Mundаrijа kirish


-§ Tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolari



Yüklə 10,75 Mb.
səhifə28/30
tarix20.10.2023
ölçüsü10,75 Mb.
#158048
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Tillayev Doniyor Mavrutali o`g`li (2)

3.3-§ Tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolari
va imkoniyatlari
Pop tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ining kelgusidagi taraqqiyoti quyidagi yondashuvlar bilan bevosita aloqador:
- aholi punktlari unda yashayotgan aholisonidan qatʼiy nazar ularni shaharsozlik meʼyorlari asosida rivojlantirish talab etiladi;
- qishloq joylarni landshaft va iqlim sharoitlariga koʼra rejalashtirish maqsadga muvofiq;
- aholiga servis va xizmat koʼrsatish sifatini yanada yaxshilash asosida qishloq aholisining bandlik va turmush darajasini oshirish;
- tuman aholisiga tibbiy xizmat koʼrsatish tizimini takomillashtirish ularning tibbiy madaniyatini oshirish, qishloqda taʼlim tizimi sifati va mazmunini yanada yaxshilash, qishloq joylarda taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mutahkamlash.
- elektr energiyasi bilan taʼminlovchi mavjud korxonalarni rekonstruktsiya qilish va yangilarini qurish hisobidan qishloqni kafolatlangan elektr energiyasi bilan toʼxtovsiz taʼminlash uchun sharoitlar yaratish;
Pop tumanida aholining dam olish va davolanish ehtiyojini hisobga olib sanatoriyalar infratuzilmasini shakllantirish lozim. Qolaversa, uni taraqqiy ettirishga yetarli shart-sharoit mavjudligini hisobga olgan holda turli masshtabdagi rekreatsion kartalarni yaratish respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga katta xissa qoʼshadi hamda aholining rekreatsiya madaniyatini oshirishga har tomonlama yordam beradi
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, Pop tumanida rekreatsiya-turistik resurslardan foydalanish bilan bir qatorda aholini dam olishga boʼlgan ehtiyojini eʼtiborga olib, mintaqa hududlarida sayyohlik, dam olish va sanatoriyalar infratuzilmasini rivojlantirish lozim. Qolaversa, uni taraqqiy ettirishga yetarli shart-sharoit mavjudligini hisobga olgan holda, rekreatsiya-turistik resurslarning barcha turlarini yoʼlga qoʼyish orqali aholining jismoniy, maʼnaviy sogʼlom boʼlishiga, ijtimoiy ahvolni yaxshilashga erishish mumkin.
Turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan rekreatsiya va turizm salohiyatidan yanada toʼliq, samarali foydalanish, rekretsiya, turizm tarmogʼini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish hamda ularni jahon bozorlarida targʼibot qilish, turizm sohasida Oʼzbekistonning ijobiy imejini shakllantirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʼyicha qoʼshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmoni hamda 6 fevraldagi “Kirish turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” Qarori, 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida” Qarorlari qabul qilindi. Koʼrinib turibdiki, ushbu qabul qilingan Farmon hamda Qarorlar mamlakatimizda ichki va tashqi turizmni yanada jadal taraqqiy etish barobarida Oʼrta Zarafshon havzasidagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojiga ham katta taʼsir koʼrsatadi.

Yüklə 10,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin