lumotlarni to’plash, uni qayta ishlash va manfaatdor bo’lgan tomonlarga (moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga) moliyaviy hisobot ko’rinishida yetkazib berishni amalga oshiradigan tizimdir. Buxgalteriyaning maqsadi – turli foydalanuvchilar talablarini qondirish maqsadida eng kam xarajatlarni sarflagan holda yetarli darajada ma’lumotlarni taqdim etish. O’z-o’zidan ma’lumki, qarorlarni qabul qilish uchun ma’lumot tizimidan foydalanish natijasida olinishi mumkin bo’lgan foydalar ushbu tizimga sarf-xarajatlardan yuqori bo’lishi lozim.

Mamlakatimizda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan strategiya asosida yuqori texnologiyalarga asoslangan korxonalar barpo etilib, zamonaviy boshqaruv usullari joriy etilmoqda. Davlatimiz rahbari aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy boshqaruv va zamonaviy menejmentning yangi mexanizmlarini joriy etish asosida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish vazifasini qo‘ydi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish buxgalteriya hisobining mukammal yuritilishiga va ishonchli moliyaviy hisobotlarga tayanadi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi munosabati bilan respublikamiz iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashayotgan hozirgi kunda zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalangan tarzda, bozorlarimizni xalqaro standartlarga to’liq javob beradigan, nisbatan arzon tovar va xizmatlar bilan ta’minlash juda dolzarb masala bo’lib turibdi. Buning uchun tovar va xizmatlar qiymatining asosiy qismini tashkil etuvchi tannarxni pasaytirish zarurdir. Yurtimizda buxgalteriya hisobni yanada takomillashtirishga qaratilgan ishlar yanada avj olmoqda. Masalan, mamlakatimizdagi yirik korxonalarning moliyaviy hisobotlari xalqaro standartlar asosida transformatsiya qilindi. Bu esa yurtimiz korxonalarini jahon bozorlarida ishtirok etishlarini va xorijiy investorlarni jalb qilinishini ta’minlaydi.

NEW DAY NEW ERA” mas’uliyati cheklangan jamiyatida qisqacha ma’lumot.

Korxona to’g’risida.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ: Davlat xizmatlari markazi

Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sana: 03.12.2018

Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan raqami: 921420

Yuridik shaxsning nomi: "NEW DAY NEW ERA" mas‘uliyati cheklangan jamiyati

Tashkiliy-huquqiy shakli: 152 - Mas‘uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas‘uliyatli jamiyat

IFUT kodi (Amalga oshirilayotgan faoliyat tur(lar)i): 47760 - Ixtisoslаshgаn do'konlаrdа gullаr vа boshqа o'simliklаr, urug`lаr, o'g`itlаr, uy hаyvonlаri vа ulаr uchun ozuqаlаr chаkаnа sаvdosi

DBIBT kodi: 79994 - Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibiga kirmagan tadbirkorlik sub‘yektlari

Kichik tadbirkorlik sub`ektlariga mansubligi: Hа

Faollik holati: faoliyat ko'rsatayotgan

Ustav fondi: 860 000 000,000 UZS

Ta’sischilar va ularning ustav fondidagi ulushi haqida ma’lumotlar


  1. G‘ofurov G‘anijon G‘ofurovich

  2. Qosimov Alisher Usmonovich

MHOBT kodi:1730233826 - Farg'ona viloyati, Farg'ona tumani, Soy bo'yi QFY

Ko’cha, uy, xonadon: Uzumchi ko'chasi, 17-uy



Yüklə 76,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin