Mundаrijа kirish


-rasm Namangan viloyati (Chodak) dam olish maskani manzaralar osma taxta guluston ko'prik



Yüklə 10,75 Mb.
səhifə26/30
tarix20.10.2023
ölçüsü10,75 Mb.
#158048
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Tillayev Doniyor Mavrutali o`g`li (2)

17-rasm Namangan viloyati (Chodak) dam olish maskani manzaralar osma taxta guluston ko'prik 



18-rasm Chodakning betakror tarovati



19-rasm Chodak qishlog‘idagi mug‘xona deb ataladigan tosh kulbalar

20-rasm. Pop tumanidagi rekreatsion-turistik obyektlar
Bugungi kunda Chodak tarkibida 9 ta mahalla bo‘lib, ularda aksariyati tojik millatiga mansub 30 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Qishloqning hududi katta, shunga yarasha aholisi ham zich. Buni quyidagi raqamlardan ham anglasa bo‘ladi: Pop tumani Namangan viloyati hududining qariyb yarmini tashkil etadi. Chodak esa shu ulkan hududning uchdan biriga teng.
Namanganning Pop tumanidagi Chodak qishlog‘i viloyatning Nanay, G‘ova, Parda Tursun kabi go‘zal va bahavo manzillaridan. Yoz oylari bu yerdan mehmonlarning qadami arimaydi. Shu sababli bu hudud haqida ko‘pchilik eshitgan, biladigandek tasavvur uyg‘onadi. Biroq Chodakning hali o‘rganilmagan qirralari, ochilmagan sirlari ko‘p.
Pop tumanida har bir kvadrat kilometrga 76 kishi to‘g‘ri kelsa, Chodakda bu ko‘rsatkich 2943 kishini tashkil etadi. Ya’ni bu yerda aholi tumanning boshqa hududlariga nisbatan 20—30 barobar zich joylashgan.
Qishloq aholisi, asosan, dehqonchilik, chorvachilik va mehmonlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanib keladi. Pop tumanida bugungi kunda 152 ta oilaviy mehmon uyi rasman faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ularning 148 tasi Chodakda joylashgan
Gulbahor Bahorova Chodakning “Guliston” mahallasidagi “Duob” oilaviy mehmon uyi ish yurituvchisi. Bu yerdagi 6 ta xona oldidagi so‘rilari bilan birga mehmonlar ixtiyorida.
O‘tmishi boy va go‘zal bo‘lgan Chodak oxirgi yillarda biroz e’tibordan chetda qolgan edi. Shu sabab bu manzildan murojaat va e’tirozlar ko‘p bo‘lgan. Hozirgi kunga kelib munosabat va manzara butkul o‘zgardi. Joriy yil aprel oyida hatto hukumatning Chodakni rivojlantirish bo‘yicha maxsus qarori ham qabul qilindi.
Qoʻqon shahridan 51 km uzoqlikdagi Fargʻona vodiysining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan Chodak turistik-rekreatsion manzilgohi Namangan viloyatining Nanay, Gʻova, Parda-Tursun kabi turistik zonalaridan biridir. Chodak oʻzining bogʻlari, yongʻoqzorlari, soy va buloqlari bilan birga goʻzal tabiati, tarixiy va diniy turistik obyektlari bilan vodiy hududida alohida oʻrin egallaydi.
Chodak turistik-rekreatsion manzilgohi oʻrtacha yillik harorat 11.6°C va 50-60 mm yogʻingarchilik boʻlib, yozi salqin, qishi iliq. Zonada may oyidan boshlab oktyabr oyigacha dam oluvchilar uchun qulay rekreatsion sharoit mavjud.
Oʻrtacha balandlikdagi togʻ iqlimiga mos ravishda tabiiy turdagi oʻsimlik va hayvonot dunyosi tarqalgan. Soylik atrofi madaniy oʻsimliklar bilan qoplangan.Chodak turistik-rekreatsion manzilgohi 150 ga yaqin buloqlar mavjud boʻlib, ular aholining maishiy talablarini qondirish uchun ishlatiladi [58].
Chodak manzilgohida shimolidan janubga tomon Oqtepa, Boynazarsoy, Boyliqsoy, Burraxona kabi 30 dan ortiq soylar oqib tushadi. Gidrografik tarmoqlarning umumiy uzunligi 500 km dan ortiq. Chodakda zardushtiylik va islom dini bilan bogʻliq boʻlgan tarixiy va diniy maskanlar: “Chir-chir momo”, Ismoil Atoiy mozori, Bobo Yusuf Hamadoniy (Oq mozor) ziyoratgohlari, Shayx Sulaymon Mahjur (Shayxi Zinda Ali) maqbarasi, Podsho Xoʻja mozori, Mavlono Lutfullo, Mugʻxona, “Kelinchak tosh” obidalari turistik obyekt boʻla oladi.
Chodakda koʻngilochar gidrografik obyektlardan “Sharshara 1,2,3,4” dam olish maskanlari yilning iyun-avgust oylarida sayyohlar bilan gavjum. Mahalliy togʻ jinslaridan foydalanib tashkil etilgan 50 ga yaqin qadimiy “Mugʻxona”lar ham uning tabiiy geografik jihatlaridan biridir. Lekin turistlar xavfsizligini taʼminlash masalalari hanuzgacha oʻz yechimini topmagan. Qishloq aholisi, asosan, dehqonchilik, chorvachilik va mehmonlarga xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanib keladi. Pop tumanida bugungi kunda 152 ta oilaviy mehmon uyi rasman faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa, ularning 97 foiz qismi Chodakda joylashgan.
Chodak turistik-rekreatsion manzilgohi uchun xos muammolar: avtomobil transport yoʻllarining torligi va aksariyat qismining qattiq qoplamaga ega emasligi, sayyohlarga xizmat koʻrsatuvchi Labo va Ural mototsikllarida sayyohlarga xizmat koʻrsatilayotganligi, aloqa va internet tizimining cheklanganligi, chiqindilarni tashlash va joylashtirish masalalari hal etilmaganligi, toza ichimlik suvi quvurlarining yoʻqligi, kanalizatsiyaning yoʻqligi, mahalliy aholini oʻzining kichik oʻlkasi haqidagi maʼlumotlarga ega emas.
Tog‘lar bag‘ridagi Parda Tursun qishlog‘iga sayohat. Parda-Tursun turistik maskani Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan. Maskan atrofi togʻlar bilan oʻralganligi sababli oʻziga xos tabiati bilan alohida ajralib turadi. Shimoldan janubga qarab oquvchi Kenkulsoy, Sasivarsoy, Kasaraksoy, Islik, Sulubuloq, Ingichka kabi soylar, 30 ga yaqin buloqlar dam oluvchilarni oʻziga tortuvchi maskanlarni vujudga keltirgan. Balandligi 1200-2000 m ni tashkil etadi. U oʻzining koʻrkam tabiati, toza havosi, hosildor bogʻlari bilan kishini maftun etadi. Bu yerda pishib yetilgan meva-sabzavotlar gʻoyat mazali va shifobaxsh hisoblanadi. Bu yerdagi bogʻlar dam oluvchilarni yil boʻyi oʻziga chorlab turadi.

Yüklə 10,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin