Mundarija kirish


 Sun‘iy intelekt: fikrlaydigan mashinalar va ongli robotlar



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix04.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#93064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 


1.3. Sun‘iy intelekt: fikrlaydigan mashinalar va ongli robotlar. 
 
Intellekt tushunchasi ta'rif uchun bag‘oyat qiyin tushunchalar sirasiga kiradi. 
Uzoq asrlar davomida insoniyatning eng zehni o‘tkir ilm peshvolari intellektning 
aynan nima ekanligi haqida muttasil ilmiy-falsafiy munozaralar yuritib kelishgan. 
Lekin bundayin ilmiy bahslar qanchalik darajada keskin yoki murakkab bo‘lmasin, 
ularda o‘ziga xos mutlaq yakdillik bor edi: intellekt - insongagina xos bo‘lgan oliy 
tushuncha o‘laroq qaralardi. Basharti, biror adabiy yoki fantastik asarda insondan 
o‘zga mavjudot yoki narsaning ong va tafakkur sohibi bo‘lishi, qisqacha aytganda - 
intellektga egaligi haqida gap borsa hamki, bu o‘z nomi bilan badiiy to‘qima yoki, 
fantastik uydirmadan nariga o‘tmagan. Suqrotdan boshlab, Eynshteyngacha bo‘lgan 
davrlarda hatto eng yuksak zakovatli olimlarda ham intellektning sun'iy bo‘lishi 
mumkinligi haqida jo‘yali jiddiy ilmiy fikrning o‘zi bo‘lgan emas. 
Biroq, XX-asrning dastlabki choragidan boshlab vaziyat butunlay o‘zgardi. 
Aniqrog‘i, insoniyat o‘z xizmati uchun elektron hisoblash mashinalari - 
kompyuterlarni joriy qila boshlar ekan, intellekt masalasidagi bahslar ham yangi 
o‘zanga burildi. Insoniyat o‘z qo‘li bilan yaratilgan intellektual mashinalar - 
kompyuterlar, robotlar va boshqa shunga o‘xshash mexanik-elektronik tizimlar 
tomonidan muayyan intellektual salohiyat taqozo etuvchi masalalarni mustaqil hal 
etishi, o‘zi qaror qabul qilishi va vaziyatga qarab o‘z hatti-harakatlarini 
muvofiqlashtira olishi mumkinligi kabi intellektual "hislatlari" bilan yuzma-yuz 
keldi. O‘shanda ilk bora intellektning yasama shakli, ya'ni - sun'iy intellekt haqidagi 
bahslar o‘rtaga chiqqan edi. Keling, ushbu maqolada biz ham yana bir bora o‘sha 
muhim va qiziq masalaga - sun'iy intellekt masalasiga murojaat etib ko‘ramiz. 
Avvalo "sun'iy intellekt" tushunchasining o‘zi haqida. "Sun'iy" so‘zining ma'nosi 
ayon: u kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy bo‘lmagan narsani, ya'ni, inson qo‘li bilan 
yaratilgan narsalarni nazarda tutadi. "Intellekt" so‘zini esa bundayin oson 
ta'riflashning imkoni yo‘q. Lug‘atlarda uning ma'nosi juda xilma-xil beriladi. 
Masalan, intellektni "qaror qabul qila olish qobiliyati", "anglash qobiliyati" kabi 
qisqa va lo‘nda ta'riflaridan tashqari, "bilish, idrok qilish va tahlil asosida, hamda, 


yig‘ilgan tajriba hamda ko‘nikmalar vositasida yangi vaziyatlarga moslasha olish" 
kabi uzundan uzoq ta'riflari ham bor. Ilmiy atama holidagi "sun'iy intellekt" 
tushunchasi esa ilk bora 1956-yilda, Stenford universitetida o‘tkazilgan ilmiy 
anjumanda inglizcha "artificial intelligence" (AI) tarzida ilm-fanga taklif qilingan 
edi. Shundan buyon mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik orasida mustahkam 
o‘rnashib qoldi. 
Aytib o‘tganimizdek, sun'iy intellekt borasidagi jiddiy munozaralar ilk 
EHMlarning paydo bo‘lishi bilan ibtido oladi. Lekin yanada teranroq nazar 
tashlasak, intellektual masalalarni hal qilish vazifasini insondan boshqa obyetklarga 
yuklashga qaratilgan urinishlar ancha avvalroq - Paskal va Leybnitslar davridan 
boshlangan. Chunonchi Leybnits 1672-yilda mashhur golland olimi Gyugens 
huzurida mehmonda bo‘ladi va uning kun tartibining katta qismini, ilmiy 
tadqiqotlarning faqat matematik jihatiga tegishli bo‘lgan murakkab hisob-kitoblarni 
qo‘lda bajarish amaliyoti band qilayotganini ko‘radi. Leybnits Gyugensga achinish 
bilan shunday yozgan edi: "Bu shunday ajoyib odamlarga nomunosib holat; U 
boshqalarga, masalan, mashinaga ishonib topshirish mumkin bo‘lgan hisoblash 
ishlarini xuddi qullar kabi, o‘zi bajarmoqda...". E'tibor bering: Leybnits "qullar kabi" 
iborasini qo‘lladi. U uzundan-uzoq va hajman ulkan murakkab matematik hisoblash 
amallarini olimning qimmatli vaqtini band etmasdan, biror mashinaga topshirish 
mumkinligi va bu orqali olimning diqqat-salohiyatini ilm-fanning boshqa, yanada 
dolzarb masalalariga yo‘nalitirshga erishish kerakligini o‘ylab qolgan edi. Leybnits 
tez orada - 1694-yilda "arifometr" deb nomlangan o‘zining mexanik hisoblash 
mashinasini tayyorladi va uni ilm-fan namoyondalariga havola etdi. Shu tarzda, 
Paskal va Leybnits mashinalari mohiyatan intellektual masalalarni hal etishga qodir 
ilk sun'iy vositalar o‘laroq tarixga kirdi. Lekin ularni sun'iy intellektga ega 
mashinalar deb bo‘lmasdi. Chunki ular eng sodda arifmetik amallarni bajara olardi 
xolos. Ammo nima bo‘lganda ham, inson shu choqqacha istisnosiz ravishda faqat 
o‘zigagina xos bo‘lgan ongi, bilimi va tafakkuriga tayanib hal qilib kelgan 
intellektual masalalarni endilikda o‘zidan boshqa "birovga" - mashinaga topshirish 
uchun ilk qadamlar tashlangandi... 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin