Biotop. Yuqorida aytilgandek, qirg`ovullar asosan chakalakzor va butazor-
larda, ko‟l va daryo bo‟ylaridagi qamish qalin o‟sgan pana joylarda yashab,
bog`, shuningdek, bug`doyzor va bedazorlarga, supurgi o‟t bosib yotgan
joylarga ovqat qidirib boradi.Bulardan ko‟rinib turibdiki, qirg`ovul yopiq,
pana joylarda hayot kechiradigan beozor parranda.
Erkak qirg`ovul qichqirgani tong yorishmasdanoq eshitish mumkin. Lekin
ular barvaqt qichqirgani bilan joyidan jilmay, kun yorshishini poylaydi.
Qirg`ovul dastavval qorin to‟ydiradi. Yaqin atrofdagi bug`doy, arpa, mosh va
paxta ekilgan maydonlardan o‟ziga ovqat topadi. 2 – 3 soatlardan keyin shu
yaqin oradagi daryo yoki ko‟lga borib, chanqog`ini bostiradi. Kun qizidi
deguncha, soya – salqin joy topib dam oladi. Xo‟roz, tovuqlarga o‟xshab
tuproqqa bulg`anishni yaxshi ko‟radi. Kun botib harorat birmuncha
pasayganda qamish qalin o‟sgan joyda tunashadi, bordiyu, bunday joy
bo‟lmasa daraxt yoki butalarga chiqib olishadi.
Qirg`ovul yovvoyi qush bo‟lsa ham yaxshi ucha olmaydi. Mabodo biror
xavf – xatar ro‟y bersa yoki dushmanini ko‟rib qolsa qochadi, kutilishiga
ko‟zi etmasagina 2 – 3 m balandlikka uchadi.
Ko’payishi. Qirg`ovullarning urchish vaqti erta boshlanadi.Fevral oyining
birinchi o‟n kunligida erkak qirg`ovul aprel oylaridan qo‟narg`a, yani o‟z
makiyonini chaqiradigan joy hozirlay boshlaydi.
Mart oyi o‟rtalari va aprel boshlarida to‟qayzorlarga borib qolgan odam-
ning qulog`i qirg`ovullarning qichqirig`idan qomatga keladi. Ular bazan
(ayniqsa bulutli kunlarda) 12 – 14 soat davomida betinim qichqirishi mum-
kin. Kunlar isishi bilan xo‟rozi erta tongdan kechgacha chulg`ilay boshlaydi
(makiyonini chaqiradi). Makiyon qirg`ovullarni mart oyining oxirigacha – 3 –
- 23 -
4 tadan to‟p – to‟p bo‟lib yurganlarini ko‟rish mumkin. Aprel oyining birin-
chi o‟n kunligidan boshlab erkak hamda urg`ochi qirg`ovullar juft bo‟lib yuri-
shadi. Qo‟narg`a joylarda juft holda yashayotgan qirg`ovulni ko‟rish mumkin.
Chug`ilash paytida makiyon qirg`ovul faqat bitta erkak qirg`ovul chaqirig`iga
javob beradi. Shunisi qiziqki, bir paytning o‟zida bir nechta xo‟roz qichqirsa
ham, makiyonlar o‟z juftlari ovozini bemalol tanib oladi.
Qirg`ovullar qamish osti va o‟t qalin o‟sgan joylarga, bazan pastliklarga in
quradi.
Qirg`ovul 8 tadan tortib 19 tagacha tuxum qo‟yadi. Tovuqqa o‟xshab
tuxumlarini yig`maydi va bu jarayon ancha uzoqqa cho‟ziladi. 2 – 3 ta tuxum
qo‟yilgan inlarni may oyining o‟rtalarida ham ko‟rish mumkin. Qirg`ovul
odatda bir marta tuxum qo‟yadi, bordiyu biror sabab bilan tuxumidan ajralsa
(masalan tuxumi suv ostida qolib ketsa), u holda ikkinchi bor tuxum qo‟yadi.
Lekin bunda tuxumlari soni 4 – 8 tadan oshmaydi. 24 kun deganda tuxumdan
jo‟ja chiqaradi.
Mabodo qirg`ovulning tuxumini olish zarurligi tug`ilib qolsa bunisi juda
ehtiyotlik bilan yaxshisi qirg`ovul yo‟q paytda olgan maqul. Chunki parranda
2 – 3 marta qo‟rqitilsa yoki bezovta qilinsa, u inini tashlab ketadi.
Moda qirg`ovul tuxum bosib yotgan dastlabki besh kun davomida hxech
qayoqqa jilmaydi, oltinchi kundan boshlab, faqat ertalablari bir oz vaqtga
inini tashlab ketishi mumkin. Shundan keyin, taxminan 22 kungacha uzog`i
bilan bir soat muddatga tashqariga chiqadi. Oxirgi ikki kun ichida xuddi
dastlabki kunlardagidek inida qimirlamay yotadi. Bazida ertalab 10 – 15
minutgina inini tashlab ketishi mumkin.
Qirg`ovul tuxumini nihoyatda ehtiyot qiladi. Iniga biron dushman, chunon-
chi odam bostirib kelgudek bo‟lsa, ustiga mahkamroq qapishib oladi, hech
iloji bo‟lmay qolgandagina nochor uchib ketadi. U yerdan ko‟tarilarkan,
tuxumlarini chor atrofga to‟zg`itib yuboradi.
- 24 -
Makiyon vaqti – vaqti bilan tuxumni aylantirib turadi va bu bilan tu-
xumdagi haroratning mo‟tadil bo‟lishini taminlaydi.
Tuxumdan jo‟jalar deyarli bir vaqtda chiqadi. Mokiyon qirg`ovul jo‟jalar-
ning pati qurigunicha inidan ketmaydi. Jo‟jalar o‟sgan sari ona qirg`ovul
uzoqlarga ham ketadigan bo‟ladi. 14 kundan keyin jo‟jalar asta uchadigan
bo‟ladi. 50 kundan keyin esa bemalol parvoz qilaveradi.
Ovqati. Qirg`ovul ovqatining yaopranitini xashoratlar tashkil yetadi. Ular
yozda chigirtka, beshiktervatar pashsha tutib yeydi. Kuzda esa pishiqchilik
boshlanishi bilan tariq, suli, bug`doy, sholi kabi boshoqli o‟simliklarga o‟ch
bo‟ladi, shuningdek jiyda, chingil, maymunjonni ham yoqtiradi.
Qirg`ovul butun yoz davomida turli zararkunanda hasharotlarni qirib,
qishloq xo‟jaligiga ancha foyda keltiradi. Bordiyu ekinzor, masalan, bug`-
doyzorlarga kirib qolsa ham, yerga to‟kilgan bug`doynigina terib yeydi.
Qirg`ovul kushandalari. To‟qayzorlarning qalin bo‟lishi hamda yantoq,
chingil va mimizoga o‟xshash o‟tlarning chakalakzorlarga aylanib ketishi
qirg`ovulning uchishiga xalaqit beradi.Bu esa uning kushandalari –
chiyabo‟ri, to‟qayyallovsini, tulkilarga ham yem bo‟lishiga qulay sharoit
yaratadi.
- 25 -
Bulardan tashqari, bo‟ktargi degan yovvoyi qush, ukki ham qirg`ovul
jo‟jasini yeydi. Ko‟rinib turibdiki, bu parrandaning tabiiy dushmanlari aytarli
ko‟p emas va ular qirg`ovulning qirilib ketishiga unchalik ta`sir qilmaydi.
Lekin daryo suvining birdan ko‟payishi, sohillarni suv bosishi yoki yuvib ke-
tishi kabi tabiiy ofatlar oqibatida qirg`ovulning tuxumi va jo‟jalar nobud
bo‟lishi mumkin. Qirg`ovulning kamayib ketishiga, hammadan ham mavsu-
mi amal qilishmagan ayovsiz ov sabab bo‟lmoqda. Parrandalar uchun yaxshi
makon bo‟lgan qamishzorlarni yoqish va to‟qaylarni yo‟q qilib tashlash ham
qirg`ovulning kamayishiga olib kelmoqda. qirg`ovulning kamayishiga olib
kelmoqda.
- 26 -
Dostları ilə paylaş: |