MA’RUZA MATNLARI
1-Mavzu. “G’aznachilik hisoboti” fanining mazmuni, predmeti va metodi
R E J A:
1.
|
Fanning mazmuni, predmeti, metodi va ob’ekti
|
2.
|
Fanning o’ziga xos xususiyatlari
|
3.
|
Fanning Davlat byudjeti g’azna ijrosi sohasidagi vazifalari
|
4.
|
G’aznachilik hisobotining axborot tizimlari haqida tushuncha va ularning turlari
|
1. Fanning mazmuni, predmeti, metodi va ob’ekti
Davlat byudjeti - Davlat pul mablag’larining (shu jumladan, Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbaalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tuzilmasi Respublika byudjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi. Byudjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda byudjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar byudjet tasnifi bo’yicha amalga oshiriladi. Byudjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar g’aznachilik bo’limlarida yig’ilib, umumlashtiriladi va g’aznachilik hisobotlari shakllantiriladi.
G’aznachilik hisoboti - bu byudjet g’azna ijrosi jarayonida moliyaviy hisobotlar asosida, Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti ijrosini nazorat qilish jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlarning reja bo’yicha va amalda bajarilganlik holati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir.
Qonun hujjatlari asosida G’aznachilik tashkilotlariga quyidagi asosiy vazifalar yuklangan:
Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o’rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to’g’risida hisobot tuzish;
Davlat byudjeti mablag’larini yagona g’aznachilik hisobvarag’i, shuningdek tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g’aznachilik hisobvaraqlarini joriy etish orqali boshqarish;
byudjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarini, shuningdek Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan kapital qurilish bo’yicha buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko’rsatilgan summalar va maqsadlarga qat’iy muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o’rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro’yxatdan o’tkazish tartibini joriy etish orqali byudjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini olish;
byudjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yo’naltiriladigan byudjet mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
xarajatlar smetasi va ro’yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisobvaraqlariga byudjet mablag’lari oluvchilar nomidan va ularning topshirig’i bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish orqali to’lov intizomiga so’zsiz rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
Davlat byudjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborot yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish.
G’aznachilik hisobotini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga byudjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat.
G’aznachilik hisobotining predmeti bu byudjet g’azna ijrosi jarayonida byudjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.
G’aznachilik hisobotining obektlari bo’lib, byudjet g’azna ijrosi jarayonida byudjet daromadlari va xarajatlari, byudjet pul mablag’lari, byudjet ssudalari, hisoblashuv bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari, byudjet tashkilotlarining xarajatlari, moliyaviy aktivlar, majburiyatlari va moliyaviy natijalari hisoblanadi (1.1-chizma).
Dostları ilə paylaş: |