5.1–chizma. G’aznachilik organlarida daromadlar hisobini hujjatlashtirishni sxematik ko’rinishi
G’aznachilik organlarida daromadlar hisobini hujjatlashtirishni sxematik ko’rinishini quyidagicha aks ettirish mumkin.
Moliya organlari ortiqcha o’tkazilgan mablag’ni qaytarish uchun bank muassasasiga taqdim etadi va bank muassasasi kunlik tushgan byudjetga o’tkaziladigan (daromad turiga muvofiq) mablag’ hisobiga qaytariladi. Bunda G’aznachilik organlari tomonidan ortiqcha to’langan mablag’larni qaytarish hisobi yuritilmaydi
Ortiqcha tushgan daromadlarni to’lovchilarga qaytarib berish moliya boshqarmalari tomonidan bankdagi tranzit hisob raqamidan amalga oshiriladi.
Moliya boshqarmasining rahbari tomonidan tasdiqlangan amaldagi tartibga muvofiq daromadlar bo’yicha summalarni qaytarish yoki hisobga olish to’g’risidagi hulosa ijro etilishi uchun moliya boshqarmasining bosh buxgalteriga taqdim etiladi. Moliya boshqarmasining buxgalteriyasi hujjatlar to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirgandan so’ng byudjet daromadiga ortiqcha o’tkazilgan summani qaytarish bo’yicha bankka taqdim etadi.
5. Respublika byudjeti daromadlari g’azna ijrosini hisobvaraqlar va hisob registrlarida aks ettirish
Moliya organlarida, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida byudjet daromadlari hisobi 04 "Daromadlar" nomli hisobvaraqda yuritiladi. 040-sonli hisobvaraq “Byudjet daromadlari” hisobot yili yakuni bo’yicha g’azna hisobvaraqlariga byudjet ijrosi natijalari daromadlariga tushumlar, berilgan va olingan daromadlar (dotatsiyalar, subventsiyalar) summalari, ko’chirmalar, qaytarish va o’tkazishlar bilan bog’liq operatsiyalar hisobi uchun mo’ljallangan.
Buxgalteriya o’tkazmalari:
№
|
Muomalalar mazmuni
|
Dt
|
Kt
|
Asos bo’luvchi
hujjat
|
Respublika byudjeti bo’yicha
|
1.
|
Respublika byudjetiga soliqlar va yig’imlar va boshqa daromadlardan mablag’lar tushumi
|
010
|
040
|
To’lov hujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko’chirma
|
2.
|
Aniqlanmagan tushumlarni daromadlarga olib borish
|
041
|
040
|
Xulosa
|
3.
|
Hisobot davrida byudjet ijrosi natijalari hisobvarag’iga tushgan daromadlarni hisobdan chiqarish
|
040
|
090
|
Buxgalteriya ma’lumotnomasi, m/o
|
041-sonli hisobvaraq “Aniqlanmagan tushumlar” tegishli byudjet (jamg’arma byudjeti) daromadlariga, bojxona organlari g’azna depozit schyotiga, byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lariga o’tkazish yoki daromadlar tasnifining tegishli kodlariga qabul qilinishiga asos bo’lmagan g’azna hisobvaraqlariga kelib tushgan aniqlanmagan mablag’lar bilan bog’liq operatsiyalar hisobi uchun mo’ljallangan.
Aniqlanmagan mablag’lar 041-sonli “Aniqlanmagan tushumlar” hisobvaraqga o’tkaziladi va har oyda oxirgi ish kunidan kechiktirmay 23402 bank tranzit schyotiga o’tkazilib tegishli byudjet tasnifida aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: |