Mundarija. Kirish



Yüklə 391,09 Kb.
səhifə5/15
tarix02.06.2023
ölçüsü391,09 Kb.
#124140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Mundarija. Kirish

Yorug’likning sinishi. Tushayotgan nur, singan nur hamda ikki muhit chegarasidagi, nurning tushish nuqtasiga o’tkazilgan perpendikulyar bir tekislikda yotadi. Tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati shu ikki muhit uchun o’zgarmas kattalikdir.


Bu yerda n21 – ikkinchi muhitning birinchisiga nisbatan nisbiy sindirish ko’rsatkichi. Burchaklarni belgilashdagi indekslar yorug’lik nuri qaysi muhitda harakatlanayotganligi ko’rsatadi. Ikki muhitning nisbiy sindirish ko’rsatkichi ularning absolut sindirish ko’rsatkichlarining nisbatiga teng.




2.Geometrik optika qonunlari.Yorug’likning sinishi va qaytishi.

Geometrik optika - optikaning yorugʻlik nurlari haqidagi tasavvurlar asosida optik nurlanish (yorugʻlik)ning tarqalish qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimi. G. o. qonunlari manbadan chiqayotgan yorugʻlikning toʻlqin uzunligi atrofdagi narsalarning oʻzlariga xos oʻlchamlaridan koʻplab marta kichik boʻlgan holdagina oʻrinli boʻladi. Bu holda yorugʻlik nuri degan taxminan tushunchani ishlatish mumkin. Yorugʻlik nuri sifatida yorugʻlik energiyasi oqimi tarqalayotgan chiziq tushuniladi. Hyp diafragmalar yordamida hosil qilinadi. Deyarli yoyilmasdan tarqaluvchi yorugʻlik nuriga misol qilib lazer nurini koʻrsatish mumkin.
Mustaqil tarqaluvchi yorugʻlik nurlari haqidagi tasavvur qad. dunyo fani davridayoq vujudga kelgan edi. Yunon olimi Evklid nurning toʻgʻri chiziqli tarqalish va yorugʻlikning koʻzgudan qaytish qonunini kashf qildi. 17-asrda bir qator optik asboblar (kuzatish trubasi, teleskop, mikroskop va b.) kashf qilinishi va ularning keng qoʻllanishi munosabati bilan G. o. juda tez rivojlana boshladi. Shu davrda golland matematigi V. Snell va R. Dekart tomonidan yorugʻlik nurlarining ikki muhit chegarasida sinish qonunlari tajriba asosida kashf qilindi. 17-asr oʻrtalaridayoq fransuz olimi P. Ferma G. o.ning asosiy prinsipini quyidagicha ifodalagan edi: ikki nuqta orqali oʻtuvchi yorugʻlik nuri shu nuktalar oraligʻida eng qisqa vakt ketadigan yoʻl boʻylab yuradi. 18-asrdan boshlab optik sistemalarining hisoblash usullari takomillasha borgan sari G. o. amaliy fan sifatida rivojlana bordi.
G. o.da ozgina tushuncha va qonunlar (yorugʻlik nuri toʻgʻrisida tasavvur, yorugʻlikning qaytishi va sinishi qonunlari)ga asoslanib, koʻpgina muhim amaliy natijalarni olish mumkin.



Yüklə 391,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin