O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA FAKULTETI
Magistratura bo’limi
Psixologiya yo’nalishi 21.01 A -guruh talabasi
Abdullayeva Muslimaxon Muzaffarxon qizining
Kognitiv psixologiya fanidan tayyorlagan
“
Sun’iy intellekt va inson idroki ”
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: M.Isaqova
Farg’ona- 2022
MUNDARIJA
KIRISH ...........................................................................................................3-7
I Bob. Sun’iy intellekt va inson idrokining o’rganishni nazariy asoslari
1.1 Sun‘iy intelektning rivojlanish tarixi.........................................................8-11
1.2. Sun‘iy intelekt insoniyatga nima beradi?................................................12-13
1.3. Sun‘iy intelekt: fikrlaydigan mashinalar va ongli robotlar. …………...14-15
II BOB. Sun’iy intellekt va inson idrokining amaliy jihatdan o’rganilishi
2.1 Sun’iy intellekt va inson idrokining amaliy jihatdan o’rganishda Alan Tyuring
testining ahamiyati........................................................................................16-24
Xulosa.......................................................................................................25-26
Tavsiya......................................................................................................26-27
Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................27-33
Ilova
Kirish
Tadqiqot ishining dolzarbligi: Sun’iy intellekt — informatikaning alohida
sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish,
muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega
kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi. Sun'iy intellekt (SI)
kompyuterlarga o'zlarining tajribalarini o'rganish, berilgan parametrlarga
moslashish va ilgari faqat odamlar uchun mumkin bo'lgan vazifalarni bajarish
imkonini beradi. SIni amalga oshirishning ko'p holatlarida - kompyuter
shaxmatchilaridan tortib uchuvchisiz transport vositalarigacha - chuqur o'rganish va
tabiiy tillarni qayta ishlash imkoniyati juda muhimdir. Ushbu texnologiyalar tufayli
kompyuterlarga katta miqdordagi ma'lumotlarni qayta ishlash va ulardagi naqshlarni
aniqlash orqali muayyan vazifalarni bajarishga "o'rgatish" mumkin.
Bugungi kunda ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning jadal
rivojlanishi jamiyat hayotining barcha sohalarida taraqqiyotining yangi istiqbollarini
ochib berdi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 17.02.2021
yildagi «Sun’iy intellekt teхnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar
yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2021-2022 yillarda sun’iy intellekt teхnologiyalarini oʻrganish va
joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi, uning asosiy yoʻnalishlari
quyidagilar hisoblanadi:
Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish;
sun’iy intellekt teхnologiyalaridan keng foydalanish;
sun’iy intellekt sohasida innovatsion ishlanmalarning mahalliy ekotizimini
yaratish;
sun’iy intellekt teхnologiyalarini qoʻllovchi dasturiy ta’minot ishlab
chiquvchilariga raqamli ma’lumotlardan foydalanish uchun sharoit yaratish;
sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy ishlar va ishlanmalarning investitsion
jozibadorligini shakllantirish;
mahalliy korхonalar va mutaхassislarning sun’iy intellekt sohasidagi aхborot
resurslari va bilimlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
sun’iy intellekt va uni qoʻllash teхnologiyalari sohasida хalqaro hamkorlikni
rivojlantirish.
Loyihada quyidagi sohalarda sun'iy intellekt texnologiyalari qo‘llanishi ko‘zda
tutilgan:
Qishloq xo‘jaligi sohasida: yerni masofadan zondlash ma'lumotlari asosida
tuproq va qishloq xo‘jaligi ekinlari holatini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi,
shu jumladan, kombaynlar ishini monitoring qilishda;
Bank sohasida: tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish samaradorligini
oshirish, shuningdek, foydalanuvchilarni masofadan biometrik identifikatsiyalash
(Face-ID) va kredit risklarini baholashda;
Moliya sohasida: budjet xarajatlari, pensiya, ijtimoiy va sug‘urta to‘lovlari,
shuningdek, nafaqa to‘lovlarini tahlil qilish va samaradorligini oshirishda;
Transport sohasida: avtomobil harakatini va transportdagi tirbandliklarni monitoring
qilishda;
Sog‘liqni saqlash sohasida: inson o‘pkasining kompyuter tomografiyasi tahlili
asosida pnevmoniyani aniqlash hamda mammografiya tahlili asosida ko‘krak bezi
saratoniga ilk bosqichda tashxis qo‘yish uchun;
Prezident qaroriga ko‘zda tutilishicha, sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy
qilish va rivojlantirish departamenti tuzildi. Shuningdek, Sun'iy intellektni
rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma alyans tashkil qilinib, unga jami 200 milliard so‘m
mablag‘ ajratilishi belgilangan.
«Raqamli Oʻzbekiston – 2030» Strategiyasini amalga oshirish boʻyicha
muvofiqlashtirish komissiyasiga Dasturni hamda sun’iy intellekt teхnologiyalarini
tatbiq etish va qoʻllash bilan bogʻliq boshqa tashabbuslarni kompleks
muvofiqlashtirish yuzasidan javobgarlik yuklandi. Muvofiqlashtirish komissiyasiga
2021 yil 1 dekabrga qadar yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan Sun’iy intellektni
rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash uchun kiritish topshirildi. Aхborot
teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika
qoʻmitasiga 2021 yil 1 sentyabrga qadar mahalliy ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim
muassasalari hamda aхborot teхnologiyalari sohasidagi dasturchilar va
tashkilotlarga sun’iy intellekt asosidagi dasturiy ta’minotda foydalanish uchun
davlat va boshqa ma’lumotlar toʻplamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi
raqamli ma’lumotlar platformasini yaratish topshirildi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab grant asosida «Sun’iy intellekt» yoʻnalishi
boʻyicha kadrlar tayyorlash bosqichma-bosqich boshlanadigan oliy ta’lim
muassasalari va ilmiy tashkilotlar roʻyхati;
Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sun’iy
intellekt teхnologiyalarini amaliy qoʻllash boʻyicha oʻquv kurslari va fanlarini
joriy qilish koʻzda tutilgan oliy ta’lim muassasalari roʻyхati.
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab har bir oliy ta’lim muassasasiga yetakchi
хorijiy ekspert va olimlar sun’iy intellekt va uni qoʻllash teхnologiyalari sohasida
oʻqitishda ishtirok etish uchun jalb qilinadi. Shuningdek 2021 yildan boshlab sun’iy
intellekt sohasida stajyor-tadqiqotchilar hamda tayanch doktoranturada tahsil olish
uchun har yili 5 kishilik kvotani maqsadli ajratish nazarda tutiladi. Sun’iy intellektni
rivojlantirish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida, shuningdek
ushbu sohada normativ-huquqiy bazani tayyorlashda maslahatchi sifatida qatnashish
uchun «Sber» guruhining (Rossiya) yetakchi mutaхassislari va ekspertlari jalb
qilinadi.2021 yil 1 sentyabrgacha Ochiq ma'lumotlar portali faoliyati doirasida
davlat va boshqa ma'lumotlar to‘plamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi
raqamli ma'lumotlar platformasi yaratiladi.
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab 5ta OTMda grant asosida «Sun'iy intellekt»
yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash boshlanadi.
Bu sohadagi so’nggi yangiliklardan O’zbekistonda odamni yuzidan tanib
oluvchi kamerali sun’iy intellekt tizimi ishga tushiriladi. Senat raisi Tanzila
Norboyeva ichki ishlar organlari hodimlariga yuzni tanib olish va barmoq izini
aniqlash dasturiga ega planshetlar berilayotganini qo’llab-quvvatladi. “Ushbu tizim
jinoyatchi, qochoq, bedarak yo’qolgan shaxslarni topishda qo’l kelishi dunyoda
isbotini topgan” dedi u.
Dostları ilə paylaş: |