3. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti ijrosiga oid hisobotlarni tasdiqlash tartibi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018 yil 15 fevralda 2971-son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo’yicha QOIDALAR” nomli 2017 yil 26 dekabrdagi 182-son buyrug’iga asosan “7-§. Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati to’g’risidagi hisobot”da quyidagilar keltirilgan:
110. Mazkur hisobot quyidagi byudjetdan tashqari mablag’larining harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun mo’ljallangan:
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijtimoiy nafaqalarni to’lash uchun mablag’lari;
o’tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi;
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushadigan tushumlar;
maktabdan tashqari muassasalarda bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushadigan tushumlar (musiqa va san’at maktablari);
xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo’yicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlar;
maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta’minoti uchun ota-onalardan tushadigan tushumlar;
vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari;
umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to’lovidan tushgan byudjetdan tashqari mablag’lar;
kapital qo’yilma mablag’lari bo’yicha depozitlar;
turg’un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan to’lovlar;
taqsimlanishi nazarda tutilgan tushumlar;
boshqa ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to’laydigan to’lovlar;
boshqa mablag’lar bo’yicha depozitlar;
grantlar, insonparvarlik yordami va texnik ko’maklashish vositalari;
kredit va ssudalar.
111. Hisobotni tuzishdan oldin byudjet tashkilotlari quyidagilarni tekshiradilar:
hisobot choragi mobaynidagi barcha mazkur byudjetdan tashqari mablag’larining shakllanish manbalariga va sarflanishiga doir birlamchi hujjatlarning to’liqligini;
shaxsiy g’azna hisobvaraqlardan (hisob raqamlardan) olingan ko’chirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlarini.
112. "Yil boshiga mablag’ qoldig’i" ustuni bo’yicha byudjet tashkilotlari hisobot shaklida keltirilgan barcha byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha hisobot yilining 1 yanvar sanasiga bo’lgan mavjud qoldiq mablag’larni aks ettiradilar.
113. "Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar) jami" ustunida "Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar)" va "O’tgan yil qoldig’i hisobidan tushgan tushum" ustunlarining yig’indisi ko’rsatiladi.
114. "Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar)" ustunida hisobot shaklida keltirilgan barcha byudjetdan tashqari mablag’larning turlari bo’yicha alohida holda hisobot davrida byudjet tashkilotining shaxsiy g’azna hisobvarag’iga (hisob raqamiga) kelib tushgan tushumlar aks ettiriladi.
115. "O’tgan yil qoldig’i hisobidan tushgan tushum" ustunida o’tgan moliya yilida kelib tushishi lozim bo’lgan mablag’larning joriy moliya yilida kelib tushgan summasi aks ettiriladi.
116. "Xarajatlar yoyilmasi"da mazkur byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan hisobot davrida amalga oshirilgan kassa va xarajatlarni xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajatlar moddasi, kichik moddasi va elementlari bo’yicha har bir byudjetdan tashqari mablag’larning turlari bo’yicha alohida holda aks ettiradilar.
Dostları ilə paylaş: |