Mundarija


 Fitonematodalarni boshqa patogen organizmlar bilan



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/30
tarix02.01.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#43354
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
osimliklarga zarar keltiradigan nematodalardan patogen organizmlarni ajratish va organish

1.2. Fitonematodalarni boshqa patogen organizmlar bilan  

o`zaro munosabati 

 

O`simliklarni  bevosita  zararlantiruvchi  nematodalar  nafaqat  o`zlari,  balki 



o`zlari  bilan  olib  keluvchi  bakteriyalar,  zamburug`lar  va  virus  kasalliklari  ham 

tarqatishda  bevosita  ishtirok  etadi.  V.  I.  Kalinenkoning    ta`kidlashicha,  tog`-sag`is 

o`simligi  ildizidan  ajratib  olingan  nematodalarning  tekshirib  ko`rganga  ularda 

uchraydigan  bakteriyalar,  shu  bakteriyalar  bilan  zararlangan  ildiz  bilan  bir  xil 

xararterga  ega  ekanligini  aniqlagan.  Ma`lum  bo`lishicha,  1  g  tuproqdagi  o`simlik 

rizosferasida  30-60  mln.dan  1-10  mlrd.gacha  bakteriya  yashaydi.  O`simlik  ildizi 

yuzasida  uchraydigan  saprofitlardan  tashqari,  patogen  mikroflora  ham  yashaydi. 

Bu  patogen  mikroflora  o`simlikni  zararlashi  uchun,  parazit  uning  ichki  to`qimasiga 

o`tishi  lozim.  Ayrim  fitopatogen  bakteriyalar  o`zlari  ajratgan  fermentlar  orqali 

klechatkani  eritib,  mustaqil  ravishda  o`simlikga  o`tishi  mumkin.  Ko`pchilik 

bakteriya  turlarida  bu  kabi  xususiyat  bo`lmagani  uchun,  tashqi  tamoni 



 

13 


zararlanmasdan  turib  ichkariga  o`ta  olmaydi.  Bakteriyalarni  o`simlikning  ichki 

to`qimasi tomoniga o`tishi  asosan ikki yo`l bilan  amalga  oshadi: 

- o`simlik  to`qimalaridagi  tabiiy  teshikchalar  orqali; 

- to`qimaning  ma`lum  joyini  mexanik  shikastlanishi  orqali. 

Ko`pchilik  fitopatogen  bakteriyalar  o`simlikka  mexanik  shikastlanishlar 

orqali o`tadiki,  bunda nematodalar alohida  ro`l o`ynaydi [29]. 

 

Yumaloq 


chuvalchanglar 

odatda  ko`plab  o`simlik  uchun  patogen 

xarakterdagi  bakteriyalarni  olib  yuradi.  Nematodalar  bilan  bakteriyalarni  o`zaro 

munosabati  evolyutsiya  jarayonining  xosilasi  bo`lib,  juda  bir-biriga  bog`liq 

bo`lishi  mumkin.  Masalan,  bug`doyning  sariq  bakterioz  kasalligi  “tundu” 

Corynebakterium tritici bakteriyasi tomonidan paydo bo`ladi va u doimo nematoda 

bilan  birga uchraydi, bu bakteriya yakka holda o`simlikni  zararlantira  olmaydi. 

 

Bu  kasallik  Hindiston,  Xitoy,  Avstraliya  mamlakatlarida  keng  tarqalgan. 



Kasallikda  bug`doy  bargining  ustki  tomonida  qisqa-qisqa  oq  dog`lar  va  och-sariq 

rangli  shilliq  paydo  bo`ladi.  Keyinchalik  bakterial  massa  boshoqning  murtak 

qismida  paydo  bo`ladi.  Yopishqoq  ajratmalar  boshoqchalarning  qipiqlari  orasida 

qavat  hosil  qiladi,  bundan  tashqari  poya  va  barg  qini  orasida  ham  paydo  bo`lib, 

o`sishga  ta`sir  etadi,  hamda  poya  deformatsiyalanadi.  “Tundu”  bakteriozi  bilan 

zararlangan  boshoq  umuman  don  hosil  qilmaydi.  Shuning  uchun,  hatto  yengil 

formalarida  ham hosilning  katta qismi nobud bo`lishi mumkin  [22].  

 

Bakteriyalar  bilan  nematodalar  orasida  juda  yaqin  bog`liqlikni  qulupnay 



o`simligida  ham  ko`rish  mumkin.  Ma`lum  bo`lishicha,  qulupnayning  “gulkaram 

kasalligi”  bir  qancha  qulupnay  nematodalarinig  va  bakteriyalarning  kompleks 

ta`siri  natijasida  kuzatiladi.  Bu  Aphelenchoides  fragariae  yoki  Aphelenchoides 

turkumining  boshqa turlari bilan  Corynebacterium fascians bakteriyalaridir. 

 

Bug`doy  nematodasi  bakteriyalardan  tashqari,  yana  bir  bug`doyning 



ixtisoslashgan  kasalligini  chaqiradigan  Dilophospora  alopecuri  zamburug`ini  ham 

tashishda  bevosita  ishtirok  etadi.  D.  Atanasov  tajribalarida  shuni  isbotlaganki, 

aytib  o`tilgan  zamburug`  bilan  zararlangan  bug`doy  faqat  bug`doy  nematodasi 



 

14 


bilan  birga  amalga  oshadi.  Bu  zamburug`ning  piknospora  va  ikkilamchi 

sporalaridan 

hosil 

bo`lgan 


shoxlangan 

o`simtalari 

bilan 

nematodaning 



lichinkasining  kutikulasiga  yopishadi  va  maysalarning  o`sish  qismiga  hamda 

bug`doyning guliga  o`rnashib oladi [55, 56]. 

D.  Atanasovning  hisoblashicha,  lichinka  nafaqat  spora  tashish  bilan 

cheklanib  qolmaydi,  nematoda  uni  to`qimaga  kirishini  ta`minlaydi,  yaralarni  hosil 

qiladi,  hamda uni  yashashi uchun ham yordam beradi. 

 

Bundan  tashqari,  uning  ta`kidlashicha,  bitta  lichinka  olib  kelgan  zamburug` 



sporasi  miqdori  kasallik  tug`dirishi  uchun  yetarli  bo`lmaydi,  buning  uchun  ko`plab 

lichinka  ishtirok  etishi  va ular  bir necha marta  takror kirishi  lozim. 

 

Dilofospora  zamburug`i  D.  alopecuri  butun  boshoqni  xuddi  paxtaga 



o`xshash 

qavat 


qora 

mitseliy 

bilan 

qoplab 


olishi  mumkin.  O`simlik 

deformatsiyalanib,  ba`zan  umuman  boshoq  hosil  qilmaydi.  Hosildorlik  esa  keskin 

pasayadi.  O`tgan  asrning  20-yillarida  bu  kasallik  G`arbiy  Yevropada  keng 

tarqalgan.  Zamburug`  bilan  zararlanish  sobiq  SSSR  xududida  ham  kuzatilgan 

(Gorlenko,  1951).  Yovvoyi  bug`doydoshlar  Agrostis  va  Calamagrostis  ham 

nematodalar  bilan  zararlanishi  kuzatilgan  [38]. 

 

Nematodalar  o`simliklarda  virusli  kasalliklarni  ham  tashishida  ham  bevosita 



ishtirok  etishi  ma`lum  bo`ldi.  Viruslar  hozirgi  vaqtda  ko`pchilik  mamlakatlarda 

o`simlikshunoslikda  eng  havfli  kasalliklarni  tug`duruvchilar  hisoblanadi.  Ular 

ko`plab  qimmmatli  ekinlarda  og`ir  kasalliklarni  keltirib  chiqarib,  hosildorlikni 

pasayishiga  olib keladi.   

 

Ko`plab  viruslarni  bir  o`simlikdan  boshqasiga  o`tishining  yo`llari  ancha 



paytgacha  mavhum  bo`lib  keldi.  Viruslarning  bir  qismi  kasallangan  o`simlikning 

shirasi  bilan  tarqaladi-ki,  ular  shira  shimuvchi  hasharotlar:  bit,  shira  va  boshqalar 

orqali  o`tadi.  Viruslarning  o`simlik  tanasiga    o`tishini  tuproq  orqali  kechishi  ancha 

vaqtgacha  ishonarsiz  bo`lib  kelar  edi.    AQSH  olimlari  aniq  tajribalar  asosida, 

uzumning  barglarini  shaklini  o`zgartiruvchi  virus  kasalligi  Xiphinema  index 

nematodalar  orqali  yuqishini  aniqladi.  Bu  muallifning  ta`kidlashicha,  viruslar 




 

15 


voyaga  etgan  nematodalardan  tashqari  ularning  lichinkalariga  o`rnashib  olib,  ular 

orqali o`simlik  tanasiga  o`tishini  aniqladi  [50].  

 

Trichodorus  teres  va  T.  pachydermus  nematodalari  viruslarni  asosiy  

tashuvchisi  hisoblanib,  no`xotda  erta  qo`ng`irlanish  kasalligini  chaqiradi.  Bu 

kasallik  daryoning  yonidagi  joylarda  tarqalgan  bo`lib,  yengil  qumli  tuproqlar,  T. 

teres  nematodasi  bor  joylardagina  qayd  etilgan.  T.pachydermis  nematodasi  ham 

virus  tashuvchi  hisoblanib,  no`xat  etishtirishda  katta  muammolar  keltirib  chiqaradi. 



T.similus nematodasi esa no`xatni qo`ngirlanish  virusini  tashimaydi. 

 

Garrison  va  boshqalar    takidlashicha  tayoqchasimon  tuproq  viruslarini 



Trichodorus  turkumiga  oid  nematodalar,  globulyar  viruslarni-Xiphinema  va 

Longidorus  turkumi  nematodalari  tashiyda  bevosita  ishtirok  etadi.  Ularning 

aytishicha,  ma`lum  virus  shtammlarni  tashuvchi  nematodalarning  faoliyati 

o`rganildi.  Ma`lumotlarga  ko`ra    hozirda  9  ta  o`simlik  viruslari  aniqlangan  va 

ularni  tashuvchi 11 tur nematodalari  topilib  aniqlangan   [54].  

 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin