To‘siqni aylanib o‘tish. Azimut bo‘yicha harakatlanish vaqtida marshrutda tabiiy yoki sun’iy (minalashtirilgan maydon, ko‘llar, suv omborlari, botqoqliklar uchastkasi, jarliklar va h.k) to‘siqlarni uchratish mumkin. Bu to‘siqlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish imkoniyati bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun ularni aylanib o‘tishga to‘g‘ri keladi. To‘siqlarni aylanib o‘tish tartibi ularning kengligi va xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Agar to‘siqning qarama-qarshi tomoni ko‘zga ko‘rinadigan bo‘lsa (104-rasm) u holda A nuqtagacha bo‘lgan masofa juft qadamlar miqdori bilan yozib qo‘yiladi. Keyin to‘siqning qarama qarshi yo‘nalish tomonida biron – bir oriyentirni V nuqta bilan belgilab olinadi va ungacha bo‘lgan masofa aniqlanadi, so‘ng bu masofa oldingi
A nuqtagacha bo‘lgan masofaga qo‘shiladi. Bundan keyin to‘siq chegarasi aylanib o‘tiladi. V nuqtada kompas yordamida oldingi yo‘nalish burchagi aniqlanib keyingi burilishgacha harakat davom ettiriladi.
a). b).
104- rasm. To‘siqlarni aylanib o‘tish.
a – to‘siqni qarama-qarshi tomoni ko‘rinadi; b – to‘siqning qarama-qarshi tomoni ko‘rinmaydi.
Ba’zi hollarda to‘siqning qarama-qarshi tomonida belgilangan oriyentir o‘rnini topish mushkul bo‘ladi. Shuning uchun oriyentirgacha to‘g‘ri chiqqanligini aniqlash uchun A nuqtada biron bir belgi (qoziq qoqib qo‘yish, daraxtga belgi qo‘yish) qoldirish lozim bo‘ladi.
V nuqtaga chiqqandan so‘ng A nuqtaga qarab teskari yo‘nalish azimutini aniqlash zarurdir. Aniqlangan yo‘nalish burchagi to‘g‘ri harakat yo‘nalishidan 180º farq qilishi kerak. Natija harakat yo‘nalishi azimutga mos kelganligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng harakat davom ettiriladi.
Agar to‘siqning qarama qarshi tomoni ko‘zga ko‘rinmas bo‘lsa (104-rasm b), u holda A nuqtaga chiqish tomoni aniqlanib, to‘siqni o‘tish joyi o‘rganiladi. Bundan keyin to‘siq chegarasi bo‘ylab to‘g‘ri chiziqli yo‘nalish burchagi kompas bilan magnit burchagi (225º) aniqlanib juft qadamlar soni bilan harakatlanish boshlanadi. To‘siq chegarasidagi B nuqtada to‘xtab, yo‘nalish harakati magnit azimuti aniqlanadi, bu yo‘nalish asosiy marshrut yo‘nalishiga (135º) mos kelishi lozim. Bu yo‘nalish bo‘yicha to‘siqdan chiqquncha (C nuqta) harakat davom ettiriladi. C nuqtada AB yo‘nalishiga parellel bo‘lgan harakat yo‘nalishi aniqlanadi, ya’ni AV yo‘nalishiga teskari bo‘lgan yo‘nalish azimuti (45º) aniqlanadi. CD yo‘nalish bo‘yicha harakatlanib
Dostları ilə paylaş: |