6
malakalarini shakllantirish, ilmiy tushunchalar va ijodiy tafakkurni
tarkib toptirish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.
Tarbiya psixologiyasi
– tarbiyaning shaxsni shakllantirish
maqsadiga qaratilganligining
psixologik muammolari, faoliyat odamni
shaxs sifatida shakllantirishi muammolari, tarbiyaning psixologik
mexanizimlari, ijtimoiy-foydali faoliyat tarbiyaning muhim sharti va
vositasi ekanligi, umuminsoniy va milliy boyliklar hamda ularni shaxsni
shakllantirishdagi roli, tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlash masalalarini
o‘rganadi. O‘qituvchi psixologiyasi o‘qituvchining jamiyatda tutgan o‘r-
ni, o‘qituvchiga xos kasbiy sifatlar, unga qo‘zilgan talablar, pedagogik
qobiliyat, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi o‘zaro
munosabatlar,
pedagogik mahorat va pedagogik taktining psixologik asoslari, pedagog
va jamoa, o‘qituvchilar bilan munosabat kabi masalarni o‘rganishdan
iboratdir. Pedagogik psixologiya o‘z izlanishlarida taraqqiyotning
umumiy qonuniyatlariga (qarama-qarshilik integratsiya, plastiklik) va
umumiy psixologiya va bolalar psixologiyasida psixik jarayonlar,
holatlar, psixik xususiyatlarga xos bo‘lgan tajriba natijalariga asoslanadi.
Pedagogik psixologiya mustaqil fan sifatida ham nazariy, ham amaliy
vazifalarni bajaradi.
Pedagogik psixologiyaning vazifalari:
Ta’lim-tarbiyaning shaxsni kamol toptirish ishiga bog‘liqligi milliy
g‘oyani shakllantiruvchi, takomillashtiruvchi
va uni ommaga yetkazuv-
chi kuchlarga bog‘liqdir. Pedagogik - psixologiya fani ham jahon fani
taraqqiyoti hamda va uning takomillashib borish jarayonini, fanga kirib
kelishi kutilgan yangiliklarni yanada aks ettiradi, albatta. Bu asosiy
vazifa sifatida ilk bor qonuniy asoslarga ega bo‘lmoqda va pedagogik
psixologiya fani oldiga muhim nazariy vazifalarni hal qilish qo‘yil-
moqda:
1) pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri ta’lim
jarayonini yanada takomillashtirish, faollashtirishning psixologik
asoslarini ishlab chiqish;
2) ta’lim - tarbiya jarayonida turli yoshdagi bolalarning aql-idrokiga,
irodasiga, uni shaxs sifatida shakllantirishga ta’sir etuvchi omillarni
o‘rganish;
3) o‘quvchilar shaxsni
tarkib topishi jarayonini, bu jarayonning
umumiy qonuniyatlarini va individual farqlarni, turli tarbiyaviy
tadbirlarning o‘quvchilarga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganish;
7
4) ta’lim va tarbiya jarayoni bir-biriga bog‘liqdir, bu jarayonda aq-
liy qobiliyatlarni, axloqiy sifatlarni, shaxsni hissiy va irodaviy sifatlarini
shakllantirishning maksimal rivojlanishi shart-sharoitlarini aniqlash;
5) mustaqil bilim olish, materialni
chuqur yoki yetkazishning
psixologik masalalarini ishlab chiqish;
6) bilish faoliyatini o‘zaro tashkil qila bilish shart-sharoitlarini
aniqlash;
7) o‘z-o‘zini tarbiyalashning psixologik asoslarni aniqlash;
8) o‘qituvchi shaxsni va o‘qituvchi shaxsini xususiyatlarini, milliy
o‘qituvchining sifatlarini aniqlash;
9) pedagogik bilimlar, ko‘nikma va malaka, qobiliyatlarning tarkib
topishi hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlarini aniqlash;
10) o‘z-o‘zini
tarbiyalash, milliy g‘urur va vatanparvarlik jarayoni
uning psixologik muammolarini nazariy jihatdan asoslab berishdan
iboratdir;
11) shuningdek jahon tajribalari bilan birga, milliy xususiyatlarimiz,
undagi eng ilg‘or tomonlar, muhimi, pedagogik tarbiyalanuvchilar,
o‘quvchilar, talabalar bilan imkoni boricha ko‘proq muloqotda bo‘lish,
o‘quvchi shaxsining barcha xususiyatlarini hisobga olib, bilim va tarbiya
berish, ya’ni yagona pedagogik jarayonni ta’minlash, masalalari ham
nazarda
tutiladi;
12) pedagogik psixologiyaning eng asosiy vazifalaridan biri o‘zlash-
tirishning sifat darajasini aniqlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Pedagogik psixologiyaning amaliy vazifasi esa yoshlarni
o‘zlashtirishning psixologik shart-sharoitlari, tarbiyaning psixologik
masalalari, bolaga ta’lim-tarbiya berishda ularni yoshlik va individual
xususiyatlarini hisobga olish, yoshlarda bilim, ko‘nikma va malakalarini
shakllanishi, mustaqil fikrlashga o‘rgatish, ilmiy tushun-chalar hosil
qilish, o‘z ustida ishlash, o‘z-o‘zini tarbiyalash, yosh o‘qituvchilarni
psixologik faoliyatga mehr-muhabbatini
shakllantirish psixologiya
fanining yutuqlarini, psixologik bilimlarni keng jamoat-chilik e’tiboriga
havola qilinishi, ota-onalar, tarbiyachi va o‘qituv-chilarni bulardan
bahramand qilishdan iboratdir. Amaliy vazifalar radio va tele
ko‘rsatuvlarda, jurnallarda, ma’ruza va maxsus ko‘rsatuvlar orqali
chiqish, mahalla, maktab va ota - onalar bilan suhbatlashish orqali
amalga oshiriladi.
Biz shu narsaga erishishimiz kerakki, keng
jamoatchilik bola ruhiy
taraqqiyotiga doyir psixologik bilimlardan bahramand bo‘lsin. Ana
8
shundagina biz yoshlarga haqiqiy ta’lim-tarbiya bera olamiz va uni
muvaffaqiyatli amalga oshiramiz.
Dostları ilə paylaş: