Texnik yo’nalishlar:
1. Iqtosodiyotning barcha sohalarida mahsulot ishlab chiqarishning yangi energiya samarador texnologik jarayonlarini tatbiq etish;
2. Elektr generasiya qiluvchi manbalarni modernizatsiyalash. Qozonxonalarda elektr generatsiya qiluvchi jihozlarni harakatga keltirish, mini (mitti) IEM yaratish;
3. Yuqori va o‘rta haroratli ikkilamchi issiqlik resurslarini issiqlik
ta`minoti sxemalarida ishlatib, maqsadga muvofiq iqtisodiy samara olishni amalga oshirish;
4. Issiqlik tarmoqlarini ish samaradorligini oshirish, issiqlik ta`minoti sxemasini optimallash, issiqlik yuklamalarini korxona qozonxonalaridan IEMlarga berish. Uzun issiqlik trassalarini bartaraf qilish, issiqlik ta`minotini markazlashtirishdan chiqarish;
5. Elektr qozonxonalar va elektr isitgichlarni qozon qurilmalar bilan iloji boricha almashtirish;
6. Qozonxonalarni ishlash samaradorligini oshirish va modernizatsiya qilish;
7. O‘zgaruvchan yuklamali mexanizmlarda rostlanuvchi elektr
yuklamalarni tatbiq etish;
8. Siqilgan havo, suyuqlikni ishlab-chiqaradigan va foydalaniladigan energiya samarador qurilmalarni tatbiq etish;
9. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va YER iste`mol qilishni
boshqarishning avtomatlashgan tizimini tatbiq etish;
10. Quvvati 50 MVt dan ortiq bo‘lgan qozonxonalardan havo atmosferasiga chiqarib tashlashni uzluksiz nazorat qilish tizimini tatbiq etish;
11. Energiya samarador yoritgichlarni va yoritishni boshqarishning
avtomatik tizimini tatbiq etish;
12. Lokal isitish va texnologik jarayonlar uchun infraqizil nurlarni
qo‘llash.
16-amaliy mashg’ulot. Energetik audit o’tkazish asboblari va jihozlari.
Energetik auditning instrumental vositalari - bu fizik miqdorlarni o'lchash, ularning qiymatlarini boshqarish, o'lchov ma'lumotlarini qayta ishlash va saqlash uchun ishlatiladigan texnik vositalar. Instrumental tekshirish uchun statsionar yoki ixtisoslashtirilgan ko'chma qurilmalar qo'llaniladi. O'lchovlarni amalga oshirayotganda korxonada yoki tashkilotda mavjud bo'lgan elektr energiyasini hisobga olish moslamalarini tijorat va texnik jihatdan maksimal darajada ishlatishingiz kerak. Instrumental energiya nazorati asboblarining eng muhim xususiyati normallashtirilgan metrologik xususiyatlarning mavjudligi.
Dostları ilə paylaş: |