32
Har bir munosabatda kortejlar identifikator kalitiga ega bo„lishi
kerak. Kalit quyidagi ikkita xossaga ega bo„lishi kerak:
1. Kartej kalit qiymati bilan bir qiymatli ifodalanishi kerak;
2. Kalitda ortiqchalik bo„lmasligi kerak. Bu degani hech qanday
atributni kalitdan olib tashlash mumkin emas.
Relyatsion
ma`lumotlar
bazasida
axborotlarni
ortiqchaligini
normallashtirish yo„li bilan kamaytiriladi. Jadvallar ustida har xil
amallar bajarish mumkin. Amallarga quyidagilar kiradi:
To„plamlar ustida birlashtirish, kesishuv, ayirma, dekart ko„paytma
va bo„lish amallari kiradi.
Maxsus relyatsion amallar, ularga: proeksiya, birlashtirish, ajratish
(tanlab olish) amallari kiradi.
Munosabatlar ustida amalni bajarish uchun ishlatiladigan tillarni ikki
sinfga ajratish mumkin:
a) Relyatsion algebra tillari;
b) Relyatsion hisoblash tillari.
Munosabatlar o„z mazmuniga qarab ikki sinfga ajratiladi:
a) Ob‟ektli munosabatlar;
b) Bog„lanuvchi munosabatlar;
Ob‟ektli munosabatlarda ob‟ektlar haqidagi munosabatlar saqlanadi.
Masalan, talaba munosabati. Bog„lanish munosabatlarida asosan,
ob‟ektli munosabatlarning kalitlari saqlanadi. Kalit atributlari oddiy va
murakkab bo„lishi mumkin. Agar kalit ikkita va undan ortiq atributdan
tashkil topgan bo„lsa, murakkab hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: