O’rta Osiyoda Qirg`ovulning tarqalish areali:
1. Uya qo’yishi, 2. Qishki uchrash joyi
Qirg`ovulni tutish.
Qirg`ovulni ko‟paytirishni yo‟llaridan biri uni sharoitga moslashtirishdir shu
maqsadida respublikamizning ovchilik xo‟jaliklari mart, aprel, sentyabr,
oktyabr oylarida Sirdaryo va Angren daryolari yoqasidagi suv bosadigan
o‟tloq joylarda qirg`ovullarni tutishadi. Qirg`ovulni 10 – 15 sentyabrgacha ov
qilmagan malum, chunki „am uch oyga to‟lmagan qirg`ovul jo‟jalari
tutqinlikda yashay olmaydi.
Qirg`ovulni qamishzor atrofi, jiydazor, butazorlarga yaqin qishloq xo‟jalik
ekinlari ekilgan va ariq, daryoga yaqin joylarda tutish oson.
Kuzda qirg`ovullar qayrda ko‟p yig`ilganligi suv va ovqatga qatnaydigan
yo‟llarda, bahorda esa erkak qirg`ovullarni qichqirishidan bilib olish mum-
kin.
Qirg`ovullarni tuzoq bilan ovlash qadimdan bor. Bu usul juda oson va
unum-lidir, chunki bir kishi kuniga 150 – 200 ga yaqin tuzoq qo‟yish
mumkin. Lekin bu usulning bir kamchiligi bor. Agar ovchi tuzoqqa ilingan
qushni darrov tutib olmasa, qush undan chiqib ketish uchun tipirchilashi va
oqibatda oyog`ini mayib qilishi mumkin.
Qirg`ovullarni tomi qamish, tol va shunga o‟xshash materiallardan nishab
qilib yopilgan uyalarda ham tutish oson. Bunday uyalarni yasash uchun to‟rtta
qo-ziq kerak bo‟ladi. Old tomonidagi ikkita qoziqqni er ustidan bir metr ba-
land qilib qoqiladi, uning orqasiga qoqiladigan qoziq esa erdan 45 sm chi-qib
turadi. Qoziqlarning orasi 2 m bo‟lishi kerak. Uyaning tomi yuqorida
- 27 -
aytganimizdek, qamish, tolga o‟xshagan narsalar bilan yopiladi. Shiyponin es-
latadigan bunday uyaning osti o‟tlardan tozalanadi va uyerga arpa,
makkajo‟xo-ri sepib qo‟yiladi.
Uyani odamlardan panaroq joylarga qurish kerak. Atrofdagi uyadan har to-
monga eni 20 – 25 sm so‟qmoq qilinadi va don sepib qo‟yiladi. Parrandalar
so‟qmoq yo‟ldan donlarni terib eyish bilan ovora bo‟lib, uyaga borib qolgani-
ni bilmay qoladi. Har bir uya oldiga 15 – 20 tagacha qirg`ovul yig`iladi.
Qushlar uyaga ancha o‟rganib qolganlaridan keyin ularni tutish oson
bo‟ladi. Buning uchun uyani qoplaydigan (4 kv/m li) to‟rning bir tomoniga
taxta torti-ladi. Shu taxta tirgavuch bilan ko‟tarib qo‟yiladi. Tirgovuchlarga
boylangan ip ovchining bekinib turadigan joyigacha tortiladi. Uya ostiga 5 – 6
ta qush yig`ilishi bilan ip tortilsa bas, taxta erga tushib ketib qushlar to‟r
ichida qoladi.
Bunday uyalar, bir tomondan, qirg`ovullarning kuz, qish paytlarida ovqat-
lanishi uchun xizmat qilsa, ikkinchidan, ularni tutishda qopqon vazifasi-ni
o‟taydi. Suv ichgani bogan, dalada va uya atrofida donlab yurgan qirg`ovul-
larni tutishda o‟z – o‟zidan yopiladigan qafas juda qo‟l keladi. Qafas yengil
(500 – 700 gramm) va uni o‟rnatish ko‟p vaqt talab qilmaydi. Bir kishi
qushga 70 – 80 ta qafas o‟rnatishi va uni kuzatib turishi mumkin. Qafasga
tushgan qush deyarli shikastlanmaydi. Qirg`ovullarni va umuman qushlarni
tutishda boshqa usullarga nisbatan qafas bilan qushlarni yil bo‟yi ovlash
mumkin.
Qirg`ovullarni tutishda bazan to‟rdan foydalansa bo‟ladi. To‟r bilan ku-
niga 25 – 30 qushni tutish mumkin.
To‟r qirg`ovullar ko‟proq yig`iladigan chingil, jiyda butalar ostida kuril-
gan uya atrofidagi joylarga tutiladi. To‟rning uzunligi 100 – 125 m, ba-
landligi 3m va to‟r orasi 40 x 40 mm bo‟ladi. agar xo‟jaliklarda tayyor to‟r
bo‟lmasa uni qo‟lda to‟qish ham mumkin.
- 28 -
Qirg`ovulni to‟r bilan ov qilishning eng qulay vaqti ertalab va kechqurun,
parrandalar ovqatlanayotgan paytdir.
To‟r o‟rnatib bo‟lingan, uning ikki ochiq tomonidan 4 – 5 kishi parranda-
larni to‟r ichiga joylaydi. Lekin bunda ehtiyotlik bilan harakat qilish ke-rak,
aks xolda qushlar uchib ketishi ham mumkin. Qushlar bezovta qilinsa
yashirinishga shoshiladi. Qushlarni shunday haydash kerakki, ular to‟ppa –
to‟g`ri to‟r tomon yo‟l olsin. Mazkur usul bilan bir yo‟la 6 – 8 qirg`ovul tujsa
bo‟ladi.
Qirg`ovulni ko’paytirish yo’llari.
Respublikamiz territoriyasidagi yovvoyi hayvonlar va qushlarning qiri-
lib ketmasligi uchun hukumatimiz maxsus qonun chiqargan. Mazkur qonunda
noyob va ayniqsa, qimmatbaho hayvonlarni ov qilish mumkindigi batafssil
ko‟rsatilgan.
O‟rta Osiyoda ovlanadigan qushlar ichida qirg`ovul birinchi o‟rinda
turadi. So‟nggi yillarda bu qush nihoyatda ko‟p ovlanadi, shu sababli hamma
yerda juda kamayib ketdi.
Qirg`ovulning kamayib ketmasligi va ovlanganlarining o‟rnini to‟ldirib
turish uchun 30 – yillarda tuzilgan qo‟riqxonalar hamda ovchilik xo‟jaliklari
aytarli tasir etolmadi.
Biroq 1937 – 1938 yillarda Qozog`istonda va 1938 – 1939 yillarda
O‟zbe-kiston territriyasida qirg`ovulni ovlash butunlay taqiqlanishi bu
qimmat-baxo qushlar sonining o‟sishiga malum darajada tasir ko‟rsatdi.
Qirg`ovullar asosan butazorlar va to‟qayzorlarda yashaydi. Butasimon
o‟simliklar, asosan jiyda mevasi qirg`ovullarning kuz va qishda yeydigan
asosiy ozuqasi xisoblanadi.
Yuqorida aytib o‟tilganidek, odam to‟qayzorlarni o‟zlashtirdi, daraxt va
butalarni kesib o‟tinga yoki qurilishga ishlatdi, o‟tlarni o‟rib oldi. Xullas
to‟qaylar yo‟qola bordi, bazi joylardagi o‟simliklar turi o‟zgargan bo‟lsa ham,
- 29 -
ayrim to‟qaylar o‟zlashtirib u yerlarda dexqonchilik qilina boshlaydi. Shu
tariqa qirg`ovullar o‟z makonlaridan asta – sekin ajrala boshladi.
O‟rta Osiyoda tashkil etilgan xo‟jaliklari va qo‟riqxonalarda
qirg`ovul-larni ko‟paytirish hamda tarqatish uchun hamma shart – sharoit
yaratib beril-gan edi. Bu xo‟jaliklar 1957 – 1960 yillarga kelib turli qushlarni
birmuncha ko‟paytirdi. Zarafshon qo‟riqxonasi va Sirdaryo ov xo‟jaliklarida
qisqa davr ichida qirg`ovullar soni tezdashib olib ketdi. Masalan, 1959 yili
qirg`o-vullar soni 2 – 3 marta ko‟paydi. Zarafshon qo‟riqxonasida 1959 –
1960 yillar ichida 200 ta qirg`ovul ko‟paydi. Sirdaryo ov xo‟jaligida 1961 yili
atigi 540 ta qirg`ovul bor edi, lekin bir yil davomida ular soni 1500 taga etdi.
Qishloq joylarida, bog` va polizlarga yaqin yerlarda qirg`ovullar kam
uchraydi. Lekin bu sharoitlar qanchalik turli – tuman bo‟lishidan qatiy nazar,
qirg`ovullarning yashashi uchun albatta suv manbai – daryo, ko‟l, botqoqlik
bo‟lishi kerak.
Ko‟pincha, qirg`ovul boshoqli o‟simliklarga zarar etkazadi, deb
hisobla-shardi. Bir qancha omillar bu fikrni rad etishgan. Biz ham bir necha
yil da-vomida qirg`ovullar hayot tarzini o‟rgandik va ular mutlaqo boshoqli
o‟sim-liklarga tegmay, balki yerga to‟kilgan donlarni terib yeyishini kuzatdik.
Paxta dalalarida esa, ular chigirtka va boshqa zararkunandalarni qirib qishloq
xo‟jaligiga ancha foyda keltiradi.
Qirg`ovullarning
ko‟payishiga ovchilik xo‟jaliklarida amalga
oshirilayot-gan bazi biotexnik yo‟nalishdagi tadbirlar ham tasir ko‟rsatmoqda.
Bu tad-birlar, eng avvalo Respublikamiz hayvonot va o‟simligini himoya
qilish yirtqich qush va hayvonlarni otishdan iborat. Bundan tashqari, foydali
qushlarning oziqlanishi uchun ular yeydigan o‟simliklarni ekishi, don sepil-
gan maydonchalar tashkil etilishi ham yaxshi natija bermoqda.
Malumki, yirtqich qush va hayvonlar chorvador xo‟jaliklarga ko‟p
zarar etkazadi. Ayniqsa qish sovuq kelgan yillari yirtqich hayvonlar
qo‟tonlarga va hatto qishloqlarga ham bostirib kelishdan toymaydi. Shuning
- 30 -
uchun
yirt-qich
qushlar
va
hayvonlarni
ovchilik
xo‟jaliklariga
yaqinlashtirmaslik, ularni qirishda cho‟ponlar, ovchilar va umuman tabiat
ishqibozlari jonboz-lik ko‟rsatishlari kerak.
Har bir ovchilik xo‟jaliklarida ozuqa ekinlari ekiladigan bo‟lishi
kerak. Bu esa parrandalarning asosiy ozuqa manbaidir.
Har qanday qush o‟zi yashaydigan joyda har doim, aniqsa qish va
bahor oylarida ozuqa topa olmaydi, shuning uchun boshqa joylardan ozuqa
qidirishga majbur bo‟ladi. Buning oldini olish maqsadida, xo‟jaliklarda har
yer, har yerda ekin maydonlari tashkil qilinishi muhim ahamiyatga ega.
Ozuqa maydonlarini katta yo‟l va axoli turar joylaridan chetroqda
qilgan maqul. Bunday maydonlar 3 – 4 gektar atrofida bo‟lib, turli
o‟simliklarni aralash ekish mumkin, ekin maydonidagi hosilning bir qismi
yig`ish-tirilib malum qismi dalada shundayligicha qoldiriladi. Yig`ib olingan
hosil, qirg`ovullarni qishda boqishga ishlatiladi.
Ovchilik xo‟jaliklarida o‟tkazilgan tajribalar shuni ko‟rsatdiki, ozuqa
maydonlari kichikroq, masalan 0,5 yoki 1 gektar bo‟lib, xo‟jalikning hamma
yerida joylashganligi ma‟quldir. Shunday qilinsa, parrandalar ekinlarni tez
cho‟qilab tashlamaydi hamda ular hamma yerda bir tekis tarqaladi.
Ozuqa maydonlariga jo‟xori, mosh, arpa, bug`doy, tariq ekiladi.
Qirg`ovul-lar jo‟xori va mosh nish urishi bilan yeb tugatadilar, qolgan ekinlari
va sabzini ko‟p istemol qiladilar.
Xo‟jaliklarda qish oylari parrandalarga qo‟shimcha ozuqa berishidagi
bio-texnik usul asosida olib boriladigan tadbirlar ahamiyatga ega. Bu tadbirga
ko‟ra, birinchidan qirg`ovullarni qishda ovqat topolmay nobud bo‟lishini,
ikkinchidan xo‟jalik territoriyasidan boshqa yoqqa ketib qolishdan saqlash
maqsadi ko‟zda tutiladi.
Qirg`ovullarni qish oylarida ovqatlantirish uchun oxur qilinadi. Bu
oxurlardan bahor va kuzda qirg`ovullarni tutishda foydalansa ham bo‟ladi.
- 31 -
Qirg`ovullarni himoya qilishdagi tadbirlardan yana biri ixota
maqsadla-rida buta va daraxtlar ekishdir.
Qirg`ovullar yashaydigan to‟qayzorlar, ovchilik xo‟jaliklari atrofga,
masa-lan jarlik, tepaliklar, ko‟l va daryo qirg`ovullariga daraxtlar ekiladi.
Bunday tabiiy to‟siqlar, bir tomondan qushlarni yovvoyi hayvonlardan
himoya qilsa, ikkinchidan yer usti va tog` qoyalarida namini saqlab, qum
bosishi hamda tog`dan sel kelishini to‟sib qolish bilan qishloq xo‟jaligiga
foyda keltiradi.
Ixota maqsadida asosan daraxtlar va butalar uch qator qilib ekiladi.
Eng oxirgi qatorga na‟matak, chingil, tikanli o‟simliklar qalin qilib ekiladi.
O‟rta qatorga daraxtlar bilan birga jiyda, maymunjiyda, do‟lana kabi baland
o‟sadigan butalarni ekish kerak. Xullas ixota maqsadida ekiladigan da-raxt va
butalar asosan mevasi bo‟lishi kerakki, bularning mevasi qushlarga yem
bo‟ladi.
Shuni aytib o‟tish kerakki, yuqorida aytilgan ozuqa maydoni tashkil
qilish, ixota daraxti va butalar ekish uchun ortiqcha mablag` va mehnat sarf
bo‟lmaydi.
Kolxoz va o‟rmon xo‟jaliklari biotexnika tadbirlarni malga
oshirishdan manfaatdor bo‟ladilar xolos.
Chunki, qirg`ovullar bir tomondan, qishloq xo‟jalik zarar kunandalarni
qirib xosilning oshishiga yordam bersa, ikkinchidan, bu parranda chet el bo-
zorida chaqqon o‟tadi, bundan tashqari ovchilarimiz uchun ham
yaxshilanishiga mashg`ulot hisoblanadi.
Har bir ovchi, o‟rmon va ovchilik xo‟jaliklari, fermer va uning
ishchilari, shuningdek tabiatni sevuvchi har bir kishi foydali qushlarni, shular
qatori qirg`ovullarning ko‟payishiga va yashash sharoitining yaxshilanishiga
jon kuydirmog`i lozim.
Dostları ilə paylaş: |