G’aznachilik hisoboti
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………………
1. MA’RUZA MATNLARI……………………………………………………...
1-dars. “G’aznachilik hisoboti” fanining mazmuni, predmeti va metodi ….............
2-dars. Byudjet tasnifi .....................................................................................................
3-dars. Byudjet kassa ijrosiga oid hisobotlar tarkibi va ularni axborot imkoniyatlari
4-dars. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning g’azna ijrosiga oid moliyaviy hisobotlari …........................................................………………………
5-dars. Davlat byudjeti daromadlari kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotlar……………
6-dars Davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti daromadlari kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotlar ……………………………......................................................................
7-dars. Davlat byudjeti xarajatlari kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotlar …………...…
8- dars. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti xarajatlari kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotlar ……………………………………………………………………………
9-dars. Byudjet ijrosiga oid hisobotlarni umumlashtirish, ko’rib chiqish hamda tasdiqlash tartibi ……………………………...................................................……
10-dars. Byudjet hisobotlarining axborot imkoniyatlari va ularni tahlili ……………..
MUSTAQIL TA`LIMNI BAJARISH BO`YICHA USLUBIY KO’RSATMA…………………………………………………………………………
GLOSSARIYLAR…………………………………………………………….
ILOVALAR…………………………………………………………….……..
Fan dasturi……………………………………………………………………………
Ishchi fan dasturi………………………………………………………………….….
Tarqatma materiallar………………………………………………………………....
Testlar………………………………………………………………………………….
KIRISH
Mamlakatimizda davlat moliyasi sohasida institutsional islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlar negizida dastlab davlat byudjeti ijrosiga jahon tajribasida sinalgan, byudjet mablag’laridan samarali foydalanishni ta’minlovchi g’aznachilik tizimi joriy qilindi.
Shu nuqtai nazardan fan o’sib kelayotgan yosh avlodga, xususan iqtisodiy yo’nalishlarda ta’lim oluvchi talaba yoshlarga davlat byudjeti g’azna ijrosining mohiyati va ahamiyati, O’zbekiston byudjet amaliyotiga g’aznachilik tizimini joriy etish bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy boshqarma va bo’limlari faoliyati, g’aznachilikda byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash yuzasidan nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni hosil qilishga mo’ljallangan.
“G’aznachilik hisoboti” fanidan tayyorlangan mazkur O’quv-Uslubiy Majmua bakalavr ta’lim yo’nalishlarida o’qitiladigan fanlar bo’yicha yaratilgan Davlat Ta’lim Standartlariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan bo’lib, “Byudjet g’azna ijrosi hisobi” fanidan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib boruvchi professor-o’qituvchilar va oliy ta’limning bakalavriat bosqichida ta’lim oluvchi talabalar uchun mo’ljallangan. O’UM tarkibiga kirgan fan dasturi, fan bo’yicha tasdiqlangan ishchi dastur asosida ishlab chiqilgan hamda bakalavriat ta’lim yo’nalishlari o’quv jarayoni grafigiga to’liq mos keladi.
Fan yuzasidan ishlab chiqilgan mustaqil ishlar mavzulari fan dasturiga kirgan nazariy mavzular bilan birgalikda, g’aznachilik amaliyoti bilan bevosita bog’liq bo’lgan, talabalarni ilmiy izlanishga undovchi mavzular bilan boyitilgan hamda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitida davlat moliyasi sohasidagi islohotlarning ahamiyatini o’rganishga bag’ishlangan mavzular hisobiga kengaytirilgan.
“G’aznachilik hisoboti” fanini chuqur o’rganish byudjet, moliya, soliq, g’aznachilik va boshqa sohalar muammolarini hal qilishda muhim rol o’ynaydi
Dostları ilə paylaş: |