Mundarija mavzu kolloborativ ta’lim texnologiyasi reja kirish -www.hozir.org
________________________
X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi. Toshkent. 2008
- o’quvchilarni o’yin jarayonida o’zini o’zi nazorat qilishga shaylash;
- o’yinga rahbarlikning xarakterini, o’yinda o’qituvchining o’zi ham hakam yoki kuzatuvchi sifatida qatnashishini yoki rahbarlikni peshqadam o’quvchiga berishini belgilash;
- o’yin jarayonida o’qituvchining o’quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko’rsatishi;
- o’tkazilgan o’yinni muhokama qilish: qo’yilgan vazifalar yuzasidan o’yinning natijalarini, ishtirokchilarning harakatlarini baholash va ularni rag’batlantirish;
- mazkur o’yinning o’quvchilarni vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhida tarbiyalashdagi samaradorligini pedagogik tahlil qilishdan iboratdir.
O’yinlarni tashkil qilishda quyidagi pedagogik omillarni hisobga olish zarur:
- o’quvchilarning o’yinning mohiyati, mazmuni, bosqichlari va natijasini to’la tushunishini;
- ularning navbatdagi o’yin faoliyatiga shaxsan qiziqish bilan ijobiy munosabatda bo’lishini:
o’yinda zarur bilim, ko’nikma va malakalarini safarbar etishini;
- o’yingacha, o’yin jarayonida va undan keyin o’qituvchining barcha talablarini bajarishlarini.
Muammoni hal qilishning optimal psixologik-pedagogik shartlari quyidagilardan iboratdir:
- mazmunan dolzarb o’zbek xalq o’yinlari majmuasini tanlash;
- o’quvchilarni o’yin faoliyatiga emotsional jihatdan shaylash;
- o’qituvchining kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni o’zbek xalq o’yinlariga qiziqtira olishi;
- o’zbek xalq o’yinlariga rahbarlik qilish mazmuni, shakllari va metodlarining birligi;
- o’yin jarayonining hayotiyligi, uning haqqoniyligi;
- kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning o’yin faoliyatida qatnashuvining ixtiyoriyligi;
- o’yinlarning mazmunini asta-sekin murakkablashtirib borish.
O’zbek xalq o’yinlarini tanlashga qo’yiladigan talablar:
- o’yinlar mazmunining hayotiyligi va haqqoniyligi;
- mazmuni bo’yicha mosligi;
- syujetning soddaligi, qiziqarliligi va hissiyotliligi;
- o’yinda faol fikrlashni, ijodkorlikni, sezgirlikni, tashabbuskorlik va faollikni, hissiy ta'sirchanlikni, o’tkir zehn va kuzatuvchanlikni, diqqat-e'tiborlilikni talab qilish;
- o’yinning o’quvchilar yoshiga, psixologiyasi va ularning pedagogik tayyorgarligiga mosligi.
O’qituvchi sinflar bo’yicha o’yinlarni "Milliy harakatli o’yinlar" (T. Usmonxo’jaev va b. Milliy harakatli o’yinlar. Toshkent, "O’qituvchi", 2000) kitobidan yoki mahalliy bolalar o’yinlaridan foydalanishi mumkin. O’yinlarni o’tkazishning tarbiyaviy maqsadi va vazifalari uchta (boshlang’ich, asosiy, yakunlovchi) bosqichda amalga oshiriladi.
________________________
Tolipov O'., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalaming tadbiqiy asoslari. -Т.: 2005.