Mundarija kirish qismi Asosiy qism Jaloliddin Manguberdi Vatan
Azimut bo‘yicha harakatlanishda bajariladigan ishlar Azimut bo‘yicha harakatlanishda:
marshrut tanlanadi;
tanlangan marshrut o‘rganiladi;
harakatlanish ma’lumotlari (burchak va masofalar) tayyorlanadi;
burilish nuqtalari belgilanadi.
Piyoda harakatlanayotganda bundan tashqari, quyidagi ishlar bajariladi:
xaritadan marshrut qismlarining azimutlari o‘lchab olinadi;
xaritadan mo‘ljallar orasidagi masofa o‘lchanadi;
xaritadan o‘lchangan masofa juft qadamlarga aylantiriladi;
azimut bo‘yicha harakatlanish marshrutining chizmasi chiziladi;
azimut bo‘yicha harakatlanish marshrutining ma’lumotlari keltirilgan jadval tuziladi.
T anlangan oriyentirlar xaritada doira bilan chizilib, bir-biri bilan to‘g‘ri chiziq orqali tutashtiriladi. Marshrut atrofidagi joyni xaritada o‘rganib, marshrutning o‘ng va chap tomonlaridagi uzoqdan ko‘zga yaxshi tashlanadigan oriyentirlar belgilanadi. Harakatlanish davomida esa aynan o‘sha oriyentirlarga nisbatan o‘z joylashuv o‘rni aniqlanadi.
Azimut bo‘yicha harakatlanish haqidagi ma’lumotlar xaritaga tushiriladi. Agar xaritani o‘zi bilan marshrutga olib chiqish imkoniyati bo‘lmasa, u holda marshrut sxemasi (103-rasm) yoki jadval (37- jadval) tuziladi.
S 103-rasm. Azimut bo‘yicha harakatlanish sxemasi.
xema quyidagi ketma – ketlikda tuziladi. Bir varaq toza qog‘ozga boshlang‘ich nuqta, burilishdagi oriyentirlar va marshrutdagi oxirgi nuqta (punkt) tushiriladi. Sxemadagi oriyentirlar joylashishi xaritadagi shartli belgilar bilan belgilanadi keyin oriyentirlarning tartib raqami yozib qo‘yiladi va to‘g‘ri chiziq bilan tutashtiriladi. Har bir chiziq qarshisiga kasr ko‘rinishda boshlang‘ich ma’lumotlar yozib qo‘yiladi: kasr suratida magnit azimuti, maxrajida esa masofa metrda va harakat vaqti minutda ko‘rsatiladi. Agar azimut bo‘yicha harakatlanish piyoda tartibda amalga oshirilsa masofa metrdan juft qadamlar soniga aylantiriladi va uning qiymati sxemada qavs ichiga yozib qo‘yiladi. Bundan keyin sxemaga gorizont tomonini ko‘rsatuvchi SH - J strelkasi tushiriladi va marshrutga qo‘shimcha oriyentirlar ham belgilash mumkin, bular oraliq yoki yordamchi oriyentirlar bo‘lishi mumkin.
Faqat umumiy yo‘nalish harakatini belgilash vaqtida jadval yoki sxema tuzilmasligi mumkin. Chunki joyda kompas yordamida yo‘nalishning magnit azimuti o‘lchanib, qiymati og‘zaki e’lon qilinadi.