22
3.3-rasm. Tarmoqli ma`lumotlar modeliga misol
Relyatsion ma`lumotlar modeli. Ma‟lumotlarni relyatsion modeli
asosida munosabat tushunchasi yotadi. Munosabatni ikki o„lchamli
jadvallar yordamida tavsiflash qulay. Jadval tushunarli ko„rimli va inson
uchun oddiy. Munosabatlar to„plami ma‟lumotlarni saqlash uchun
ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga ular orasidagi bog„lanishlarni
modellashtirish imkonini beradi. Yuqorida ko`rib
chiqilgan ierarxik,
tarmoqli va boshqa ma‟lumotlarni tasvirlash usullarini shunday ikki
o`lchamli jadvalga keltirish mumkin. Bunday jadvallar quyidagi
xususiyatlarga ega bo`ladi.
1. Jadvalni har bir ma‟lumot elementi maydon hisoblanadi va
takrorlanuvchi guruhlar bo`lmaydi;
2. Barcha ustunlar bir jinslidir;
3. Har bir ustunga nom tayinlangan;
4. Jadvalda bir xil satr ikki marta uchramaydi;
5. Bunday jadvalda satr va ustunlar ixtiyoriy
tartibda qaraladi va
ixtiyoriy ketma-ketlikda ishlatilishi mumkin.
Yuqoridagi sanab o`tilgan ma`lumotlar modelidan tashqari hozirgi
kunda quyidagi ma`lumotlar modellari ham amaliyotga kirib kelmokda.
1. Ko`p o`lchamli ma`lumotlar modellari;
2. Ob‟ektga yo`naltirilgan ma`lumotlar modellari.
Shuningdek boshqa ma`lumotlar modellariga asoslangan har xil
tizimlar ham ishlab chiqilmoqda. Bular qatorida quyidagilarni sanash
mumkin.
1. ob‟ekt- relyatsion;
2.
semantik;
3. yo„naltirilgan;
Ta`minlovchi
Mahsulot
Baholash
Sotib olishga
buyurtma
Tovar partiyasi
23
4. konseptual va boshqalar.
Ulardan ba‟zilari bilimlari bazasi va dasturlash tillarini
integratsiyalashga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda axborot tizimlarini loyihalash xilma–xil usullari
mavjud. Umuman olganda, axborot tizimlarini dasturiy ta‟minotini
yaratish interaktiv xarakterga ega. Axborot
tizimlarini loyihalashni
asosiy bosqichlari va ular orasidagi bog„lanish 3.4rasmda keltirilgan:
3.4-rasm. Ma`lumotlar bazasini loyihalashning asosiy bosqichlari
PS – predmet soha;
ILM – infologik model;
DLM – datalogik model;
MFM – ma‟lumotlarni fizik modeli;
AT – axborot tizimi.
AT loyihalashni 1 – bosqichida predmet sohasida mantiqiy axborot
tuzilmasini quramiz. U PS ni va foydalanuvchini talablarini o„zida
mujassamlashtiradi. Bunda biz aniq MBBTga bog„lanmagan ravishda bu
ishlarni bajaramiz, Ya‟ni PSni axborot-logik tavsifi bajariladi. Bu
bosqich infologik model qurish bosqichi deb ataladi. MBBT vositasi
yordamida ma‟lumotlarni mantiqiy bog„lanishlarini
tashkil qilish
ma‟lumotlar bazasini DLM ini bildiradi. Bu model yordamida
ma‟lumotlar elementlari orasidagi mantiqiy bog„lanishlarni aks ettiradi.
DLMni ma‟lumotlarni saqlash muhiti bilan bog„laydigan bosqich
ma‟lumotlarni fizik modeli deyiladi.
Hozirgi kunda PSni tavsiflash uchun ko„p usullar mavjud. Shulardan
biri ob‟ekt-aloqa usulidir. Bu usulni ba‟zan Ulman – CHen usuli ham
deyiladi.
PSni
mohiyat-aloqa
usulida
tavsiflaganda
quyidagi
bosqichlarda ish olib boriladi:
ILM
DLM
MFM
AT versiyalari
Talabalar
tahlili
24
1. PS ni ob‟ektlari aniqlanadi;
2. Ob‟ekt sohalari (atributlari) belgilanadi
va uning kalit parametri
aniqlanadi. Kalit parametri ob‟ektni identifikatsiyalaydi;
3. Ob‟ektlar o„rtasida aloqa o„rnatiladi va ular sinflarga ajratiladi;
4. Maxsus belgilar kiritilib, ob‟ekt aloqa diagrammasi o„rnatiladi.
Bu diagramma PS ning infologik modeli grafik tasviri hisoblanadi.
ER modeli ma'lumotlarni quyidagicha tavsiflaydi:
1. Ob‟ektlar va ob‟ektlar majmui
2. Aloqa va munosabatlar majmui (Relations).
3. Xususiyatlar (Attributes), Ob'ekt va munosabatlarni tavsiflovchi
xususiyatlar
ER modeli ob‟ektlar majmuasini ifodalaydi. Lekin ob‟ektlar ularning
atributlari bo'yicha tavsiflanadi.
Dostları ilə paylaş: