Manba: Pop tumani statistika bo‘limi
Joriy davrda import qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibi tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida amalga oshirilgan importning umumiy hajmiga nisbatan kimyo mahsulotlari va buyumlari importining ulushi 29,6 % ni, rangli metallar importining ulushi 0,2 %, qora metallar importining ulushi 7,2 % ni, energiya manbalari va neft mahsulotlar importining ulushi 1,0 % ni, mashina va uskunalar importining ulushi 25,7 % ni, oziq-ovqat mahsulotlari importining ulushi 26,9 % hamda boshqa turdagi mahsulotlar importining ulushiesa 9,4%ni tashki etdi. 15-rasm Pop tumanining import tarkibi. (2021- yil yanvar-dekabr oylarida, % da.)Manba: Pop tumani statistika bo‘limi
Chakana savdo tovar aylanmasi 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 1 327,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,8 % ni tashkil qildi.
Yirik korxonalarning chakana savdo tovar aylanmasi (umumiy ovqatlanishni qo‘shgan holda) 62,9 mlrd. so‘mni tashkil qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 4,7 % ni tashkil qildi.
Kichik biznes korxonalarining tovar aylanmasi 773,5 mlrd. so‘mni tashkl qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 58,3 % ni tashkil qildi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 324,4 mlrd. so‘mni tashkil qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 24,4 % ni tashkil qildi.
Umumiy tovar aylanmasi hajmining 167,0 mlrd. so‘mi uyushmagan savdo tovar aylanmasi hisobiga to‘g‘ri keldi. Ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasi hajmidagi ulushi 12,6 % ga teng bo‘ldi.
12-jadval
Ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi hajmi