Muqobil energiya manbalari


-amaliy mashg’ulot. Energetik manbalar



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə3/26
tarix24.02.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#85397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
YO‘NALISHGA KIRISH Amaliy mashg\'ulot

2-amaliy mashg’ulot. Energetik manbalar.
Energetik resurslardan foydalanish tabiatning hamma umumiy asosiy hodisasi bo`lib, madaniy bazis va kishining butun faoliyatidir. Shu bilan birga energiya son jihatdan baholanganda materiyaning harakatdagi formasi bo`lib, bir turdan boshqasiga o`zgarib turadi. Energiya turlariga qarab ximik, mexanik, elektr, yadro va boshqalarga bo`linadi. Material, ob'yekt sifatida gavdalangan, inson amaliyotda qo`llanishi mumkin bo`lgan energiya- energetik resurslar deb ataladi.
Energetik resurslardan uchraydigan asosiylari: organik yoqilg`i lar ko`mir, neft, gazlar hamda daryo, dengiz va okeanlar, quyosh, shamol, yer osti aralashmalari issiqlik energiyasi (geotermal) va boshqalardir.
Energoresurslar qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan turlarga bo`linadi. Birinchi turga: suv shamol va boshqalar, ikkinchisiga esa tabiatda oldindan yig`ilgan, yangi geologik sharoitda qayta hosil bo`lmaydigan toshkumir kiradi. Jahonda energoresurslar iste'moli xarakteristikalari quyidagicha:
K=Emaks/Emin

2.1-rasm. Energoresurslarni jahonda iste'moli xarakteristikalari va aholi boshiga maksimal va minimal energiya iste'moli.
Emaks va Emin-aholi boshiga maksimal va minimal energiya iste'moli Jahon buyicha bir kishiga 1500kVt*s ga yaqin elektroenergiya to`g`ri keladi. 2.1-rasmda energetik resurslardan foydalanish sxemasi keltirilgan.

2.2-rasm. Energetik zahiralardan foydalanish sxemasi.
Tabiatda olinadigan yoqilg`i, suv, shamol, yerning issiqlik energiyasi va yadro energiyasi birlamchi energiya deb ataladi. Kishilar yaratgan qurilmalar yordamida birlamchi energiya resurslaridan foydalanib olingan energiya ikkilamchi energiya deb ataladi (Elektr, issiq suv va boshqalar).
O`z nomi bilan stantsiya u yoki bu turdagi birlamchi energiya turini anglatadi. Masalan: IES-issiqlik elektr stantsiyalari-issiqlik energiyasini elektr energiyaga aylantiradi. GESgidroelektr stantsiya suv energiyasini elektr energiyaga aylantiradi. AES-atom elektr stantsiyasi-atom energiyasini elektr energiyaga aylantiradi. QES -quyilish elektr stantsiyasi-quyilish energiyasini elektr energiyaga aylantiradi. GAES-gidroakkumulyatsiya elektr stantsiyasi-suv energiyasini kerakli paytda elektr energiyaga aylantiradi.
Kerakli turdan energiyani olish va iste'molchilarni ta'minlash uchun energetika ishlab chiqarish jarayoni besh davrda (stadiya) boradi.

  1. Energetik resurslarni olinishi va kontsentratsiyasi, yoqilg`ini kovlash va boyitish,gidrotexnik inshootlar yordamida napor kontsentratsiyasini paydo qilish.

  2. Energetik resurslarni energiya o`zgartiruvchi qurilmalarga uzatish, quriqlikda, suvda tashish yoki turbalar orqali suv va gazni haydash.

  3. Birlamchi energiyani ikkilamchi energiyaga kerakli qulay formada o`zgartirish, taqsimlash va iste'moli.

  4. O`zgartirilgan energiyani uzatish va taqsimlash.

  5. Elektr energiyani iste'molchilarda o`zgartirilmagan holda yoki o`zgartirilgan holda iste'moli.

Birlamchi energiya resurslarining energiyasini 100% deb olsak faqatgina 35-40% kerakli foydalaniladi.Qolgan qismi esa issiqlik sifatida yo`qoladi.
Har xil turdagi energiya resurslar yer sharining har qismida va mamlakat ichkarisida tekis taqsimlanmagan.



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin