Mundarija kirish



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix04.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#93064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


1.2. Sun‘iy intelekt insoniyatga nima beradi?

Odatda, robotlar deganda, ko‘pchilikning ko‘z oldiga insonlardek gaplasha 


oladigan, ularning o‘rniga barcha yumushlarni bajara oladigan yordamchilar keladi. 
Ammo bu nisbatan kengroq tushuncha. Aslida, mobil qurilmangizdagi dasturlar: 
google-tarjimon, lug‘atlar, turli xil o‘yinlar va hokazolar ham sun’iy intellektga 
yaqqol misol bo‘la oladi. Faqat ularning qamrovi kichikroq bo‘lib, ma’lum bir 
yo‘nalishdagina sizga yordam bera oladi. Ya’ni, bajarmoqchi bo‘lgan amallaringiz 
turiga qarab tegishli dasturdan foydalanasiz. 
Hozirda SI turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy 
tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning 
uddasidan chiqa oladi. 
1990-yillarda SI taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997-yilda Deep Blue 
nomli IBM kompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni 
yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo‘ldi. SIning yorqin namunalaridan yana biri – 
IBM Watson superkompyuteri bo‘lib, u o‘z bazasidan kelib chiqib muayyan tilda 
berilgan savollarga javob beradi. Shuningdek, ko‘pchilikning doimiy hamrohiga 
aylanib ulgurgan mobil yordamchi Siri, fotosuratlarni qayta ishlovchi Prisma kabi 
dasturlarni SIning yutuqlaridan biri sifatida qayd etish mumkin. Hozirga kelib sun’iy 
intellekt keng ko‘lamda ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha 
jabhalarini qamrab olmoqda. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank 
kartalarining keragi yo‘q. Hisob-kitoblar bilan bog‘liq barcha jarayonlar sun’iy 
intellekt tomonidan insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi. 
SI haqidagi bahs-munozaralar qariyb 50 yildan beri davom etib kelmoqda. 
Mutaxassislar hanuzgacha bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Ba’zilar ularning 
ommalashib odamlar o‘rnini egallab borayotgani natijasida ommaviy ishsizlik 
ko‘rsatkichlari oshib ketishi mumkinligidan tashvishdalar. 
Mutaxassislarning boshqa bir guruhi esa SIga ijobiy munosabatda bo‘lish 
kerakligini uqtirishmoqda. Hatto IT- sohasidagi milliarderlar orasida ham turli 
qarashlar mavjud. Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask SIning butun boshli 


sivilizatsiyani barbod qilishiga ishonchi komil. Maskning fikricha, “SI insoniyat 
sivilizatssiyasi uchun asosiy xavfdir. SI mehnat bilan bog‘liq ommaviy 
muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, robotlar hamma ishni bizdan ko‘ra 
yaxshiroq bajara olishadi. Ilg‘or texnologiyalar ortidan quvish natijasida, 
kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-xatarni ko‘rmay 
qolishlari mumkin”. Shuningdek, Microsoft rahbari Bill Geyts ham uning zarariga 
to‘xtalib o‘tadi. 
“Bir necha o‘n yildan so‘ng, robotlar ishning katta qismini bajara boshlagach, 
SI shu qadar kuchayib ketadiki, yakunda u bizni xavotirga sola boshlaydi. Bu borada 
Ilon Maskning fikriga qo‘shilaman. Ammo nega bu savol boshqalarni 
tashvishlantirmayotganiga hech tushunolmayman”, – deydi Geyts. “Boshqalar” 
deganda Geyts Facebook egasi Mark Sukerbergni nazarda tutgan bo‘lsa, ajab emas. 
Chunki, Mark SIga nisbatan ijobiy munosabatda ekanligini bildirar ekan: “Yangi 
texnologiyalar har doim ham yaxshilik yoki yomonlik qilish maqsadida yaratilishi 
mumkin. SIning keng tarqalishi ortidan keladigan ijobiy natijani esa, yaqin 5-10 yil 
ichida ko‘ramiz”, deya Ilon Maskning fikriga e’tiroz bildirgan edi. 
Bugungi kunda ayrim davlatlarda robot-hamshiralar, xaydovchisiz transport 
vositalari, buyurtmani yetkazib beruvchi dronlar xizmatidan foydalanish yo‘lga 
qo‘yilgan. Hatto politsiya xodimlarining ba’zi vazifalarini ham maxsus robotlar 
bajarishyapti. Olimlar ularning tashqi ko‘rinishini imkon qadar odamlarnikiga 
o‘xshatishga urinishmoqda. 
Bundan tashqari, SI jurnalistlarning doimiy ko‘makchisiga aylanib ulgurgan. 
Masalan, Associated Pressda “ishlayotgan” robotlar moliyaviy hisobotlarni yozib 
boradi. SIning qo‘llanilishi ushbu nashrda har chorakda beriladigan yangiliklarni 
300 tadan 4400 taga oshirdi. Swiss Re sug‘urta kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 
2024-yilga kelib 4,7 mln aholi ishsiz qolishi mumkin. Shuningdek, ishsizlik 
g‘aznachilar, pochta xodimlari, hisobchilar va idora xizmatchilariga xavf solishi 
mumkinligi aytilgan. SI ularning vazifasini bemalol bajara oladi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin