Bir naychali (kosali) manometrlar. Bu asboblar ikki naychali asboblarning bir turi bo`lib, ikkinchi naycha o`rniga keng idish (kosa) ishlatiladi. Bir naychali manometrda naychaning keng idishiga o`lchanayotgan bosimning kattasi ulanadi. Shkalali plastinkaga maHkamlangan naycha o`lchovchi atmosfera bilan bog`langan bo`ladi. Bosimlar farqini o`lchashda unga bosimlarning kichigi keltiriladi. Ishchi suyuqlik manometrga nol belgisigacha quyiladi. Bosim ta`sirida ishchi suyuqlikning bir qismi keng idishdan o`lchovchi naychaga oqib o`tadi. Bu Hol uchun, o`lchanayotgan ortiqcha bosim tor naychaning kesimi f ni dastlabki ustun 0 dan balandligini o`zgarishiga ko`ra aniqlanadi. Standartga ko`ra laboratoriya shishali bir naychali manometrlar quyidagi yuqori o`lchash chegaralariga ‘ga bo`lishi kerak: 160, 400, 600 va 1000 kg-k/m2, bu esa manometr suv bilan to`ldirilganda millimetrlarga teng bo`ladi. o`lchash vosita-sining keltirilgan xatoligi 0,4 dan 0,06 gacha yoki 0,025 % ni tashkil qilishi kerak.Harorat va tezlanish kuchiga tuzatmalar xuddi U-simon manometrlarga o`xshash kiritiladi.
2-rasm. Bir naychali kosali manometr
Mikromanometrlar. Juda kichik bosimlarni o`lchash uchun og`ma naychali mikromanometrlar ishlatiladi. Ishchi suyuqlik sifatida ularda asosan distillangan suv yoki etil spirtidan foydalaniladi. Naycha og`ma vaziyatda bo`lgani sababli o`lchanayotgan bosimni muvozanatlaydigan suyuqlik ustunining uzunligi quyidagicha bo`ladi: Ortiqcha bosimni mikromanometr yordamida o`ichanishi quyidagi tenglamaga ko`ra aniqlanadi:
Bunday asboblar 160—1000 Pa chegaradagi bosimlarni o`lchashga mo`ljallangan, ularning xatoligi ±1,0 %dan oshmaydi. Bosimning kengayishi yoki farqini keng chegaralarida o`lchashga to`g`ri kelgan Hollarda o`zgaruvchan og`ish burchakli mikromanometrlardan foydalaniladi. MMH mikromanometri
shunday asboblardan biri bo`lib, 0,5 va 1,0 aniqlik klassi bilan 0—24 kPa o`lchash chegarasiga mo`ljallab chiqarilgan. Yuqorida keltirilgan suyuqlikli asboblar laboratoriya va ishlab chiqarish tajribasida keng qo`llaniladi. Ularning kamchiliklari ko`rsatishni masofaga uzatish mumkin emasligi, o`lchash chegaralarining kichikligi, ko`rsatkichlarning yaqqol emasligi va mexanik mustahkam emasligidan iborat.