Mundarija kirish ma’ruza matnlari


Byudjet tashkilotlaridan buxgalteriya hisobini tashkil qilishning me’yoriy - uslubiy asoslarini hisob ob’ektlariga tegishliligi bo’yicha tasnifi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə20/83
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#202418
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
G’aznachilik hisoboti-fayllar.org (1)

Byudjet tashkilotlaridan buxgalteriya hisobini tashkil qilishning me’yoriy - uslubiy asoslarini hisob ob’ektlariga tegishliligi bo’yicha tasnifi


T/r




Me’yoriy-huquqiy hujjatning nomi


Qabul qilgan organ, ro’yxatdan o’tkazilgan sanasi va raqami


Hujjatning qisqacha mazmuni


TAShKILIY ASOSLAR BO’YIChA ME’YoRIY HUJJATLAR

1

“Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Yo’riqnoma

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida


22 dekabr 2010 yil

2169-son bilan ro’yxatga olingan


Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkiliy, texnik hamda uslubiy jihatlari, jumladan bosh hisobchi va hisobchilarning huquqlari, majburiyatlari va vazifalari, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi va xar bir schyot bo’yicha to’liq ma’lumotlar, hisob yuritish shakli, shuningdek 63 ta ilova bilan dastlabki hisob hujjatlari, hisob registrlari va boshqa zaruriy hujjatlar tasdiqlangan.


2

“Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizom

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida


2014 yil 15 dekabrda 2634-son bilan ro’yxatga olingan


Byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalarini, byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini hamda shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va taqdim qilish tartibi keltirilgan. Shuningdek byudjet tashkilotlari tomonidan vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish va taqdim qilish tartibi, shtatlar jadvalini tuzish va taqdim qilish tartibi ham keltirilgan. Bundan tashqari mazkur smetalarni va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish va ularni to’g’ri tuzilganligini nazorat qilish tartibi bayon qilingan.


3

“Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risida”gi Nizom

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida


14 yanvar 2004 yil 1297-son bilan ro’yxatga olingan


Yuridik shaxslar tomonidan tuziladigan dastlabki hisob hujjatlariga qo’yiladigan asosiy talablar, hujjatlar aylanish grafigini ahamiyati va uni namunaviy ko’rinishi, dastlabki hisob hujjatlariga buxgalteriyada ishlov berish, ushbu hujjatlarni elektron tuzishda qo’yiladigan asosiy talablar va boshqa qonunchilik normalari keltirilgan.


4

O’zbekiston Respublikasining 19-son Buxgalteriya hisobi milliy standarti “Inventarlashni tashkil etish va o’tkazish”

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida


2 noyabr 1999 yil 833-son bilan ro’yxatga olingan


Inventarizatsiyani tashkil qilish, uni o’tkazishning umumiy qoidalari, mol-mulkning ayrim turlari va moliyaviy majburiyatlarni inventarizatsiyadan o’tkazish qoidalari, inventarlash bo’yicha solishtirma-qaydnomalarni tuzish, inventarizatsiya bo’yicha tofovutlarni tartibga solish tartibi va inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish hamda inventarizatsiya bilan bog’liq boshqa normalar keltirilgan.


5

O’zbekiston Respublikasi Byudjet tasnifini qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida


11 oktyabr 2010 yil 2146-son bilan ro’yxatga olingan


O’zbekiston Respublikasi Byudjet tasnifining asosiy printsiplari, uning strukturasi, jumladan, daromalar tasnifi, uning tarkibi va mazmuni, xarajatlar tasnifi, uning tarkibi: xarajatlarning vazifa jixatidan tasnifi, uning tarkibi va mazmuni, xarajatlarning iqtisodiy tasnifi, uning tarkibi va mazmuni, shuningdek byudjet taqchilligini moliyalashtirish tasnifi, uning tarkibi va mazmuni va boshqa qonunchilik normalari keltirilgan.







Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin