MUNDARIJA Kirish ……………….…………………………………………………………. 2
1. Nazariy qism ……………………………………………………….……….. 3
1.1. Bir naychali prujinali manometrlar haqida ma’lumotlar …..…….…..…… 3
1.2. Bir naychali prujinali manometrlar turlari ………………………..……... 9
1.3. Bir naychali prujinali manometrlarning tuzilishi va ishlash prinsipi …….. 23
2. Amaliy qismi …………...………………………………………….……… 31
Xulosa …………………………………………………………………........… 33
Adabiyotlar ro'yxati …………………………………………………….......… 34
KIRISH Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va TJABT samaradorligini oshirish
zarurligi turli moddalar sarfi va miqdorini aniq o‘lchash masalalarini muvaf- faqiyatli hal etishni taqozo etadi. Sanoatda sarf o‘lchash tizimlarining qo‘lla- nishi sarflanayotgan energiya eltuvchilarini (suv, gaz, bug‘, yonilg‘i) hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha ko‘pgina texnik masalalarning hal qilinishini soddalashtiradi, jarayonning eng maqbul rejimini ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlariga bog‘liq holda tez aniqlashga imkon beradi.
Mahsulotni hisobga olish jarayonlarida moddalarning sarfi va miqdorini o‘lchash
vositalariga juda yuqori aniqlik jihatidan katta talablar qo‘yiladi. Sarf o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarf o‘lchagichlar deb ataladi.
Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida o‘tgan miqdori modda
sarfi deyiladi. Sarf o‘lchaydigan asboblar oniy sarfni o‘lchaydi va texnologik rejimlar (ayniqsa uzluksiz jarayonlarda) ishining barqarorligini nazorat qilishga, texnologik jarayonning o‘tishini har bir onda avtomatik ravishda rostlashga va rejimni berilgan yo‘nalishda sozlashga imkon beradi. Moddaning hajmiy sarfi l/s, m3/s, m3/soat, massa sarfi esa kg/s, kg/soat, t/soat va hokazolarda o‘lchanadi.
Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan ta’minlanishi mumkin, unda bu
asboblar hisoblagichli sarf o‘lchagichlar deyiladi Modda miqdorini o‘lchaydigan
asboblar hisoblagichlar deb ataladi.
Hisoblagichlar o‘zlaridan o‘tgan modda miqdorini istalgan vaqt (sutka, oy va ho- kazo) mobaynida o‘lchaydi. Uning miqdori hisoblagich ko‘rsatkichlari farqi bilan aniqlanadi. Modda miqdori hajmiy (litr, m3) yoki massa (kg, t) birliklarida ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita o‘lchash asboblari bo‘lib, ularning shkalasi bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha hisoblashni talab qilmaydi. Sanoatda keng tarqalgan sarf va miqdor o‘lchagichlar ishlash prinsipi va tuzilishlariga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda suyuqlik, bug‘ va gazlarning sarfini o‘lchaydigan asboblarning quyidagi turlaridan foydalaniladi: