Mundarija


 O`zbekistonda parazit fitonematodalarning tuproq va o`simliklar orasida



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/30
tarix02.01.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#43354
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
osimliklarga zarar keltiradigan nematodalardan patogen organizmlarni ajratish va organish

1.3. O`zbekistonda parazit fitonematodalarning tuproq va o`simliklar orasida 

tarqalishi va qishloq xo`jaligiga ta`siri 

O`zbekiston  Respublikasida  qishloq  xo`jaligi  ekinlari  nematodalarini 

o`rganishga  qaratilgan  ilmiy  tadqiqot  ishlari  1930  yillarda  boshlangan  bo`lib,  u 

ikki  yo`nalishdan,  ya`ni:   

 

1.  Madaniy  va  yovvoyi  o`simliklarning  tanasi  va  ularning  ildizi  atrofi 



(rizosferasi)  tuprog`ida  yashovchi    nematodalari  majmuini  o`rganish,  ular  orasida 

parazit turlarini  aniqlash; 

 

2.  O`simliklarga  zarar  keltiruvchi  parazit  fitonematodalarini  bioekologik 



xususiyatlarini  o`rganish  hamda  ularga  nisbatan  qarshi  kurash  choralarini  ishlab 

chiqishdan iborat bo`ldi.  

 

Hozirgi  kunda  fitogelmintologik  tadqiqotlar  tufayli  O`zbekiston  sharoitida 



turli-tuman  bir  yillik  va  ko`p  yillik  madaniy  o`simliklarda  40  turdan  ortiq  parazitlar 

uchrashi 

aniqlangan. 

Shuningdek 

madaniy 

va 


yovvoyi 

o`simliklarning 




 

16 


nematodafaunalari  majmuini  o`rganilishi  natijasida  turli-tuman  biotsenozlar  va 

agrotsenozlarda  o`simliklarning  tanasida  hamda  ularning  rizosferalari  tuprog`ida 

nematodalarning  700 turdan ortiqroq bo`lishi aniqlangan  [32]. 

O`zbekiston  Respublikasida  dastlabki  fitogelmintologik  tadqiqot  sifatida 

E.S.  Kiryanovaning  ishi  e`tibordga  molikdir.  U  o`zining  “O`rta  Osiyoda 

g`o`zaning  parazit  nematodalari”  ilmiy  maqolasini  nashr  etadi.  Ishida  Toshkent 

viloyatining  Yangiyo`l  tumanida  paxta  maydonlarida  g`o`zaning  vegetatsiyasi 

davomida 

uning 

vegetativ 



a`zolari 

va  rizosferasi  tuprog`i  qatlamlarida 

fitonematodalarning  tarqalishini  o`rganadi.  Muallifning  ma`lumotlariga  binoan 

g`o`zada  10  turga  mansub  nematodalar  topilib,  ular  orasida  nihol  parazit 

nematodasi-Pratylenchus  pratensis  boshqa  turlar  orasida  dominantlik  qilishini 

aniqlaydi.  Ushbu  tur  nematodasi  g`o`zaning  yosh  nihollarini  ko`plab  nobud 

bo`lishida  asosiy  sababchi    bo`lishini  xulosa  qiladi.  Chunki  halok  bo`lgan  yosh 

g`o`za  nihollarining  ildiz  sistemasida  yuqorida  nomi  qayd  qilingan    nematodaning 

individlari  soni asosiy ko`pchilikni  tashkil  etgan [34] . 

 

E.S.  Kiryanova  Mirzacho`l  sharoitida  o`zlashtirilmagan  quruq  yerlar  va 



paxta  maydonlarida  tarqalgan  nematodalarning  o`rganib,  har  bir  maydon  tuprog`i 

o`ziga  xos  yashash  joyi  sifatida  o`ziga  xos  nematodafaunaga  ega  bo`lishini 

aniqlaydi.  Paxta  maydonlarida  nematodalarning  asosiy  qismi  tuproqning  10-20  sm 

li  qatlamida  joylashishini  aniqlaydi.  O`zlashtirilmagan  maydonlar  tuprog`ida  esa 

nematodalarning  asosiy  qismi 0-10 sm li qatlamda bo`lishi qayd qiladi. Tadqiqotlar 

o`tkazilgan  hudud  sharoitida  paxta  maydonlarining  tuprog`ini  nematodafaunasi  37 

turdan iborat bo`lishini  aniqlaydi  [29]. 

A.T.  To`laganov  Samarqand  viloyatining  Samarqand  va  Kattaqurg`on  tumanlari 

sharoitida  g`o`zaning  nematodafaunasini  o`rganib,  ular  yer  usti  va  yer  osti 

vegetativ  a`zolari  hamda  rizosferasi  tuprog`ida  50  turdan  iborat  nematodalar 

bo`lishini  qayd  qiladi.  Tadqiqot  ishlarida  g`o`zaning  vegetativ  a`zolari  6  tur parazit 

fitonematodalar  bilan,  ular  orasida  ayniqsa  poya  nematodasi (Ditylenchus dipsaci

kuchli  zararlanganligini  shohidi bo`ladi [52].  



 

17 


 

 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin