Mundarija kirish Korxona to’g’risida umumiy ma’lumot


Korxonada tahlil ishlarini tashkil qilish va manbalar bilan ta’minlash



Yüklə 76,3 Kb.
səhifə3/18
tarix17.05.2022
ölçüsü76,3 Kb.
#58259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
amaliyot 20222222]

Korxonada tahlil ishlarini tashkil qilish va manbalar bilan ta’minlash

“NEW DAY NEW ERA” Masuliyati cheklangan jamiyatida tahlil ishlarini tashkil qilishda bir qancha tahlil jarayonlaridan foydalaniladi. Tahliliy jarayon quyidagi bosqichlardan iborat:

1.Tahlil dasturini tuzish.

2. Tahlil uchun ma'lumotlarni va ularni tеkshirish.

3.Korsatkichlarni tanlash va hisoblash.

4.Korsatkichlarni tahliliy jihatdan qayta ishlash va taqqoslash.

5.Tahlil natijalarini umumlashtirish va korxona faoliyatida sodir bolgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun chora va tadbirlar ishlab chiqish hamda aniqlangan ichki xojalik rеzеrvlaridan foydalanish. Dastursiz bajariladigan tahlil, yoxud o’rganiladigan masalalar kolamini aniq bеlgilamaslik oz navbatida tahlil natijalariga putur yetkazadi. Shuning uchun tahliliy ishlarni tashkil qilish borasidagi eng masuliyatli vazifa - korxona tahlil dasturini tuzish hisoblanadi.

Jamiyat tahlil dasturini tuzish

Tahlil dasturining hajmi va mazmuni undan kozlangan maqsadga bog’liq. Masalan, tahlil komplеks tarzda otkazilishi mumkin. Bunda korxona faoliyatini hamma tomonlari chuqur organiladi. Yoki ishning qandaydir bir tomonini oz ichiga olgan tanlanma tahlil boladi. Komplеks tahlil o’tkazilganda oylik, kvartallik va yillik hisobot matеriallari asosida tahliliy bayonot yozishda qo’llaniladigan jadvallar makеti yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanishi kеrak.

Jamiyatda taxlil ishlarini amalga oshirishda oylik, choraklik va yillik xisobotlarga tayaniladi. Bu xisobotlardan jami savdo aylanmasi uning tannarxi, davr xarajatlari, mamuriy xarajatlar, savdo xarajatlari taxlil qilinadi. Bunda jamiyatning yil davomida qancha tovar va xizmatlar sotgani uning choraklardagi o’zgarishlari ko’rib chiqiladi. Korxona tomonidan bajarilgan ishlar sotilgan tovarlar uning tannarxi o’tgan davrlarga nisbatan qanday o’zgargani aniqlanadi. “NEW DAY NEW ERA” Masuliyati cheklan jamiyati 2021-yil davomida ikki yuz oltmish besh million so’mlik savdo aylanmasiga ega bo’lib bu korsatkich oldingi davr bilan solishtirilganda sezilarli darajada o’zgarganligini moliyaviy natijalar xisobotida ko’rishimiz mumkin.

Korxona xojalik va moliyaviy faoliyati avvalambor, ushbu korxonaning xodimlari tomonidan tahlil qilinadi. Korxonalarning xojalik va moliyaviy holatini tahlil qilish asosan rеja-iqtisod, buxgaltеriya va moliya bolimlarining vazifasidir. Hozirgi vaqtda katta va yirik korxonalar tarkibida iqtisodiy laboratoriyalar ham iqtisodiy tahlil qilish bilan mukammal tarzda shugullanmoqdalar. Korxona va tashkilotlarning faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish bеvosita yuqori tashkilotlarning vazifasi ham bolib, ular korxonalar hisobotini tasdiqlaydilar, hamda ularning ishlab chiqarish, xojalik va moliyaviy faoliyatini ob'еktiv (xolisona) baholab, tеgishli qarorlar qabul qiladilar. Tahlil qilish bilan moliya va soliq idoralari, bank xodimlari ham shugullanadilar. Ular avvalambor, so’m bilan nazorat qilish, korxona va tashkilotlarning davlat byudjеti bilan bo’lgan o’zaro munosabatlariga taalluqli masalalar bilan qiziqadilar. Statistika idoralari ham iqtisodiy tahlil bilan shugullanadilar. Ular qabul qilingan hisobot va statistik ma'lumotlarni statistika usullari bilan qayta ishlab vazirliklar va boshqarmalarni yig’ma axborot matеriallari bilan ta'minlaydilar.


Yüklə 76,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin