Mundarija kirish ma’ruza matnlari


Byudjetning g’azna ijrosiga oid hisobotlarda byudjet tasnifini qo’llanilishi tartibi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə12/83
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#202418
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83
G’aznachilik hisoboti-fayllar.org (1)

3.Byudjetning g’azna ijrosiga oid hisobotlarda byudjet tasnifini qo’llanilishi tartibi.

Barcha darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi-daromadlar va xarajatlarni tasnif ob’ektlariga guruhlovchi xos raqam (kodlar) berish bilan guruhlash ko‘rsatkichlari doirasida prognozlashtiriladi, shakllantiriladi va ijro etiladi.

Davlat moliyasi tizimida byudjet tasnifi davlat byudjetining holati to‘g‘risidagi malumotlarni hisobini yuritish va tizimlashtirishni ta’minlaydi.

Byudjet tasnifidan byudjet jarayonining barcha bosqichlarida foydalaniladi. Byudjet tasnifi tasdiqlangan byudjet asosida daromadlarni tushishi va xarajatlarni moliyalashtirishni hisobga olish imkonini beradi. Byudjet tasnifi asosida davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tuziladi. Byudjet tasnifidan foydalanish daromadlarni har bir turi bo‘yicha tushishi, xarajatlarni yo‘nalishlar bo‘yicha moliyalashtirish, bir turdagi tashkilotlar bo‘yicha xarajatlar smetalarini taqqoslash, hamda tahlil qilish imkonini beradi. Uning asosida ko‘rsatkichlar rivojlanishi dinamikalari va tendentsiyalari kuzatiladi, byudjet munosabatlari rivojlanishiga nisbatan prognozlar ishlab chiqiladi, hamda byudjet ko‘rsatkichlariga statistik ishlov beriladi.


Rasm-2.3. Byudjet tasnifining mazmuni3.
Tasnif barcha darajadagi byudjetlar ko‘rsatkichlarining qiyosiyligini, ularni iqtisodiy va statistik tahlil qilish imkoniyatini ta’minlaydi.

Byudjet tasnifining ahamiyati shu bilan belgilanadiki, undan:


  1. davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etishda;


  2. byudjet mablag‘larining ajratilishi va ulardan foydalanilishini


  3. nazorat qilishda;


  4. turli darajadagi byudjetlarning ko‘rsatkichlarini bir-biri bilan


  5. taqqoslashda;


  6. barcha darajada jamlangan byudjet tizimini tuzishda foydalaniladi.


Byudjet jarayonining samarali amalga oshirishda byudjet tasnifi muhim ahamiyatga ega.

Byudjet tasnifi bir qator funksiyalarni bajaradi:

Birinchidan, u O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi yagonaligini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi byudjet kodeksi byudjet tizimi yagonaligi tamoyili namoyon bo‘lishining biri sifatida, byudjet tasnifining yagonalidan dalolat beradi.O‘zbekiston Respublikasi byudjet kodeksi byudjet tizimi byudjetlari uchun byudjet tasnifining har bir turining (guruh, bo‘lim, modda) bazaviy va yagona pozitsiyasini belgilaydi. Natijada barcha byudjetlar yagona sxema bo‘yicha quriladi. Buning natijasida O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining barcha darajalarida byudjet ko‘rsatkichlarining taqqoslanishi ta’minlanadi. Boshqacha qilib aytganda, byudjet tasnifining ko‘rsatkichlaridan foydalanib turli byudjetlarga ma’lum manbalardan qancha mablag‘lar kelib tushmoqda yoki qanday maqsadlarga qancha byudjet mablag‘lari sarflanayotganligini oson solishtirish mumkin.

Ikkinchidan, byudjet tasnifi byudjetni tuzish, tasdiqlash va ijro etishga, hamda byudjet hisobotini tuzish va tasdiqlashga yordam beradi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin