1.3 Kichik futbol maydonlari elektr tahminot tizimlarida energiya tejamkor usullar va vositalardan foydalanish.
Barcha turdagi tovarlar (investitsion va istehmol tovarlari) va xizmatlardan tejamli hamda unumli tarzda foydalanish ham ishlab chiqarish samaradorligi va aholi turmush farovonligini oshirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatli yo’nalish hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi yonilg’i energitika mazmunini rivojlan-tirishning strategik yo’nalishi energiyadan oqilona foydalanish va energiya tejamkorligi masalalari hisoblanadi. Ushbu masalalarini ko’rib chiqishda elektr energiyani tejashning siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy, boshqaruv, texnik va texnologik jixatlariga kompleks tarzda yondoshish lozimdir.
Energetik zanjir – energiya oqimining birlamchi energiya resurslaridan to energiyaning istehmolchiga uzatilib, undan foydalanishgacha bo’lgan yo’l tushuniladi. Masalan gazning yer ostidan olinishi, issiqlik elektr stantsiyasiga quvurlar orqali uzatiladi va yoqilishi natijasida elektr energiya olinishi, bu elektr energiyaning elektr tarmoqlar orqali istehmolchiga uzatilib va u mahsulot ishlab chiqarishda sarf bo’lishgacha bo’lgan yo’l tushuniladi.
Energiya tejamkorlik – energiya resurslaridan samarali foydalanish uchun ko’riladigan tadbirlar majmuasi, Misol uchun ishlab chiqarishda elektr energiyani iqtisod qilishga qaratilgan tadbir.
Energiya hajmi – mahsulot ishlab chiqarishda yoki biror ishni bajarishda sarf bo’ladigan energiya miqdori. «Energiya hajmi» atamasi hozirgi paytda ko’prok energiya solishtirma sarfining pul birligiga nisbatan ko’rsatgich sifatida qaraladi (milliy daromad, mahsulot tannarxi).
Energiyadan samarali foydalanish – ijtimoiy, siyosiy, moliyaviy cheklanishlar, atrof-muhit, ekologiya va h.k. larni hisobga olgan holda energiyani istehmolchilarga eng maqbul yo’l bilan taqsimlash va ishlab chiqarishda qo’llash natijasida iqtisodiy foyda olishga erishish.
Energiyani iqtisod qilish – ishlab chiqarishdagi ishlab chiqarishga sarf bo’layotgan energiyani kamaytirishga qaratilgan tadbir. Misol uchun, elektr motorlarda quvvat isrofini kamaytirishga qaratilgan tadbir.
O’zbekistonning davlat siyosati va energetika strategiyasi o’zida quyidagilarni aks ettiradi:
-energiya tejamkorligini, yonilg’i energetika majmuasini ishlab chikarish tarkibiy tuzilishini takomillashtirish,
-faoliyat yurituvchi quvvatlarining tarkibiy tuzilishini o’zgartirish,
-ikkilamchi resurslardan foydalanish,
-kichik va o’rtacha IES larni qurish,
-energiyasi mo’l-ko’l bo’lgan va energiya taqchil bo’lgan tumanlarni
birlashtirishga asoslangan mintaqaviy energetika siyosati yuritish,
-atrof-muxitga texnogen jarayonlar tahsirini qisqartirishga yo’naltirilgan ilmiy-texnik va ekologik siyosat yuritish,
-tashqi iqtisodiy energetik hamkorlikni yo’lga qo’yish,
-narx va soliq siyosati asosida energetika siyosatini yuritish
mexanizmlari,
-investitsiya sohasidagi iqtisodiy siyosatini takomillashtirish,
-energetik komplekslar hamda mehyorlarni ishlab chiqish.
O’zbekiston Respublikasi bo’yicha 1% elektr energiyani tejash 500 mln. kVt. soat elektr energiya ishlab chiqarishni kamaytirish va taxminan 100 ming tonna shartli yoqilg’ini tejash imkonini beradi.
Energiya tejamkorligi tashkil etish va boshqarish.
Energiya tejamkorligini tashkil etish va boshqarish masalalari o’zida quyidagi faoliyat turlarini namoyon qiladi:
-energiyani tejash bo’yicha texnik choralarni amalga oshirish,
-yangi texnologiyalarni joriy etish,
-o’zida rejalashtirishni takomillashtirish,
-energiya tejamkorligi sohasida statistik hisobot tizimini takomillashtirishni qamrab oladigan mahmuriy choralarni tashkil etish,
-maxsus mehyorlar va energetika standartlarini belgilash,
-energiya tejamkorligini boshqaradigan maxsus boshqarmani tuzish,
-energiya tejamkorligini boshqarishni iqtisodiy va mahmuriy choralarini qonunchilik xujjatlari bilan mustakamlash yo’li orqali energiya tejashni xuquqiy boshqarishni tashkil etish,
-energiya tejamkorligini davlat va xududiy tizilmalar orqali nazorat etish,
-jamoaviy tahsir choralarini qo’llashni tashkil etish.
Energiya tejamkorligini boshqarish tizimlari o’zida quyidagi masalalarni qamrab oladi:
-energiya istehmoli bo’yicha raqamli mahlumotlarni tahlil qilish,
-energiya tahminotini kelajakda yetkazib berish strategiyasi,
-energiya menejmenti bo’yicha tashkiliy ishlar,
-istemolni rejalashtirish, harakat rejimlarini belgilash,
-energiyani yo’qotilishini kamaytirish va saqlash hisobiga energiyani tejash masalalari,
-energiyani tejash choralarini joriy etish, agar zarur bo’lsa joriy nazoratni va to’g’rilashlarni amalga oshirish.
Energiya tejamkorligi iqtisodiy omili. Energiya tejamkorligi, elektr energiyasi va issiqlikni tejashning iqtisodiy chora-tadbirlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
-energiya tashuvchilar uchun har tomonlama narxlar tizimini joriy etish, oqilona narx siyosati yuritish,
-moliyaviy rag’barlantirishni tashkil etish,
-shartnoma intizomiga rioya etmaganlik uchun jazo choralaridan foydalanish.
1.3-rasm. Energiya tejashni boshqarish sxemasi [8]
O’E- o’z extiyojlari; SE- suyuk yoqilg’i; STK- sanoat texnologiyasi; IE- issiqlik energiyasi; BGK-bug’-gaz qurilmalari; IEM- ikkilashchi energiya manbalari.
Buning uchun energiyani tejashning iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va boshqa ustun jixatlarini ommaga keng bo’ycha chora-tadbirlarni amalga oshirish, energiya tejamkorligi siyosatini yuritish va energiyani tejash sohasida muvaffaqiyatlarga erishish maqsadida umumiy tahlimni kuchaytirish uchun jamoatni, ilmiy-texnik va iqtisodiy tashkilotlarni jalb etish.
Quyidagi 1.1.jadvalda sport majmularida energiya tejamkorlikka erishish yo’llari keltirilgan [7].
1.1– jadval
Energiya tejamkorlikka erishishda amalga oshiriladigan ishlar [3]
№
|
Amalga oshiriladigan ishlar
|
Yillik iqtisod, %
|
Yoritish tizimlari
|
1
|
CHo’lg’amma lampalarini energiya tejamkor yoritgichlarga almashtirish
|
Ular tomonidan sarf etiluvchi energiyani 55 - 70 % gacha
|
2
|
Yuqori yorug’lik beruvchi yorug’lik manbasining boshqa turiga o’tish
|
Ular tomonidan sarf etiluvchi energiyani 8% gacha
|
3
|
Lyuminetsent yoritgichlarni shu o’lchadagi kichik quvvatga ega yoritgichlarga almashtirish: 20 Vt o’rniga -18 Vtli, 40 Vt o’rniga -36 Vtli, 80 Vt o’rniga - 65 Vtli,
|
Ular tomonidan sarf etiluvchi energiyani 5% gacha
|
4
|
Energiya effetiv ishga tushirib boshqariluvchi apparaturalarni qo’llash.
|
Ular tomonidan sarf etiluvchi energiyani 11 % gacha
|
5
|
Yoritilish maydonini sohalarga bo’lish va bir necha uzib-ulagichlarni o’rnatish hisobiga yoritish tizimini optimallashtirish
|
10-15 %
|
Ventilyatsiya tizimlari
|
1
|
Past FIK ga ega eskirgan ventilyatorlarni, zamonaviy yuqori FIKga ega ventilyatorlarga almashtirish
|
Ular tomonidan sarf etiluvchi energiyani 20-30 % gacha
|
2
|
Tashqi havo xaroratiga bog’liq holda ventilyatsion qurilmalarni avtomatik boshqarish tizimlarini qo’llanilishi.
|
10-15 %
|
Konditsionarlarsh tizimlari
|
1
|
Konditsionarlardan zaruratdan kelib chiqib foydalanish
|
Ular tomonidan sarf etiluvchi energiyani 20-60 % gacha
|
2
|
Xona havo xarorati o’ta isishdan va o’ta sovishdan himoyalash
|
5% gacha
|
Jadvalda keltirilgan mahlumotlar nisbiy hisoblanib, energetik tekshiruvlarni amalga oshirishda, u yoki bu energiya tejamkor ishlarni tadbiq eitshda energiya tashuvchilarni aniq hisobini keltirib chiqarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |