Mundarija



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/30
tarix02.01.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#43354
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
osimliklarga zarar keltiradigan nematodalardan patogen organizmlarni ajratish va organish

parietinus  uchragan.  O`simliklarni  to`qimasi  bilan  oziqlanuvchi  turlar  orasidan  esa 

Heterocephalobus elongates ko`p uchragan [53].  

O`simliklarning  vegetativ  a`zolarida  topilgan  turlar  orasida  Aphelenchus 



avenae,  Aphelenchoides  parietinus,  Ditylenchus  destructor,  D.dipsaci  va 

Pratylenchus pratensis kabi haqiqiy parazit fitonematodalar  ekanligini  aniqlangan.   

 

Ayniqsa  kartoshka  poya  nematodasi  (D.  destructor)  kartoshka,  pomidor, 



bodring  kabilarga  juda  katta  ziyon  keltirishini  qayd  etadi.  O.I.  Abdullayeva  (1970) 

Toshkent  viloyatida  issiqxona  sharoitida  etishtiriladigan  pomidor  va  bodringni 

nematodafaunasini  o`rganib,  ushbu  o`simliklarda  va  rizosferalari  tuprog`ida  143 

tur  uchrashini  aniqlaydi.  Issiqxonada  o`suvchi  pomidor  va  bodringning  faunasi 

tarkubida  22  tur  parazit  fitonematodalar  bo`lishi  bilan  birga,  ushbu  o`simliklar 

ildizida  bo`rtma  nematodalari  (Meloidogyne  hapla,  M.  incognita)  ancha  keng 

tarqalganligini  qayd  qiladi.  Issiqxonalardagi  pomidor  o`simligining  30-35  %  ni, 

bodringni  25-30  %  ni  ildizi  meloydogenozga  chalinganligini  aniqlaydi.  Bundan 

tashqari  o`simliklarning  yer  ustki  vegetativ  a`zolarida,  shuningdek  ildiz 

sistemasida  parazit  turlardan  poya  nematodasi,  oddiy  afelenx,  maysa  pratilenxi, 

ektoparazit  nematodalar  ancha keng tarqalganligi  ma`lum  bo`ladi [2].  



 

20 


1.1-jadval 

Fitonematodalarning  qishloq xo`jaligi  ekinlari  hosildorligiga 

ta`siri  (hosildorlik,  s/ga) 

 

 



№ 

 

 



O`simlik  turi 

1 ga olinadigan  hosil miqdori 

 

Hosildorlikni



ng kamayishi 

Zararlanmagan 



holatdagi 

maydon 


Fitonematodalar 

bilan  zararlangan 

maydon 

 



 

Pomidor 


 

600-650 


 

380-420 


 

34-38 


 

 



Kartoshka 

 

350-400 



 

270-280 


 

30-34 


 

 



Sabzi 

 

 



200-220 

 

130-140 



 

35-37 


 

 



Piyoz 

 

 



360-380 

 

290-300 



 

22-26 


 

 



Bodring 

 

230-250 



 

160-180 


 

28-32 


 

 



Lavlagi 

 

400-420 



 

300-320 


 

24-28 


 

 



Bug`doy 

 

40-45 



 

29-32 


 

29-33 


 

 



G`o`za 

 

36-40 



 

25-28 


 

30-34 


 


 

21 


 

Parazit  fitonematodalar  g`o`zaning  vilt  kasalligiga  chalinishini  tezlashtiradi, 

chunki vilt  bilan  kasallangan  g`o`za ko`chatlarini  ildizning  yon ildizchalarini 

100  %    Pratylenchus  pratensis  bilan  zararlanganligi  qayd  qilingan.  Bundan 

shunday  xulosa  kelib  chiqadiki  ushbu  nematoda  vilt  kasalligini  qo`zg`atuvchi 

zamburug`larni  g`o`za o`simligi  orasida tarqatishda asosiy zveno rolini  bajaradi 

Parazit  fitonematodalar  kartoshka  va  ko`pgina  sabzavot  o`simliklariga  ham 

katta  zarar  yetkazadi.  Bunday  fitonematodalardan  birinchi  navbatda  kartoshka 

poya nematodasi-Ditylenchus destructor ni ko`rsatish mumkin. 

