Mundarija



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/30
tarix02.01.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#43354
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
osimliklarga zarar keltiradigan nematodalardan patogen organizmlarni ajratish va organish

Rivojlanishi.  Birinchi  bosqich  lichinkasi  tuxum  ichida  shakllanadi  va  o`sha 

joyda  po`st  tashlab,  ikkinchi  bosqichga  o`tgandan  keyin,  tuxum  po`stini  yorib, 

tuxum  xaltasiga  chiqadi.  Ko`p  o`tmay  xaltacha  po`stini  yorib  tashqi  muxitga  

(tuproqqa)  chiqadi.  Oziqlanish  bir  necha  kun  davom etgandan keyin lichinka po `st 

tashlab,  uchinchi  bosqichga  o`tadi.  Unda  tananing  yo`g`onlashuvi  va  o`sishi 

jadallashadi.  Qisqa  vaqtda  ichida  yana  po`st  tashlab  turtinchi  bosqichga  biroz 

vaqtdan  keyin  yana  po`st  tashlab  voyaga  yetgan  yosh  individga  aylanadi.  Yosh 

erkak  individ  oziqlanmaydi,  balki  u  juftlashgandan  so`ng  haloq  bo`ladi.    Yosh 

urg`ochi  individ  esa  umrining  oxirigacha  ildiz  ichida  yashaydi.  Uning  jinsiy 



 

11 


organlari  kuchli  darajada  rivojlanganligi  tufayli  gavdasi  kengayib  nok  yoki  limon 

shaklini  oladi. 

Erkak  nematodalarning  umri  bir  haftadan  ba`zan  bir  oygacha  davom  etishi 

mumkin.  Nematodalar  qishni  tuxum  va  ikkinchi  bosqich  lichinkalar  holatida 

o`tkazadi [2].  

Invazion  lichinkalarning  faolligi  tuproqning  fizik-kimyoviy  xususiyatlari  va 

namligiga  bog`liqdir.  

Tuproq  harorati  +7

0

-9

0



C  dan  oshgandan  so`ng  lichinkalar  harakatga  keladi. 

Harorat 


+12

0



dan 

oshsa 


ular 

o`simlikni 

zararlayboshlaydi. 

Harorat 


ko`tarilboshlashi  bilan  o`simlikni  shikastlanishi  kuchayadi.  Lekin  harorat  +36

0

-



38

0

C  ga  yetsa  lichinkada  salbiy  o`zgarishlar  paydo  bo`laboshlaydi.  Urg`ochi 



nematodaning  tuxum  qo`yishiga  kirishishi  harorat  +14

0

Cga  yetganda  boshlanib, 



harorat    +32

0

  C  ga  ko`tarilsa  jarayon  to`xtaydi.  Bo`rtma  nematodalari  ochiq joyda 



iqlim  omillariga  qarab  4-5,  issiqxona  sharoitida  esa  6-7  ta  avlod  (generasiya) 

beradi.  Bitta  generasiyaning  to`la  ravojlanishi  uchun  muhit  haroratiga  bog`liq 

ravishda 25 kundan 44 kun vaqt ketadi [54, 55]. 

Zarari.  Bo`rtma  nematodalari  o`simlikka  juda  katta  salbiy  tasir  ko`rsatadi. 

Invazion  lichinkalarning  o`simlikni  shikastdab  zararlashidan  ko`ra  kimyoviy  tasir 

ko`rsatishi  kuchliroq  bo`ladi.  O`simlikning  markaziy  parenximasiga  joylashib 

olgan  lichinka  hazm  bezlaridan  ajratgan  suyukligi  tarkibida  oziqani  eritadigan 

fermentlar  bo`ladi.  Ushbu  fermentlar  orasida  uglevodlarni  erituvchi  amilaza, 

invertaza,  sellyulaza,  shuningdek  oqsillarga  tasir  etuvchi  proteolitik  fermentlar 

bo`lishi  aniqlangan.  Bu  fermentlar  ta`sirida  o`simlik  hujayralaridagi  moddalar 

parchalanib,  nematoda  so`rib  oladigan  holatga  keladi.  Ildizdagi  zararlangan 

hujayralarning  shiddat  bilan  bo`linishi  va  hujayra  po`stini  erib  ketishi  sababli  ko`p 

yadroli  gigant  (yirik)  hujayralar  paydo  bo`lad.  Oqibatda  nematodalar  o`rnashib 

olgan  ildiz  qismi  yo`g`onlashib,  bo`rtma  hosil  qiladi.  Hosil  bo`lgan  bo`rtmalar 

ushbu  o`simlikдa  meloydoginoz  kasalligi  paydo  bo`lganligidan    dalolat  beradi. 



 

12 


Bo`rtmalar  dastlab  1-2  mm  kattalikda,  kasalikning  zo`rayishi  oqibatida  moshdek, 

no`xatdek, yong`oqdek shishlar paydo bo`ladi [49].  

O`simlikning  bo`rtma  nematodasi  bilan  zararlanishida,  fiziologik    aktiv  

moddalar,  jumladan  gibberillin,  sitokinin  kabilarning  ildizda  va  yer  usti  vegetativ 

a`zolarida  to`planishi  keskin  buziladi,  o`sish  zonalarida  yangi  yosh  hujayralarning 

hosil bo`lishi  to`xtaydi, o`simlik  o`sishdan qoladi.  

Meloydoginozda  nafaqat  ildiz  sistemasi,  balki  yer  usti  vegetativ  va  generativ 

azolariga  ham  salbiy  o`zgarishlar  sodir  bo`ladi.  Eng  avvalo  kasallangan 

o`simlikning  sog`lom  o`simlikka  qaraganda  past  bo`yli  bo`lishi,  mevasining 

muddatdan  oldin  pishishi,  barglar  so`lishi  yoki  o`simlikni  ko`rib,  halok  bo`lishi 

kuzatiladi.   

   Bo`rtma  nematodalariga  qarshi  kurashda  bir  necha  usullardan  foydalaniladi, 

ya`ni  tashkiliy-xo`jalik  va  profilaktik,  agrotexnik,  fizikoviy,  kimyoviy  va  biologik 

tadbirlarдan  iboratdir [38].  

 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin