Mundarija


Ma`lumot to`plash hududlari



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/30
tarix02.01.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#43354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
osimliklarga zarar keltiradigan nematodalardan patogen organizmlarni ajratish va organish

Ma`lumot to`plash hududlari:  Samarqand viloyati. 

 

Ishning 



e`lon 

qilinganligi

Tadqiqot 

natijalari  bo`yicha  2012-yil 

magistrlarning  ilmiy  konferensiyasida  chiqish qilindi  va 2 ta maqola chop qilindi.   

 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 


 



 I. ADABIYOTLAR TAHLILI  



1.1. Fitonematodalarning umumiy tafsifi va sistematik o`rni 

Ildiz  bo`rtma  nematodalari  dastlab  ingliz  olimi  Berkli  bodring  ildizida 

topgan.  Keyingi  olib  borilgan  tadqiqotlar  orqali  ularning  yer  yuzida  keng 

tarqalganligi  isbotlangan.  Turli  mamlakatlarning  mutaxassis  olimlari  (Grif, 

Myuller,  Gudey,  Chitvud,  Lus,  I.K.Tarnani,  Yu.A.Staroselskiy,  D.Tverskoy, 

A.A.Ustinov  va  boshqalar)  ning  tadqiqotlari  ma`lumotlariga  binoan  ildiz  bo`rtma 

nematodalari  2000  turga  yaqin  bir  yillik  va  ko`p  yillik  madaniy,  manzarali,  begona 

va  yovvoyi  o`simliklarda  parazitlik  qilishi  aniqlangan.  Hozirgi  vaqtda  ildiz  bo`rtma 

nematodalari  avlodining  60 dan ortiq turlari  ma`lum  [56]. 

 

O`zbekistonda  ushbu  nematodani  birinchi  marta  O`rta  Osiyo  davlat 



universiteti    (hozirgi  O`zbekiston  Milliy  universiteti)  ning  botanika  bog`ida 

shabbuy  (manzarali)  o`simligi  ildizida  A.A.Arxangelskiy  tomonidan  topilgan. 

Hozirgi  kunga  kelib  Respublikamiz  hududida  ildiz  bo`rtma  nematodasining  5  turi 

tarqalganligi  aniqlangan  bo`lib,  ular  250  turdan  ortiq  madaniy,  manzarali,  begona 

hamda  yovvoyi  o`simliklarda  parazitlik  qilishi  qayd  qilingan.  Ushbu  bo`rtma 

nematodalarining  taksonomik o`rni qo`yidagicha: 

Tip To`garak chuvalchanglar  – Nemathelmintes 

Sinf Nematodalar  – Nematoda 

Kenja  sinf Sesernentlar  –Secernentea 

Turkum Tilenxidalar  –Tylenchida 

1.  Araxis bo`rtma nematodasi –Meloidogyne arenaria 

2.  G`o`za bo`rtma nematodasi –M.incognita acrita 

3.  Janub bo`rtma nematodasi –M.incognita 

4.  Yavan bo`rtma nematodasi –M.javanica 



5.  Shimol  bo`rtma nematodasi – M.halpa 

Bo`rtma  nematodalarining  barcha  turlarida  nematodalar  sinfining  boshqa 

turlaridagidek  ayrim  jinslilik  hamda  urg`ochi  va  erkak  individlari  orasida  jinsiy 

dimorfizm  belgilari  juda aniq ifodalangan  [52]. 




 

 



Urg`ochi  jinsli  nematodaning  morfologik  belgilariga  e`tibor  beriladigan 

bo`lsa,  u  ko`z  ilg`amaydigan  mikroskopik  kattalikdagi  oqish,  noksimon yoki limon 

shaklli,  old tomoni (bo`yinchasi) biroz cho`ziq bo`lishini  ko`rish mumkin  [50, 55]. 

 

Nematodaning  uzunligi  0,5  mm  dan  2  mm  gacha,  gavda  eni  esa  0,3-1mm 



gacha.  Bo`yinchasini  uchida  oltita  lab  hamda  halqasimon  egatchadan  iborat  bosh 

qapqoqchasi, uning o`rtasida esa og`iz teshigi  joylashgan.   

 

Tanasi  kutikula  bilan  qoplangan.  U  ko`pqavatli  bo`lib,  chuvalchangni  turli-



tuman mexanik  va kimyoviy  ta`sirlardan  himoya qiladi. 

 

Ovqat  hazm  qilish  sistemasi  naysimon  shaklidagi  ichakdan  iborat  bo`lib, 



uning  oldingi  qismi  (uchi)  uzunligi  15-17  mkm  keladigan,  o`zgargan    og`iz 

bo`shlig`i  –  stilet  (nayza  ko`rinishdagi  sanchib-so`ruvchi  organ)  ga  aylangan. 

Stiletning  ichi  nozik  kanalcha  hosil  qilib  qizilo`ngach  bilan  tutashadi.  Stilet  muskul 

tolalari  bilan  ta`minlangan  bo`lib,  uning  qisqarishi  tufayli  u  harakatga  keladi. 

Qizilo`ngach  oldingi,  o`rta  va  keyingi  bezli  qismlardan  iborat.  Qizilo`ngachni 

birinchi  qismi  ensiz  naycha  (kanalcha)  ko`rinishida,  ichidagi  kanal  ancha  tor, 

ikkinchi  qismi  piyozbosh  shaklida  kengayish  (bulbus)  hosil  qiladi.    Bulbus 

muskullarining  qisqarishi  tufayli  qizilo`ngachda  so`rish  jarayoni  yuzaga  keladi. 

Qizilo`ngachning  bezli  qismida  uchta  bez  shakllangan.  Uning  chiqarish  yo`li  stilet 

asosiga  borib  ochiladi  Bezlarning  ajratgan  suyuqligi  ovqatni  hazm  qilishda  ishtiroq 

etadi [54]. 

 

Ildiz  bo`rtma  nematodalari ham boshqa parazitlar singari faqat suyuq oziqani 



qabul  qiladi.  Buning  uchun  oziqani  suyuq  holatga  keltirish  uchun  hazm  bezlaridan 

kelgan  fermentli  suyuqlik  o`simlik  to`qima  va  hujayralariga  o`tib,  undagi  uglevod 

va  oqsillarni  parchalab,  so`rilishga  tayyorlaydi.  Bunday  oziqa    o`rta  ichakda  hazm 

bo`ladi. 

 

Bo`rtma  nematodalarining  urg`ochilik  jinsiy  sistemasi  ikkita  uzun  naychalar 



ko`rinishda.  Uning  uchki  tor  qismi  tuxumdon  bo`lib,  unda  tuxumlar  shaqllanadi. 

Tuxumdon  tuxum  yo`liga  tutashadi.  Tuxum  yo`lida  urug`  qabul  qilgich 

shakllangan.  Ana  shu  joyda  tuxumlar  urug`lanib,  po`stga  o`raladi  va  asta-sekin 



 

10 


bachadonga  o`tadi.  Juft  bachadonning  ikkala  nayi  qo`shilib,  qisqa  qin  hosil  qiladi. 

Qin  kanali  o`rg`ochilik  jinsiy  teshigi  –  vulvaga  tutashadi.  Vulva  orqali  tuxumlar 

tashqariga  chiqariladi.  Urg`ochi  nematoda  jinsiy  qo`shilgandan  keyin  tuxum 

qo`yishdan  oldin  jinsiy  teshigi  atrofiga  shilimshiq  modda  ajratadi  va  unga 

tuxumlarini  qo`yadi.  Keyinchalik  modda  qotib  xaltachaga  aylanadi,  ichida  esa  10-

15  tagacha  tuxum  bo`ladi.  Urg`ochi  nematoda  ancha  serpusht  bo`lib,  bir  sutkada 

10-15ta  yoki  butun  umri  (3-4  oy  )  davomida  500-800  ta,  ba`zan  2000  tagacha 

tuxum qo`yadi [9, 28]. 

Erkak  jins  nematodaning  tana  shakli  chuvalchangsimon,  bosh  qismi 

konussimon,  dumi  tumtoq  va  qorin  tomonga  biroz  egilgan.  Uzunligi  0,9-2mm 

atrofida.  Jinsiy  organlari  (urug`donlar,  urug`  yo`llari,urug`  pufagi)  juft.  Urug` 

pufagida  spermatozoidlar  to`la  yetiladi.  Urug`  pufagi  urug`ni  tashqariga 

chiqaruvchi  kanalga,  u  esa  o`z  navbatida  erkaklik  qo`shilish  organi  –  spikula  bilan 

tutashadi.  Erkak  va  urg`ochi  jinslar  o`zaro  qo`shilganda  spikula  kloaka  orqali 

tashqariga  chiqarilib  urg`ochilik  jinsiy  teshigi  (vulva)  ga  kiritiladi  va  urug` 

suyuqligi  to`kiladi. 

Bo`rtma  nematodalarining  tuxumlari  sal  yapaloq,  bir  tomoni  biroz  qovariq, 

ikkinchi  tomoni  sezilarli  botiq  bo`ladi.  Uzunligi  42-100  mkm,  eni  30-50  mkm  ga 

teng.  Ikki  qavat  po`st  bilan  o`ralganligini  ko`rish  mumkin.Tashqi  qavati  ancha 

qattiq bo`ladi [2]. 




Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin