Rasm-2.5. Byudjet tasnifi4.
Byudjet tasnifi xalqaro tasnif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliyavazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Byudjet tasnifi byudjet boshqaruvining mustaxkam fundamental blokli tizimi bo‘lib hisoblanadi, u byudjet qanday tartibda tuziladi, qabul qilinadi va ijro qilinishini belgilaydi. Shu bilan birga byudjet tasnifi byudjetning oshkoralik va muvofiqligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.5
Byudjetlashtirishda asosiy e’tibor xarajatlar ob’ektidan mablag‘larni davlatning strategik maqsadlarini ijrosini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan davlatning dasturlarini amalga oshirishga ajratilishiga qaratiladi.
Mablag‘lar turli maqsadlar (natijalar) va davlat mablag‘larini boshqaruvchi organlari xarajatlari uchun ajratiladi, shu bilan birga natijalarga erishishning iqtisodiy jixatdan foydaliroq va innovatsion usullarini izlashadi. Markaziy byudjet boshqaruvi har bir tashkilotning dasturiy maqsadlariga erishish uchun qaratilgan.6
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 18-moddasida byudjet tasnifi tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan:
Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo‘lib, byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi. Byudjet tasnifi xalqaro tasnif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Byudjet tasnifi:
• davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini bir tizimga solish uchun foydalaniladi;
• mamlakat byudjet ma’lumotlarini xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslash imkonini beradi.
Soliq bazalarining kengayishi, soliq tizimiga o‘zgartirishlar kiritilishi, yangi soliq turlarining joriy etilishi yoki amaldagi soliqlarning bekor qilinishi, shuningdek, davlat oldidagi vazifalarning o‘zgarishi bilan byudjet xarajatlari tarkibining o‘zgarishi amaldagi byudjet tasnifiga tegishli o‘zgartishlar kiritilishini taqozo etadi.
Shu sababli byudjet amaliyoti taraqqiyotining ma’lum bosqichlariga kelib, mavjud byudjet tasnifnomasiga o‘zgartishlar kiritib turiladi. Byudjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Byudjet ko‘rsatkichlarining milliy tasniflash tizimini ishlab chiqishda xalqaro tasniflash tamoyillariga rioya qilinishi kerak.
Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlari tasnifining ushbu tuzilmalari byudjetning g’azna ijrosiga oid hisobotlarda qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |