Mundarija kirish Korxona to’g’risida umumiy ma’lumot


Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish xajmi va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili



Yüklə 76,3 Kb.
səhifə4/18
tarix17.05.2022
ölçüsü76,3 Kb.
#58259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
amaliyot 20222222]

Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish xajmi va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
“NEW DAY NEW ERA” Masuliyati cheklangan jamiyati birqancha faoliyat turlari bilan shug’illanadi, uning asosiy faoliyati chakana va ulgurji savdo hisoblanadi. Jamiyatda beshta ish o’rni yaratilgan. Korxona yillik sotuv xajmi ikki yuz ellik olti million so’mni tashkil qiladi uning sakson besh foizi asosiy faoliyatdan olinadi. Korxona sotuv xajmiga tasir etuvchi bir qancha omillar mavjud. Jamiyat savdo faoliyati mavsumiy hisoblanadi. Asosan yilning iliq oylarida asosiy savdo aylanmasiga ega bo’ladi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mulk shaklidan qat’iy nazar barcha firma va kompaniyalarda mahsulot va xizmatlarni eng avvalo sotish uchungina ishlab chiqarishni tashkil etadilar. Faqatgina buyurtmachi talabi asosida va iste’molchilarning didini mo’ljallab, barcha talabni qondirish maqsadida sifatli tovarlar ishlab chiqarishga va xizmatlar ko’rsatishga harakat qiladilar. Mahsulotlarning o’z muddatida sotilishi ishlab chiqarishni maromida davom etishini ta’minlaydi, boyliklarning aylanishini tezlashtiradi. Mahsulot sotish orqali qilingan doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar qoplanadi va firma foyda ko’rishni mo’ljallaydi. Sotish hajmi ishlab chiqarish jarayonining so’nggi bosqichidir. Mahsulot sotishdan kelgan tushum orqali korxona birinchi galdagi to’lovlarni amalga oshiradi, ya’ni, davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarini bajarishga, nobyudjet fondlariga ajratmalarni to’lashga, o’z ishchi va xizmatchilari bilan mehnat haqi yuzasidan to’lovlarni bajarishga, olgan kredit va qarzlarini qaytarishga, mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblashishlarni amalga oshirishga harakat qiladi. Bu hisob-kitoblarning o’z vaqtida bajarilishi turli xil jarima, iqtisodiy ogohlantirishlar va penyalar to’lashdan korxonani qutqaradi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida narx turlari ko’payadi: ulgurji, chakana narxlardan tashqari yana ichki, xalqaro narxlar mavjuddir. Ichki narx tovarlarga davlat ichkarisidagi belgilangan narx, xalqaro narx esa tovarlarga xalqaro bozorda belgilangan narxdir. Bo’lardan tashqari Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida ikki xil narx amal qiladi :


  1. Erkin narx.

  2. Davlat tomonidan belgilanadigan narx

Quyida “New day new era” MCHJ ning mahsulot sotilishning hajmining tahlilini ko’rib o’tamiz.


Yüklə 76,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin