Mundarija kirish ma’ruza matnlari


Fanning Davlat byudjeti g’azna ijrosi sohasidagi vazifalari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə7/83
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#202418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
G’aznachilik hisoboti-fayllar.org (1)

3. Fanning Davlat byudjeti g’azna ijrosi sohasidagi vazifalari

G’aznachilik hisobotlari Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti g’azna ijrosi bo’yicha yuritiladi va byudjetlar g’azna ijrosi holati haqida ma’lumotlar shakllanishini ta’minlaydi.

G’aznachilik hisobotlarini shakllantirishning vazifalari:

  • byudjet g’azna ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;


  • byudjet g’azna ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro’yhatga olish;


  • byudjet g’azna ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda byudjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish;


  • byudjet tashkilotlari smetalari g’azna ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;


  • byudjet g’azna ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir.


Mamlakatimiz byudjet tizimida islohotlarni borishi jarayonida byudjet hisobini tashkil etish va yuritilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ohirgi yillarda byudjet hisobini tashkil etishga oid bir necha me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda byudjet hisobini yuritilishini uch yunalishga ajratish mumkin, ya’ni (1.4-chizma).

1. Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar ijrosining hisobi – Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari hamda Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan olib boriladi;

2. Davlat maqsadli jamg’armalar (Pensiya jamg’armasi, Respublika yul jamg’armasi va boshqalar), shuningdek boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalar ijrosining hisobi – tegishli byudjetdan tashqari jamg’armalar tomonidan olib boriladi;

3. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosining hisobi bo’yicha -byudjet tashkilotlari tomonidan olib boriladi.



1.5-Chizma. O’zbekiston Respublikasida byudjet g’azna ijrosi hisobotini yuritilishi chizmasi.
Moliya organlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larning sarflanishi bo’yicha hisobotlar shakllantilib, Davlat byudjeti g’azna ijrosi sharoitida Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar daromadlari shakllanishi xarajatlarini amalga oshirish, byudjet ijrosi natijalari bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirib beradi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo’limlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida byudjet ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya hisobi kassa usulida “G’azna dasturi” asosida yuritiladi. Respublika byudjeti ijrosi hisobi daromadlarini shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan byudjetga muvofiq amalga oshirilishi, pul mablag’lari, hisoblashuvlar, byudjet ijrosi natijalarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi buxgalteriya bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar ijrosi hisobi daromadlarini shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan byudjetga muvofiq amalga oshirilishi, pul mablag’lari, hisoblashuvlar, byudjet ijrosi natijalarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hududiy boshqarmalari hamda G’aznachilikning xududiy bo’linmalari buxgalteriya bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida davlat byudjeti kassa ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2011 yil 14 yanvardagi 2-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari boshqa jamg’armalari byudjeti g’azna ijrosi buxgalteriya hisobi to’g’risida yo’riqnoma” ga asosan buxgalteriya hisobi yuritilmoqda va tasdiqlangan buxgalteriya schyotlarida byudjet mablag’lari va ularni manbaalari harakati bo’yicha ma’lumotlar shakllantirilib belgilangan tartibda byudjetning kassa ijrosi bo’yicha hisobotlar tuzilmoqda.

Davlat maqsadli jamg’armalarida jumladan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Respublika yo’l jamg’armasi va boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalarida jamg’armalar byudjeti daromadlari shakllanishi, xarajatlarini amalga oshirish, hisoblashuvlar hisobi, byudjet ijrosi natijalari bo’yicha buxgalteriya axborotlari belgilangan tartibda shakllantirilmoqda, hisobotlar tuzilmoqda.

Byudjet tashkilotlarida byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar, byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Yo’riqnoma (O’z.R AV. tomonidan 2010 yil 22 dekabrda № 2169-son bilan ro’yxatdan o’tgan) ga asosan yuritilmoqda. Byudjet tashkilotlari moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari tarkibi, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari, joriy va yakuniy moliyaviy natijalar bo’yicha buxgalteriya axborotlari shakllantirilib “O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo’yicha qoidalar” ga (O’z.R AV. tomonidan 2018 yil 15 fevralda № 2971-son bilan ro’yxatdan o’tgan) asosan buxgalteriya hisobotlari tuzilmoqda.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin