Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi.
Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi ularni ichki va tashqi manbalar bo’yicha guruhlashdan iborat bo’ladi.
Byudjet tasnifining turlari va asosiy tamoyillari.
Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish hamda ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi va u byudjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi.
Byudjet tasnifining asosiy printsiplari quyidagilar hisoblanadi:
to’liqlilik — byudjet tasnifi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilarini qamrab olishi shart;
yagonalik — byudjet tasnifi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan yagona byudjet tasnifi qo’llanilishi shart;
o’zaro muvofiqlik — byudjet tasnifining kodlari bir vaqtning o’zida byudjet jarayonining har xil operatsiyalarini aks ettirish uchun qo’llanilmasligi kerak, ya’ni byudjet tasnifining har bir kodi o’ziga xos bo’lishi shart.
Ma’lumki, byudjet qurilishi mamlakatning davlat byudjeti va byudjet tizimini, uning bo‘g‘inlari o‘rtasidagi byudjetlararo munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini, byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjet mablag‘larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi.
Rasm-2.2. Byudjet tasnifining byudjet ijrosidagi roli.
Byudjet tasnifi hamma byudjetlarning ma’lumotlarini bir yagona davlat byudjetiga jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy funksiyani amalga oshiruvchi hujjatgina bo‘lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga egadir. Tasnifda davlat byudjeti daromadaari va xarajatlari bir xil xususiyatlari bo‘yicha guruhlanadi va ular bo‘linmalar deb yuritiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Turli darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi ko‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi, ya’ni tasnif ob’ektlariga berilgan guruhlashtirish kodlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi (Rasm-2.2).
Dostları ilə paylaş: |