Kartoshka  poya  nematodasi  hozirgi  kunda  ham  ayrim  xo`jaliklarda 

urug`likka  olib  qo`yilgan  kartoshkaning  25-30  %  nobud  qiladi.  Sabzavot ekinlariga 

Ditylenchus avlodlarining boshqa turlari (D. dipsaci, D. allii, D. intermedius) ham 

katta  zarar    yetkazadi.  Bundan  tashqari  ushbu  parazit  turlar  lavlagi,  pomidor 

kabilarga  ham  zarar  yetkazadi.  Sabzavot  ekinlariga  zarar  keltiruvchi  parazitlardan 

Aphelenchoides  avlodlarining  bir  qancha  turlari  (  A.  kűhnii,  A.  parietinus,  A. 

limberi

shuningdek 

ektoparazit 

nematodalardan 



Helicotylenchus

Tylenchorhunchus

Rotylenchus

Boleodorus,  Paratylenchus  avlodlarining 

turlarining  salbiy faoliyati  ancha sezilarlidir  [56, 60].  

 

Bir  qancha  madaniy  ekinlar,  jumladan  sabzavot  ekinlarining  ko`pgina 



turlarida  jumladan  pomidorda  ham  shimol  bo`rtma  nematodasi  (Meloidogyne 

hapla)  ning  zarari  ayniqsa  kattadir.  Ushbu  parazit  tur  g`o`za  va  sabzavot  ekinlari 

agrotsenozlaridagi  begona  o`tlar  orasida  ancha  keng  tarqalganligi  e`tiborni  o`ziga 

jalb  etadi.  

Hozirgi  vaqtda  O`zbekistonda  bo`rtma  nematodalarining  5  ta  turi 

aniqlangan.  Respublikaning  janubiy  viloyatlarida,  shuningdek  Farg`ona  vodiysida 

hamda  Qoraqalpoqistonda  bo`rtma  nematodalarining  barcha  turlari  uchraydi. 

Toshkent  viloyatida  4  ta  turi uchraydi. Samarqand viloyati sharoitida esa faqat 1 ta 

shimol  bo`rtma  nematodasi  (Meloidogyne hapla) turi uchrashi aniqlangan. Boshqa 

turlar  qayd qilinmagan  [55].  



 

22 


 

Umuman  olganda  O`zbekistonda  bo`rtma  nematodalari  250  turdan  ortiq 

madaniy,  manzarali  va  begona  hamda  yovvoyi  o`simliklarda  parazitlik  qilishi 

aniqlangan. 

Bo`rtma nematodalari  o`simlikka  juda katta zarar keltiradi.   

 

Invazion 



lichinkalarining 

o`simlikni 

shikastlab 

zararlashidan 

ko`ra, 

kimyoviy  ta`sir  ko`rsatib  zararlashi  kuchliroq  bo`ladi,  chunki  o`simlikning 

markaziy  parenximasiga  joylashib  olgan  lichinka  o`zining  hazm  bezlaridan 

suyuqlik  chiqarib,  uning  tarkibiga  oziqani  erituvchi  fermentlar  bo`lib,  ularning 

ta`sirida  uglevodlar  va  oqsillar  parchalanib,  suyuq  holga  keladi.  Nematoda 

o`rnashib 

olgan 

ildiz  qismidagi  hujayralarning  shiddat  bilan  bo`linishi, 



hujayralarning  bir  qismini  po`stini  erib  ketishi  sababli  ko`p  yadroli  gigant 

hujayralarning  paydo bo`lishini kuzatish  mumkin. 

 Oqibatda  nematodalar  o`rnashib  olgan  ildiz  qismi  yo`g`onlashib,  bo`rtma 

hosil  qiladi.  Hosil  bo`lgan  bo`rtmalar  orqali  ushbu  o`simlikda  meloydoginoz 

kasalligi  paydo  bo`lganligini  bilish  mumkin.  Bo`rtmalar  dastlab  1-2  mm  kattalikda, 

kasallikning  zo`rayishi  oqibatida  bo`rtmalar  no`xotdek,  hatto  yong`oqd ek  shishlar 

paydo bo`lishini  ko`rish mumkin  [2, 62]. 

O`simlikning  bo`rtma  nematodasi  bilan  zararlanishi  tufayli  fiziologik 

jihatdan  aktiv  moddalar, jumladan,  gibberillin,  sitokinin  kabilarning  ildizda  hamda 

yer  usti  vegetativ  a`zolarda  to`planishi  izdan  chiqadi.  O`sish  zonalarida yangi yosh 

hujayralarning  hosil  bo`lishi  to`xtaydi.  Shuningdek  o`simlik  ham  o`sishdan 

to`xtaydi.  

 

Meloydogenoz  kasalligi  nafaqat  ildiz  sistemasi,  balki  o`simlikning  yer  usti 



vegetativ  va  generativ  a`zolariga  ham  salbiy  ta`sir  etadi.  Kasallik  belgilariga  yana 

o`simlikni  bo`yining  past  bo`lib  qolishi,  mevasining  muddatidan  oldin  pishishi, 

ba`zan barglari  so`lib, hatto o`simlikni  qurib qolishi ham kuzatiladi  [49, 55]. 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin