Mundаrijа kirish


-§ Tumanning turistik salohiyati va uni rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 10,75 Mb.
səhifə25/30
tarix20.10.2023
ölçüsü10,75 Mb.
#158048
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Tillayev Doniyor Mavrutali o`g`li (2)

3.2-§ Tumanning turistik salohiyati va uni rivojlantirish istiqbollari

Namangan viloyati Pop tumani Chodak qishlog‘ida zamonaviy mehmonxona va dam olish maskani qurilish ishlari olib borilmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, 2 gektar maydonni egallaydigan 120 o‘rinli dam olish maskanini qurish loyihasi 800 ming AQSh dollarini tashkil etib, shundan 400 ming AQSh dollari chet el investitsiya mablag‘i hisobidan, qolgan qismi tadbirkor ulushidan quriladi. Loyiha amalga oshirilgach 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Xorijiy hamkor - Rossiya kompaniyasi rahbari Dilshodjon To‘raxo‘jayevning ta’kidlashicha, turizm va mehmonxonalar bazasi yil sayin o‘sib, ko‘ngilochar industriya bilan bir qatorda daromad, foyda manbaiga va xizmat ko‘rsatish sohasiga aylanmoqda. Kompaniya mijozlarga nafaqat turar joy va ovqatlanish imkoniyatlarini, balki transport, aloqa, diqqatga sazovor tabiat go‘shalari va tibbiy, sport xizmatlari, go‘zallik salonlari hamda boshqa xizmatlarni ham taklif etadi.


Ayni paytda 200 ming AQSh dollari miqdorida bevosita tashqi investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilgan bo‘lib, ma’muriy bino va basseyn qurish ishlari yakuniga yetish arafasida. Hozirgi kunda hududda maxsus maydonchalar va asosiy inshootlar qurilishi davom ettirilmoqda. Maskan faoliyatini joriy yilning dekabr oyida boshlashi rejalashtirilgan. Keyingi bosqichda atrofda uy-joylar, bolalar bog‘chasi va boshqa ko‘plab xizmat ko‘rsatish markazlarini qurish ko‘zda tutilgan.

16-rasm. Chodak
Namanganning Pop tumanidagi Chodak qishlog‘i viloyatning Nanay, G‘ova, Parda Tursun kabi go‘zal va bahavo manzillaridan. Yoz oylari bu yerdan mehmonlarning qadami arimaydi. Shu sababli bu hudud haqida ko‘pchilik eshitgan, biladigandek tasavvur uyg‘onadi. Biroq Chodakning hali o‘rganilmagan qirralari, ochilmagan sirlari ko‘p.
Chodakning tarixi bir necha ming yilga borib taqaladi. Shu ma’noda bu yerni Namangan viloyatining eng ko‘hna manzillaridan biri sifatida e’tirof etish mumkin. Qamchiq dovoni yaqinida o‘rnashgan qishloq nomi “joyitag”, ya’ni “pastlikdagi hudud” atamasidan kelib chiqqani aytiladi.
Chodakda zardo‘shtiylik va islom dini bilan bog‘liq joylar ko‘p. Bu yerdagi “Chir-chir momo”, Ismoil Atoiy, Bobo Yusuf Hamadoniy ziyoratgohlari, Shayx Sulaymon Mahjur maqbarasi, Podsho Xo‘ja mozori, Mug‘xona, “Kelinchak tosh” obidalari uzoq yillik tarixdan so‘zlaydi.




Yüklə 10,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin