1.2. Amaliy metodlardan foydalanish xususida sharq va g‘arb olimlarining qarashlari.
M.A.Danilov va B.P.Esipovlar asosiy e’tiborni «ta’lim metodini to’g’ri tanlash»ga qaratishadi. Gap shundaki, sobiq Sho’ro umumta’lim maktablarining o’quv jarayonida metodlarning cheksiz ko’pligi, xatto ularni bir necha tasnif bilan ham qamrab olish mumkin emasligi, shu boisdan ham o’quv-tarbiyaviy ishlar muvaffaqiyatining bosh omili va eng muhimi to’g’ri, asoslangan metodni tanlash hisoblangan, Ana shu «g’oya» mohiyat jihatidan noto’g’ri bo’lishiga qaramay, o’n yillar davomida didaktika «rivoji»da muhim o’rin tutib keldi. Nihoyat, har ikki tasnif bilimlar manbai bo’yicha ham, didaktik maqsadlar bo’yicha aniqlangan ta’lim metodlari tizimi maktab amaliyotining asosiy muammosini hal eta olmasligiga tanqidiy yondashildi, ularni qo’llash ta’lim sifatining yuqori darajasini ta’minlaganligi anglab yetildi va bu boradagi izlanishlar davom ettirildi. O’tgan asrning 80-yillaridan boshlab o’quvchilarning bilish faoliyati xarakteriga mos ta’lim tasnifi yaratildi.
________________________
Mavlonova R. va boshqalar “Pedagogika ”T.”O’qituvchi” 2007y.
Ushbu metodlar, mualliflarning ta’kidlashlaricha, bir-biridan o’quvchilarning ta’lim mazmuni turlarini o’zlashtirishda amalga oshadigan bilish faoliyatlari xarakteri va o’quvchilarning xilma-xil faoliyatlarini tashkil etuvchi o’qituvchi holati ... bo’yicha farqlanadi.
Izohli-tasvirli ta’lim metodlari (boshqa nomlanishi axborotli-repsepsiya)ning mohiyati: odatda nazariy bilimlar tayyor holda uzatiladi, o’quvchilar esa ularni qabul qiladilar (repsepsiya). Bu yo’lda turli ta’lim vositalari (shu jumladan, ko’rgazmali vositalar)dan foydalaniladi. O’qituvchi faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish, balki ularning o’quvchilar tomonidan qabul qilinishini ham tashkil etishdan iborat bo’ladi.
Izohli-tasvirli metoddan ta’lim jarayorida foydalanishda quyidagi holatlar yuzaga keladi:
O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi
|
O’quvchi faoliyatining tuzilmasi
|
Tushuntirish;
Harakatni ko’rsatish;
Dalillardan xabardor qilish;
o’quvchining materialni anglab yetishini rag’batlantirishga yo’naltiruvchi usullar;
turli didaktik materiallardan foydalanish
|
axborotlarni qabul qilish;
o’quv materialini tushunib olishga intilish va dastlabki ma’lumotlarni yodda saqlash;
o’quv materialini tushunish
|
Reproduktiv ta’lim metodlari yuqorida keltirilgan metodlardan quyidagi unsurlarning mavjudligi bilan farqlanadi: o’qituvchining bilimlarni tushuntirishi, ularni o’quvchilarning yodida saqlanishini ta’minlashi va qayta ishlab chiqishi (reproduksiya). O’zlashtirilgan bilimlarning mustahkam bo’lishiga ularni ko’a marta takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod ta’limning barcha bosqichlari, asosan, boshlang’ich sinflarda o’qish va yozish, arifmetik harakatlarni amalga oshirish ko’nikmalarini o’zlashtirishda muhim o’rin tutadi.
Reproduktiv metoddan foydalanishda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi
|
O’quvchi faoliyatining tuzilmasi
|
avval o’zlashtirilgan mavzu, paragraf yoki bob bo’yicha so’rov;
o’quvchilar uchun turli mashqlarni saralash va taklif qilish;
masalalarni yechishdagi o’quv harakatlarining namunasi va algoritmini namoyish qilish;
-o’quv harakatlari ko’nikmasi va malakasini shakllantirish
|
turli konteksda bilimlarni qayta ishlash;
namuna bo’yicha topshiriqlarni bajarish;
mashqlarni bajarish;
namunaviy masalalarni yechish usullarini egallash;
namunaviy masalalarni yechish algortmini egallash
|
Evristik ta’lim metodini qo’llashda o’qituvchi tomonidan turli vositalar yordamida yangi bilimlarni izlab topish talab etiladi. O’qituvchi bilimlarning bir qismini o’quvchilarga ma’lum qiladi, qolganini esa o’quvchilar bilish topshiriqlarini yechish jarayonida savollarga javoblar topish asosida o’zlashtiradi, o’zlari bilimlarni mustaqil egallashadi. O’qituvchi tomonidan qo’yilgan masalani bir necha qarashlarga ajratilishi, ularni bajarishda o’quvchilarning ketma-ketlikka rioya etishlari muhim metodik jihat sanaladi. SHu bois mazkur metod qisman izlanuvchan metod ham deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |