5-Mavzu. Davlat byudjeti daromadlari kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotlar
R E J A
1.
|
Respublika byudjeti daromadlarini ijro etish tartibi
|
2.
|
Respublika byudjeti daromadlari g’azna ijrosi to’g’risidagi hisobotining maqsadi va vaziflari
|
3.
|
Respublika byudjeti daromadlarining kassa ijrosi hisobi
|
4.
|
Respublika byudjeti daromadlari g’azna ijrosini hujjatlashtirish
|
5.
|
Respublika byudjeti daromadlari g’azna ijrosini hisobvaraqlar va hisob registrlarida aks ettirish
|
6.
|
Respublika byudjeti daromadlari g’azna ijrosi hisobining hususiyatlari
|
1. Respublika byudjeti daromadlarini ijro etish tartibi
O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlari:
1) umumdavlat soliqlari, shu jumladan:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
yagona soliq to’lovi;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
qo’shilgan qiymat solig’i;
aksiz solig’i;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
2) bojxona bojlari;
3) qo’shimcha foyda solig’i;
4) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo’yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi;
5) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi to’lanishidan tushgan tushumlar, qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’imlar, tovon pullari, kompensatsiya to’lovlari va jarima sanktsiyalari, davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan belgilangan normativlar bo’yicha olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tkazilgan pul mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar, aktsiyalarning davlat ulushi (payi) bo’yicha dividendlar (daromadlar), mobil aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lov, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
Respublika byudjetining loyihasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari va moliya yili uchun mo’ljallangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi asosida tuziladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga bir moliya yilidan ortiq muddatga tuzilgan respublika byudjetini qabul qilish to’g’risida taklif kiritishga haqli.
Respublika byudjetining loyihasini tuzish:
byudjet so’rovini tuzish tartibini yuborishni;
byudjet so’rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni;
byudjet so’rovlarini ko’rib chiqish va jamlashni;
byudjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Respublika byudjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organlar quyidagilardir:
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, byudjetlar loyihalarini tuzish, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan so’ralgan axborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi bo’yicha.
Davlat byudjetining loyihasini ishlab chiqish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan:
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi;
daromadlarning tashkil topish manbalari bo’yicha Davlat byudjeti daromadlari prognozi;
byudjet mablag’larini taqsimlovchilarning byudjet so’rovlari va O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan ayrim tadbirlar uchun xarajatlar hajmining prognozi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlari loyihalari asosida ishlab chiqiladi.
Davlat byudjetining loyihasida xarajatlar daromadlarning prognoz qilinayotgan hajmidan kelib chiqib Davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori hisobga olingan, uni qoplash manbalari belgilangan holda nazarda tutiladi.
Davlat byudjetining loyihasi:
Byudjet kodeksining 50 va 69-moddalariga muvofiq Davlat byudjetining daromadlar manbalari bo’yicha daromadlari va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlari prognozidan;
Davlat byudjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni qoplash manbalaridan tarkib topadi.
Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalari tushumlar manbalari bo’yicha daromadlar va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar prognozidan tarkib topadi.
Respublika byudjetining ijrosi byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan daromadlarining tushishini ta’minlash va xarajatlarini amalga oshirishni, shuningdek ularning ijrosi bilan bog’liq operatsiyalarni hisobga olishni nazarda tutadi.
O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining ijrosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta’minlanadi.
Respublika byudjetining ijrosi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan g’azna ijrosi yo’li bilan amalga oshiriladi. G’azna ijrosi faoliyatni chet elda amalga oshirayotgan byudjet tashkilotlariga va byudjet mablag’lari oluvchilarga tatbiq etilmaydi.
Respublika byudjetining ijrosi moliya yili mobaynida va qo’shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi.
Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo’shimcha vaqt davri bo’lib, bu davr mobaynida o’tgan yil uchun respublika byudjetining ijrosi amalga oshiriladi. Moliya vazirligi Respublika byudjetining qo’shimcha vaqt davridagi ijrosi bo’yicha operatsiyalarni o’tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi.
Respublika byudjeti daromadlarining yoyilmasi:
byudjet tasnifiga muvofiq tuzilgan daromadlar prognozi ularning tasdiqlangan parametrlariga muvofiqligini;
daromadlar ijrosining monitoringini ta’minlash maqsadida tuziladi.
Daromadlar yoyilmasining tegishli byudjet daromadlarining byudjet tasnifiga muvofiq oyma-oy bo’lingan yillik hajmlaridan tashkil topadi.
Daromadlar yoyilmasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tuziladi.
Dostları ilə paylaş: |