Mundarija mavzu: kolloborativ ta’lim texnologiyasi reja: kirish i-bob. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalarining mazmun – mohiyati



Yüklə 64,03 Kb.
səhifə2/12
tarix22.12.2023
ölçüsü64,03 Kb.
#189251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mundarija mavzu kolloborativ ta’lim texnologiyasi reja kirish -www.hozir.org

Kurs ishi maqsadi. Biror metodni qo’llashdagi harakatni amalga oshirish ko’rinishi deb shu harakatni batafsil tasvirlovchi ko’rinishga aytiladi. Bunda harakatning kuzatiladigan o’zgarishlari, vaziyatlari, tezligi va uning ortishi yoki sekinlashuvi, to’xtashlari, bir nechta harakatlarning bir vaqtdaligi yoki ularning vaqt oraliqlari, harakatlar natijasi, amaliy ishlar bajarish mashulotlarida esa, ishlov berilayotgan shakllar, fazoviy xolatlar, ranglar, qattiq-yumshoqlik, sirtlarning tekisligi yoki adir-budurligi o’zgarishlari va boshqa kuzatish mumkin bo’lgan turli harakat ko’rinishlari nazarda tutiladi.
Kurs ishi vazifasi. Inson faoliyatining barcha sohalarida tegishli metodlardan foydalaniladi. Bu metodlarning eng umumiy belgisini hisobga olgan holda ularni borliqni amaliy yoki nazariy o’zlashtirish operastiyalarining yoki yo’llarining yiindisi deyish mumkin. Ushbu qo’llanmada metod tushunchasini ta’lim-tarbiya jarayoni bilan boliq jihatlardan ko’rib chiqiladi. Shunga muvofiq ta’lim metodlari bilan boliq eng asosiy tushunchalarning izohlarini ko’rib chiqamiz.
Metod – (grekcha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, yo’l, ahloq usuli ma’nolarini anglatadi). Tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli. Faoliyat, harakatning yo’li, usuli yoki qiyofasi, shakli, ko’rinishi.
Ta’lim metodi – o’qituvchining o’quvchilar bilan muntazam qo’llaydigan, o’quvchilarga o’z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va ko’nikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli. Belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo’yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’zaro faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullari majmuasidir.
Metodika – biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, usullari, yo’llari majmuasi. U alohida metodikalardan tashkil topadi. Pedagogika fani sohasida ma’lum o’quv fanini o’qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.
Usul – biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish tartibi.
Uslub – biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish uchun qo’llash lozim bo’lgan usullar majmuasi.
Yo’l (ruscha – priyom) – biror maqsadni amalga oshirish uchun tanlangan harakat turi.
Yuqorida aytilganlardan ko’rinadiki, har bir ta’lim metodi tarkibiga muayyan ta’lim-tarbiyaviy vazifani bajarishga qaratilgan ish-harakat usullari, yo’llari kiradi.


Yüklə 64,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin