1-amaliy mashg’ulot. Energetika tavsifi.
Energetika kishilik jamiyatining faoliyati sferasi bo`lib-muhim bir sistemani tashkil etadi. Bu (sistema) tizim o`rab turgan muhitni bir tizimi bo`lib, har xil xalq xujaligi tarmoqlarining bir qismi deb -shunday katta yagona (tabiiy)va sun'iy (inson tomonidan yaratilgan)tizimlar yig`indisi bo`lib,ularning elektr energiya ishlab chiqarishi,o`zgartirish (bir qiymatdan yoki boshqa bir qiymatga almashtirish) taqsimlanish va xalq xujaligida energetikaning hamma turdagi resurslaridan foydalanish tizimlari tushiniladi.
Energetika kishilik hayotida muhim o`rin to`tadi. Uning taraqqiyoti darajasi jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari va ilmiy-texnik progressda (taraqqiyotda) namoyon bo`ladi.
Keyinchalik hozirgi zamon energetikasining taraqqiyotida G.M Krjijanovskiyni katta bir tizim deb qaraluvchi energetikani fan sifatida ko`rib chiqishida xizmatlari katta. O`zbekistonda energetikani taraqqiyotida olimlarimizni ham mehnati kattadir.
Energetikaning uch aspekti. Energetika va uning hozirgi zamon holati hamda taraqqiyoti uch aspektda-texnik, sotsial-siyesiy va biosferik yoki ekologik aspektda ko`rib chiqiladi.
Energetikaning taraqqiyotida bu uch aspekt katta bir muhim sistema bo`lib yoki bo`lak tizimlari bo`lib elektroenergetikada, gidroenergetikada, issiqlik ta'minotida va boshqalarda ko`rinadi. Bu ko`rinishlarni o`zaro o`zviy bog`lash uchun, ularni ko`rib chiqilishi ketmaketligida xususiyatlarini hisobga olish shart emas.
Texnik ko`rinish katta quvvvatli bo`lgan butun energetikani (xarakterlab) tavsiflabkoinotni energetik potentsialidan foydalanib kishilarning, shu quvvatlarni olishidir.1988 yillargacha dunyoda ishlab turgan elektr stantsiyalarning umumiy quvvati 2 mld.kVt ga yaqin bo`lgan. 10 mld kVt ni tashkil etadi. Jumladan O`zbekistonda 1990 yilda 14000 MVt ni tashkil etdi. Bu quvvatlarni olish uchun esa inson har yili tabiatda har xil turdagi shartli yoqilg`idan (1kg yoqilg`i yonganda 29,3 MDj issiqlik ajralib chiquvchi)40-50 mlrd tonnadan ko`p massadan foydalanadi. Bunda tabiatdan foydalanayotgan energetik resurslarning foydali ish koeffitsenti juda kichikdir. U bor yo`g`i 0,2% ga teng. Bundan energetikaning muhim masalasi bo`lgan-uni o`zgarishida (elektr energiyani ishlab chiqarishdan foydalanishi bilan tugashigacha) elektr energiya isrofini kamaytirish masalasi yotadi. Buning uchun esa elektr qurilmalarni yaxshilash va ulardan unumli foydalanish kerak. Uzatishda, olishda va taqsimlashda isrofni kamaytirish uchun ishlatiladigan metall alyuminiydan foydalaniladi.(1,0-1,2A/mm2).Zichlikni bunday bo`lishi alyuminiyning ishlatilishini kamaytiradi, lekin elektr energiya isrofini oshiradi. Alyuminiyni arzonligini hisobga olib kapitalistik davlatlarda uning tok zichligini 0,35 A/mm2 ga kamaytirishga qaratilgan. Bundan kelib chiqib, havoda elektr uzatish liniyasini kundalang kesim yuzasini tanlashda, alyuminini bahosi ta'sir etadi va shu bilan birga elektr tizimni texnik tavsifini aniqlashga yordam beradi. Issiqlik berilgan ishlab chiqarish va yashash binolarida energiyani isrofini kamaytirish yulida quyidagi masalalar yechiladi. Elektr energiyaning iste'moli grafigidagi maksimum paytlaridagi sakrashlarni kamayishi elektr iste'mo lini kamayishiga, ya'ni elektr energiyani to`g`ri ta'riflanishi, ishlab chiqishga va sotsial-iqtisodiy masalalarni kamchiliksiz aniqlashga yordam beradi. Koinotimizda energetik resurslardan foydalanish savollarini tez o`sishi faqatgina texnik ko`rinishda emas elektr qurilmalar va yoqilg`i qazib oluvchi jarayonlari ham ularni urab turgan atrof muhitga ta'siri, ya'ni ekologik ko`rinishda ham ko`rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |