Mundarija. Kirish



Yüklə 391,09 Kb.
səhifə1/15
tarix02.06.2023
ölçüsü391,09 Kb.
#124140
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Mundarija. Kirish


Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
1.Yorug’lik haqida tushuncha.
2.Geometrik optika qonunlari.Yorug’likning sinishi va qaytishi.
3.Yorug’lik dispersiyasi.
4.Yorug’lik hodisalariga oid 1 soat dars ishlanmasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

MUNDARIJA.
Kirish..................................................................................................................
1. Yorug’lik haqida tushuncha................................................................
2.Geometrik optika qonunlari.Yorug’likning sinishi va qaytishi.........................................................................................................
3. Yorug’lik dispersiyasi...........................................................................
4. Yorug’lik hodisalariga oid 1 soat dars ishlanmasi……………………
Xulosa................................................................................................................ Foydalanilgan adabiyotlar................................................................................
Glosariy……………………………………………………………………..………

Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
Respublikamizda «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning amalga oshirilayotganligi munosabati bilan umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi fizika ta’limi mazmunining yangilanishi, ularning yangi laboratoriya sinflari, yangi laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanishi, ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish fizika o’qituvchilariga alohida mas’uliyat yuklamoqda. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida” gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limini yanada rivojlantirish uchun quyidagi talablar belgilab berilgan:
-akademik litsey, kasb-hunar maktablari va texnikumlar faoliyat ko`rsatishining normativ ba’zalarini ishlab chiqish va joriy etish;
-soha uchun oliy ta`lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
-o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi davlat standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
- o`rta maxsus, kasb –hunar ta`limi o`quv muassasalari uchun ta`lim va kasb-hunar dasturlari, o`quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;
-akademik litseylarning o`quvchilari mehnat faoliyati ko`nikmalarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish;
-kasb–hunar maktablarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan kasb- hunar, malaka talablarining ro`yxatini ishlab chiqish;
-akademik litseylar, kasb-hunar maktablari va texnikumlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Yuqorida sanab o`tilgan talablarning bajarilishi ta’lim tizimimizning o`rta bosqichida sezilarli darajada o`zgarishlarning vujudga kelishiga sabab bo`ladi, desak adashmagan bo`lamiz. Shuni ham ta’kidlab o`tish lozimki, biz oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalardan yuqori saviyani talab qilar ekanmiz, avvalo, ta’limning quyi va o`rta bosqichlariga yetarli darajada e’tibor berishimiz kerak. Umumiy o`rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida, akademik litseylarda, boringki, kasb – hunar maktablari va texnikumlarda berilayotgan ta’lim – tarbiya o`z faoliyatini professional ta’limda davom ettirmoqchi bo`lgan har bir o`quvchi uchun yetarli darajada bo`lsin, ya’ni maktab, akademik litsey, kasb – hunar ta’limi o`quvchilari uchun tuzilgan darsliklarda berilgan ma’lumotlar o`z navbatida oliy ta’limda mantiqiy izchillikda davom etsin. Aytmoqchimizki, ta’limning quyi va o`rta bo`g`inlarida berilayotgan bilimlar oliy bo`g`in uchun mos bo`lsin. Ana shunday bilimlardan biri fizika fanining yorug`lik hodisalariga oid bo`limida o`rganiluvchi “Yorug`likning to`lqin – zarra dualizmi” mavzusida o`z aksini topgan. Bu mavzuga doir ma’lumotlarni berish orqali biz o`quvchilar tasavvurida olamning yanada kengroq manzarasini yaratishimiz mumkin. Biz quyida ushbu mavzuni imkon darajasida batafsilroq yoritishga va iloji boricha ilmiy – ommabop tarzda yozishga harakat qildik. Zero, kurs ishimiz bilan tanishib chiqqan oddiy maktab o`quvchisi ham berilgan ma’lumotlarga tushuna olsin va o`zi uchun yangi bilimlarni kashf etsin.

Yüklə 391,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin